• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Reklama

    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda

    Ayni damda Toshkentdagi CAEx ko‘rgazma majmuasida “Eco Expo Central Asia 2025” birinchi xalqaro ekologik texnologiyalar ko‘rgazmasi boshlandi. Markaziy Osiyo mintaqasida ilk bor o‘tkazilayotgan keng ko‘lamli tadbir 30 dan ortiq davlatni birlashtirib, CAExni muloqot, ilg‘or tajriba almashish va “yashil” transformatsiyani ilgari surish uchun yetakchi platformaga aylantirmoqda.

    Tadbirda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov, Qozog‘iston Respublikasi Ekologiya va tabiiy resurslar vaziri Yerlan Nysanbayev, Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Beybut Atamqulov, Qirg‘iziston Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisining o‘rinbosari Bakyt Asangul, Tojikiston Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Abdujabbor Rahmonzoda, Turkmaniston Tabiatni muhofaza qilish vaziri o‘rinbosari Nury Jumashov, Janubiy Koreyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Von Doyon, CITES konvensiyasi Bosh kotibi Ivonn Iguero, BMTning O‘zbekiston Respublikasidagi doimiy koordinatori Sabina Mahl va boshqalar ishtirok etdi.

    Tadbirning ochilish marosimida nutq so‘zlagan Aziz Abduhakimov “Bugungi ko‘rgazma shunchaki texnologiyalar namoyishi emas, balki mintaqalar, tarmoqlar va davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro chuqur hamkorlikning boshlang‘ich nuqtasidir. O‘zbekiston Markaziy Osiyoda ekologik texnologiyalarni ilgari surish bo‘yicha mintaqaviy platformaga aylanishga tayyor”, deya ta’kidladi.

    Yerlan Nysanbayev “Eco Expo” ko‘rgazmasini o‘tkazishning ahamiyatini yuqori baholadi va ko‘rgazma muhim muloqot maydoni ekanligini qayd etdi.

    “Ko‘rgazma dunyo bo‘ylab atrof-muhitni yaxshilashga haqiqatan ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan so‘nggi yutuqlar va innovatsiyalarni o‘zida mujassam qilgan va shuning uchun ham barchaning e’tiborini o‘ziga qaratmoqda”, — dedi Y.Nysanbayev. 

    Qozog‘iston vaziri, shuningdek, O‘zbekiston tomoniga taklif uchun minnatdorlik bildirib, tadbir yuqori saviyada tashkil etilganini alohida ta’kidladi.

    Yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo to‘g‘risidagi konvensiya (CITES) Bosh kotibi Ivonn Iguero esa Markaziy Osiyoda bunday ko‘rgazmani o‘tkazish alohida ahamiyatga ega ekanligi, chunki bu mintaqaning noyob o‘simlik va hayvonot dunyosini saqlab qolish yo‘llarini izlash imkonini berishini ta’kidladi.

    "Bu faqatgina O'zbekistonga emas, butun mintaqaga daxldor muammo. Faqat sa'y-harakatlarni birlashtirgan holda 2030-yilgacha Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yo'lida harakat qilishimiz mumkin", — dedi u.

    Ta'kidlash joizki, “Eco Expo Central Asia 2025” nafaqat ko‘rgazma, balki ekspertlar, kompaniyalar, startaplar, davlat va xalqaro tashkilotlar vakillari eng zamonaviy va samarali ekologik yechimlarni taqdim etish uchun uchrashadigan ixtisoslashtirilgan yangi avlod platformasidir. Bu yerda iqlim barqarorligi, resurslarni tejash va toza texnologiyalarni joriy etishning asosiy masalalari muhokama qilinmoqda.

    Ko‘rgazma sun’iy intellekt va yashil energiya sohasidagi innovatsiyalardan tortib, suvni tejash va ekologik ta’lim bo‘yicha yechimlargacha barqaror kelajak uchun texnologiyalarning butun spektrini qamrab oladi. Ishtirokchi davlatlar qatoriga Fransiya, Koreya Respublikasi, Tojikiston, Rossiya, Turkmaniston, Italiya, Qozog‘iston, Avstriya, Shveysariya, Saudiya Arabistoni, Germaniya, Qatar, Xitoy, Xorvatiya, Singapur, BAA, Belarus, Belgiya, Hindiston, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Norvegiya, Vengriya, Turkiya, Gruziya, Bangladesh, Misr, Latviya va Falastin kabi davlatlar bor. Bu Markaziy Osiyoning ekologik kun tartibiga xalqaro miqyosda katta qiziqish borligini ko‘rsatadi.

    Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan Markaziy Osiyo mintaqasida ilk bor tashkil etilayotgan ekologik texnologiyalar ko‘rgazmasi Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan e’lon qilingan “Atrof-muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili”ga bag‘ishlandi. Bu O‘zbekistonning nafaqat ichki ekologik islohotlarni jadallashtirish, balki bu boradagi xalqaro hamkorlikni kuchaytirishga intilishini ta’kidlaydi.

    Ko‘rgazmada 20 dan ortiq xalqaro tashkilot va yetakchi kompaniyalar, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahridagi vakolatxonalar, vazirlik va idoralar, xorijiy va mahalliy kompaniyalar, xalqaro moliya institutlari va donor tuzilmalar o‘z pavilyonlarini namoyish etmoqda.

    Uch kun davomida mehmonlarni boy dastur: xalqaro ekspertlar ishtirokidagi plenar va panel muhokamalari, innovatsion loyihalar taqdimotlari, yashil energiya, ekoturizm, barqaror shaharlar, raqamli texnologiyalar va iqlimni moliyalashtirish bo‘yicha tematik sessiyalar, mahorat darslari, fotoko‘rgazmalar, madaniy tadbirlar va startap tanlovi kutmoqda. Qolaversa, 35 dan ortiq parallel tadbirlar, istiqbolli loyihalar taqdimoti va ekologik dasturlar bo'yicha shartnomalar imzolanishi ham bo‘lib o‘tmoqda.

    "Eco Expo Central Asia 2025" ko‘rgazmasi innovatsiyalar, barqarorlik va xalqaro hamkorlikka asoslangan yangi ekologik qarashlarni shakllantirish sari qadamdir. Ko'rgazmada ishtirok etish — tinglash, ilg'or jahon tajribasini ko'rish va mintaqaning ekologik kelajagiga haqiqiy hissa qo'shish imkoniyatidir.

    Reklama huquqi asosida

    20 iyun, 21:00   Izoh (0)   1834
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 

    20 iyun, 19:30

    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud

    20 iyun, 18:00

    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 

    20 iyun, 16:30

    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi

    20 iyun, 15:00

    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 

    20 iyun, 12:00

    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi

    20 iyun, 09:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Trampning Falastinga nasbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    Dunyo | 2 avgust, 18:35

    O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga vizasiz kira olishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 18:02

    Indoneziyada Levotobi Laki Laki vulqoni otildi (video)

    Dunyo | 2 avgust, 17:55

    Saudiya klubi “Liverpul” hujumchisi uchun kurashda yetakchiga aylanib oldi

    Sport | 2 avgust, 17:50

    Titanlar, o‘lim ilohlari va alkimyo haqida: eng mashhur yapon animelari

    Kino | 2 avgust, 17:35

    “Odam IMEI qonuni”. Jamoatchilik faollari xorijdan qaytganlarni OIV testdan majburiy o‘tkazishga oid yangi qonunga qanday munosabatda?

    O‘zbekiston | 2 avgust, 17:20

    Parijdan Lissabongacha: hayot sifati bo‘yicha dunyodagi eng qulay shaharlar reytingi e’lon qilindi

    Sayohat | 2 avgust, 16:55

    Konor Makgregor Irlandiya prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘yadi

    Dunyo | 2 avgust, 16:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.