• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12915.9
    • RUB162.44
    • EUR14658.25
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston Rossiyadagi mehnat migrantlarining ommaviy tarzda ortga qaytishiga tayyormi?

    Rossiya Ukrainaga qarshi boshlagan “maxsus harbiy operatsiyasi” ortidan siyosiy, iqtisodiy muammolar ichida qoldi. Dunyoning eng rivojlangan mamlakatlari tomonidan qo‘llanilgan sanksiyalar, havo osmonining yopib qo‘yilishi, xorijiy katta kompaniyalar hamkorligini to‘xtatib, mamlakat hududidagi filiallarini yopishi va Rossiyani dunyo hamjamiyatidan yakkalashga bo‘lgan harakatlar nafaqat rus xalqi, balki u yerdan qo‘nim topgan millionlab muhojirlar uchun ham katta zarba bo‘ldi.

    Ishlab chiqarish korxonalari, zavodlar yopilishi, aksariyati vaqtincha faoliyatini to‘xtatishi ortidan o‘zbekistonlik ayrim muhojirlar ishsiz qoldi. Rublning qadrsizlanishi hisobiga ishlayotganlarining ham daromadi tushib ketdi.

    Mart oyining o‘rtalarida “Daryo” muxbiri bilan bo‘lib o‘tgan suhbatda yuzlab muhojirlarning aksariyati ishsiz qolgani uchun O‘zbekistonga qaytish niyatidaligini bildirgandi. Ularning ayrimlari bilan suhbat “Daryo”da chop etilgan.

    Ma’lumotlarga qaraganda, Rossiya hududida bir milliondan ziyod o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari bor. Urush tufayli ishsiz qolgan migrantlarning hayoti nima bo‘ladi? Davlat ularning ommaviy tarzda vatanga qaytishiga tayyormi? O‘zbekiston ichki mehnat bozorida ularga yetarlicha ish o‘rinlari yarata oladimi? Hukumatning bu boradagi rejalari qanday?

    Mazkur savollarga javob olish maqsadida “Daryo” Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xodimlari bilan suhbatlashdi.

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    — Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining asosiy faoliyati va vazifalari nimalardan iborat?

    Ortiqxo‘ja Norov, tashqi migratsiya agentligi matbuot kotibi: Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining eng asosiy faoliyati — O‘zbekiston fuqarolarini tashkillashtirilgan holda xorijga ishga jalb qilishdan iborat. Xususan, fuqarolarni tanlash, kasbga, tilga o‘qitish, xorijdagi ish beruvchilarni izlab topish va ular bilan kelishuv shartnomalarini imzolash bilan shug‘ullanadi.

    Shuningdek, mehnat muhojirlarini xorijdagi ish joylarida ham ularning haq-huquqlarini himoya qilish, qiyin ahvolda qolgan, sog‘lig‘i yomonlashgan fuqarolarga moddiy yordam berish, vaqtinchalik xostellarga joylashtirish, vafot etgan fuqarolarning jasadlarini vatanga olib kelish hamda O‘zbekistonga qaytgan yurtdoshlarimizni mahalliy mehnat bozoriga moslashtirish vazifalarini o‘z zimmasiga oladi.

    — Agentlik faoliyatini boshlagach, bugungacha necha nafar O‘zbekiston fuqarosini xorijga ishga jo‘natishda amaliy ko‘mak bergan?

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Ortiqxo‘ja Norov: Ikki turdagi mehnat muhojirlari bor. Biri agentlik tomonidan tashkillashtirilgan holda xorijga ishga yuboriladi. Bunda barcha fuqarolar shartnoma orqali, ish va yashash joyi, qancha maosh olishi, mehnat sharoiti aniq bo‘ladi. Biz buni rasmiy tilda tashkillashtirilgan holda ishga joylashtirilgan fuqarolar deymiz. Ikkinchisi esa o‘zi mustaqil yoki qarindosh-urug‘, tanishlar orqali ish topib, xorijga ketganlar. Agar ular chegara qonun-qoidalarini, o‘sha davlatning migratsiya qoidalarini buzmasa, noqonuniy bo‘lmaydi. Faqatgina tashkillashtirilmagan ishga joylashtirish bo‘ladi.

    Bizdagi ma’lumotlar bo‘yicha 2020-yilda pandemiya tufayli 10 mingdan ortiq fuqaroni tashkillashtirilgan manzilli, qonuniy ravishda ishga joylashtirgan bo‘lsak, 2021-yilda 109 mingdan ko‘proq, 2022-yilning yanvar—fevral oylarida esa ikki mingdan ortiq fuqaroni ishga jo‘natishga muvaffaq bo‘ldik.

    — Agentlik nechta davlat bilan hamkorlik qiladi?

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Bobur Valiyev, Salohiyatli ish beruvchilarni izlash boshqarmasi bosh mutaxassisi: Hozirgi kunda tashqi mehnat migratsiya agentligi Janubiy Koreya va Rossiyaning o‘zi bilan cheklanib qolmagan.

    Yevropaning rivojlangan davlatlari, jumladan, Germaniya, Shveysariya, Finlyandiya, Gollandiya, Litva, Latviya singari davlatlar bilan 30 dan ortiq shartnomamiz bor. Shuningdek, arab mamlakatlari Kuvayt, Ummon bilan ham hamkorlik shartnomalariga egamiz.

    — O‘zbekistonlik mehnat muhojirlarining aksari asosan Rossiyada ishlashni afzal bilishi sir emas. 2021—2022-yillar oralig‘ida agentlik qancha fuqaroni Rossiyaga ketishiga bosh-qosh bo‘ldi?

    Ortiqxo‘ja Norov: Chindan ham biz yuborayotgan fuqarolarning 50 foizdan ko‘pi aynan Rossiya davlatiga yuboriladi. Raqamlar misolida aytadigan bo‘lsak, 2020-yilda 7 800 nafar, 2021-yilda 100 ming nafar atrofida, 2022-yilning yanvar—fevral oylarida esa 1 800 atrofida fuqaro ishga yuborilgan.

    Rossiyaga borishga viza talab qilinmaydi, ishlash uchun patent kerak, xolos. 2021-yildan Pilot loyihasini yo‘lga qo‘yganmiz. Hujjatni olish uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tish, rus tili va tarixi, qonunchiligi va hokazolar bo‘yicha imtihonlar topshiriladi. Mana shu jarayonlarga Rossiyaning o‘zida 20 kundan bir oygacha vaqt ketadi. Ushbu jarayon hozirda O‘zbekistonning o‘zida qilinyapti. Rossiya ichki ishlar vazirligi liniyasi bo‘yicha barmoq izlarini oladigan uskunalar va boshqa uskunalar olib keltirilgan. Rossiya sog‘liqni saqlash liniyasi bo‘yicha tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishning barcha jarayonlari Toshkentda o‘tkaziladi. Lekin patentni qo‘liga Rossiyaga borganda 5-7 kunda oladi. Mana shu qulayliklar hisobiga Rossiyaga ketganlar ko‘proq.

    — 2022-yil 24-fevralda boshlangan Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaro haligacha yumshamadi. Rossiyaga kiritilayotgan turli sanksiya, cheklovlar istaymizmi-yo‘qmi bizning ham vatandoshlar taqdiriga ta’sir qilmoqda. Buni “Daryo”ga yo‘llangan yuzdan ortiq murojaatlar ham tasdiqlaydi. Hozirgi sharoitda agentlik o‘z faoliyatini avvalgidek davom ettiryaptimi yoki qandaydir o‘zgarishlar bo‘lmoqdami?

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Otabek Abdulg‘oziyev, Salohiyatli ish beruvchilarni ishlash va xususiy bandlik agentliklari bilan o‘zaro hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari: Keskin vaziyat fevral oyida bizga ta’sir ko‘rsatmadi. Kelishilgan loyihalar bo‘yicha ishchilar jo‘natiladi.

    Biroq ayni paytda ayrim korxonalar avvalgiga nisbatan ishchilarga talabini kamaytirgan. Bu tabiiy hol. Susayish bor, ammo bu ishlar butunlay to‘xtatildi degani emas.

    O‘tgan yili Pilot loyihasi doirasida 10 ming nafar odamni qurilish sohasiga yuborish rejasi bo‘yicha ishlagan bo‘lsak, hozir qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash yo‘nalishi bo‘yicha mavsumiy va yillik ishlarga takliflar kelib tushmoqda. Agar qurilishda taklif kamayayotgan bo‘lsa, ishlab chiqarishda ishlar soni ko‘paymoqda.

    Umumiy tendensiyani oladigan bo‘lsak, maoshi qurilishga nisbatan kamroq mavsumiy ish bo‘lsa ham yuborilyapti.

    Agrosanoat korxonlaridan talabnomalarni olyapmiz. 1 148 ta bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha 13 tashkilot o‘z istagini bildirgan. Bugungi kunda ular bilan kelishuv imzolash arafasidamiz.

    — Boya aytganimdek, “Daryo” nashrida shu yilning 18-martida Rossiyada ishlayotgan va daromadi, turmush tarzi, mehnat faoliyatida o‘zgarishlar kuzatilayotgan, o‘nga yaqin o‘zbekistonliklar bilan qilingan suhbat (“Vaziyat o‘zgarmasa, bu yerlarda yurishdan foyda yo‘q”. Rossiyada ishlayotgan o‘zbekistonlik muhojirlar bilan suhbat) e’lon qilindi. Ularning aksari yurtga qaytish niyatidaligini bildirdi. Ammo turli sabablar (aviachipta narxi keskin oshishi, rubl qadrsizlanishi, daromaddagi keskin pasayish va hokazolar) ular oldiga turli to‘siqlarni qo‘ymoqda. Agentlikka bu borada qancha migrant bog‘landi va bu masalada qanday yordam beryapsizlar?

    Bahrom Abduvaliyev, xorijdan qaytganlarni mehnat va kasbga reintegratsiya qilish boshqarmasi boshlig‘i: Agentlik tomonidan xorijdagi mehnat migrantlarimiz o‘rtasida keng qamrovli so‘rovnoma o‘tkazyapmiz. Hozir ham ushbu so‘rovnoma amalda.

    Hozirda 14 mingga yaqin fuqaro ovoz bergan. Ularning 15 foizi O‘zbekistonga qaytishga qaror qabul qilgan. 26 foizi o‘ylayapti, ya’ni jarayon agar keskinlashsa qaytmoqchi. 24 foizi qaytish istagini bildirmagan. Agar ish joyini yo‘qotsa yoki boshqa sabablar tug‘ilsa qaytishni o‘ylab ko‘rishini bildirgan. 35 foiz migrantning faoliyatiga esa vaziyat umuman ta’sir qilmagan. Kontrakti tugagunicha ishini davom ettirishini ma’lum qilgan.

    Skrin: “Daryo”

    Skrin: “Daryo”
    So‘rovnomaning 31-mart holatiga ko‘ra natijalari.

    O‘zbekistonga qaytish tendensiyasining statistikasiga ko‘ra, mehnat muhojirlarining O‘zbekistonga ommaviy qaytyapti degan fikr noto‘g‘ri. Bizning qo‘limizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, 2022-yilning o‘tgan ikki oyi davomida kelgan 95 ming nafar mehnat migrantining 75 ming nafari Rossiyadan qaytgan fuqarolarga to‘g‘ri keladi. 20-martgacha yana 30 ming nafardan ortiqroq yurtdoshimiz vatanga qaytgan.

    Bu statistikani o‘tgan yilgi ko‘rsatkichlar bilan taqqoslasak, judayam katta rezonans emas. Solishtirish uchun aytib o‘taman: 2021-yilda 508 ming nafar mehnat migranti O‘zbekistonga qaytib kelgan.

    — Rossiyada turib, sizlarga yordam so‘rab yozgan yurtdoshlarimiz ham bo‘ldimi?

    Ortiqxo‘ja Norov: Murojaatlar doim bo‘ladi. Ayniqsa, pandemiya davrida ular oshgan. Murojaatlarni yozish oson bo‘lishi uchun “birgamiz.com” platformasini ishga tushirganmiz.

    Otabek Abdulg‘oziyev: 24-fevraldan 15-martga qadar ish masalasida 1972 nafar fuqarodan murojaat tushgan. Bularning ichida biz tashkillashtirilgan tarzda xorijga yuborgan va o‘zi mustaqil ish topib, chiqib ketgan fuqarolar ham bor. Ularning bir qismi vatanga qaytish niyatida, yana bir qismi chetga chiqib ketishini bildirgan, qolgani shu yerda ishlashi uchun ish topib berishimizni so‘ragan.

    — Ish so‘rab murojaat qilgan fuqarolardan qanchasining talabi qondirildi?

    Otabek Abdulg‘oziyev: Bu borada Rossiyadagi vakolatxonamiz hamda yettita bosh konsulxona xodimlari bilan hamkorlikda joylarda ish beruvchilar bilan gaplashib, bo‘sh ish o‘rinlarini taklif qilyapmiz. Hozirgi kungacha 1972 nafar murojaatchidan 550 nafariga ish o‘rinlari taklif qilindi.

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Bobur Valiyev: Qolaversa, Yevropaning ko‘p tashkilotlari bilan shartnomamiz bor. Hozirgi kunda Serbiya qishloq xo‘jaligi sohasida 1000 ga yaqin bo‘sh ish o‘rini berilgan. Biz hozirgi kunda Rossiyada vaziyat tufayli ishini yo‘qotgan fuqarolarni Serbiyaga ishga jo‘natish bo‘yicha loyiha ishlab chiqyapmiz. Ayni paytda muzokaralar o‘tkazyapmiz.

    Bundan tashqari, Slovakiyaning yana bir tashkiloti 1200 ta bo‘sh ish o‘rni mavjudligini ma’lum qilgan. Hozir Rossiyada ishini yo‘qotgan mehnat migrantlarimizni u yerga yuborish borasida ish olib boryapmiz.

    — Vatanga qaytish istagini bildirgan yoki pulsiz qolib yordam so‘ragan fuqarolarga qancha miqdorda moddiy yordam ko‘rsatiladi?

    Otabek Abdulg‘oziyev: Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi bor. 2018-yilda prezidentning tegishli qarori bilan davlat tomonidan jamg‘armaga 200 milliard so‘m ajratilgan.

    Mazkur fondga xorijga biz tomonimizdan ishga yuborilganlar ham, o‘zi mustaqil ketganlar ham, xullas, xorijda QONUNIY mehnat faoliyatini olib borayotgan barcha O‘zbekiston fuqarolari murojaat qilishi, yordam olishi mumkin.

    Sharti — fuqarolar elektron tarzda murojaat va xorijda qonuniy ishlayotganini tasdiqlovchi hujjatlarini (Rossiyadagilar patent, boshqa davlatlar esa mehnat vizasi yoki ish ruxsatnomasi) platformaga yuklaydi. Chunki mazkur hujjat bizga mehnat migrantlari bilan boshqa toifadagi fuqarolarni, jumladan, davolanishga, aylanishga yoki o‘zining shaxsiy yumushi bilan xorij davlatiga borgan fuqarolarni ajratib olish imkonini beradi.

    Mehnat muhojiri agar oziq-ovqat masalasida yordam so‘ragan bo‘lsa, bu yo‘nalishda bir martalik (bazaviy hisoblash miqdorining 2 barobari) 50 dollar atrofida moddiy yordam ko‘rsatiladi.

    Agar yashash joyisiz qolgan bo‘lsa, xostel bilan shartnoma tuzilib, pul o‘tkaziladi. Murojaatchi o‘sha xostelda bir oy davomida yashab turishi mumkin.

    2021-yilda 7534 nafar fuqaroga moddiy yordam berilgan bo‘lsa, 2022-yilning yanvar—fevral oylarida 260 nafar fuqaro yordam olgan.

    2021- yil davomida 358 nafar fuqaro, 2022-yilning 2 oyida 39 nafar fuqaro xostellarga joylashtirilgan.

    Bundan tashqari, bizda ish haqini undirib berishda va qolgan masalalarda ham huquqiy yordam ko‘rsatiladi. Masalan, 2021-yilda 984 ming AQSH dollari miqdorida ish haqlari undirib berilgan.

    Joriy yilning ikki oyida esa bu ko‘rsatkich 42 ming dollardan oshdi. Qolaversa, vafot etgan O‘zbekiston fuqarolarining vatanga qaytarishda ham yordam beriladi.

    Infografika: “Daryo”

    — Uch yildan buyon muhojirlar bilan intervyu qilayotgan bo‘lsam, aksari elchixona va O‘zbekistonning Rossiyadagi tegishli idoralarining faoliyatidan qoniqmaydi.

    Yaqinda bir muhojir ayol bilan gaplashganimda u mutasaddi tashkilotlarning muammoli vaziyatlarda fuqarolarga yordam berish tugul, hatto vafot etgan migrantlarni vatanga qaytarishda ham hech qanday yordam ko‘rsatilmasligi  haqida aytdi. O‘tgan yillar davomida agentlik qancha mehnat muhojirining jasadini O‘zbekistonga olib kelishda yordam berdi?

    Ortiqxo‘ja Norov: Vafot etgan fuqarolarimizni vatanga qaytarishda biz cho‘ntagimizdan yordam bermaymiz. Cho‘zishdan yoki paysalga solishdan bizga foyda yo‘q. Mehnat migranti bo‘lsa qaysi davlatda bo‘lishidan qat’i nazar biz uni fond mablag‘lari hisobidan O‘zbekistonga qaytaramiz.

    Raqamlar misolida aytadigan bo‘lsak, o‘tgan 2021-yilda dunyo bo‘ylab masalan, Qozog‘iston, Koreya, Turkiya, Shvetsiya, Ukraina va Rossiya kabi davlatlardan 500 dan ortiq fuqaro jasadi vatanga qaytarilgan. 2022-yilning ikki oyida bu ko‘rsatkich 100 dan oshgan. Lekin ochig‘ini aytish kerak, Rossiyada mehnat muhojirlari ko‘pligi hisobiga asosiy statistika shu mamlakatga to‘g‘ri keladi.

    Otabek Abdulg‘oziyev: Vafot etganlarning ba’zilari ish faoliyatidan tashqari vaqtda surunkali kasalliklar tufayli yoki avtohalokatda hayotdan ko‘z yumgan. Agar mehnat muhojiri ish joyida vafot etsa, uni uyiga qaytarish va kompensatsiya to‘lash to‘liq ish beruvchining zimmasida bo‘ladi. Bu Rossiyaning ham, O‘zbekistonning ham mehnat kodeksida belgilab qo‘yilgan.

    Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasining puli tugagani yo‘q. Bundan tashqari, O‘zbekistonda hozirda taxminan sakkizta (litsenziyasiga qarab soni o‘zgarib turadi) xususiy bandlik agentligi bor. Ular ham bizdek fuqarolarni chetga ishga jo‘natish bilan shug‘ullanadi. Ular ish boshlashidan oldin fuqarolar oldida o‘z javobgarligini sug‘urtalash maqsadida mazkur fondga 200 ming dollar qiymatida depozit qo‘yadi.

    Masalan, xususiy bandlik agentligi 20 kishini Germaniyaga ishga jo‘natdi. Ammo xorij korxonasi qaysidir majburiyatini bajarmadi. Depozitga qo‘yilgan mablag‘dan 20 nafar fuqaroga davlat yordam ko‘rsatadi.

    — Yuqorida 100 mingdan ortiq mehnat muhojirlari O‘zbekistonga qaytgani haqida gapirdingiz. Ularni ish bilan ta’minlash masalasi nima bo‘ladi? Bu borada agentlik qanday ishlar olib bormoqda?

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Bahrom Abduvaliyev: Fevral oyining oxirida prezidentimiz boshchiliklarida selektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilishda bu masala alohida kun tartibida ko‘rib chiqildi.

    Xususan, yig‘ilishda Rossiyadagi muhojirlarimizning soni va oilaviy sharoiti, O‘zbekistonga qaytish ehtimoli, asosiysi, ularning O‘zbekistonga qaytishlarida hukumat tomonidan tegishli moddiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish, qaytganlaridan so‘ng esa mehnat ichki bozorida immigratsiya qilish masalalari ko‘rildi. Yuqoridagi ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha tegishli masalalar yuklatildi.

    Statistikani keltirib o‘tadigan bo‘lsam, Rossiyadagi migrantlarning qariyb 800 ming nafardan ortiqrog‘ining O‘zbekistondagi oila a’zolaridan uyma-uy yurib xabar olindi. Ularni ish bilan band qilish, tadbirkorlikka yo‘naltirish va boshqa masalalarni ko‘rib chiqdik. Qolaversa, Rossiyada ishlab yurgan muhojirlarning faoliyati, maoshi, hujjatlari, ish beruvchisi bilan bog‘liq holatlar o‘rganildi. Mazkur muammolar bo‘yicha agentligimizning xorijdagi vakolatxonalari bilan ishlayapmiz.

    Qaytgan mehnat migratlarining bandligini ta’minlash borasida bugungi kunda ichki mehnat bozoriga integratsiya qilish maqsadida hukumat va davlat organlari tomonidan ko‘rsatiladigan 14 turdagi xizmat turlari bor.

    Bular tadbirkorlikka yo‘naltirish bo‘yicha subsidiya turida yoki bankdan tadbirkorlikni amalga oshirish maqsadida kredit ko‘rinishida va yoki ish beruvchini rag‘batlantirish evaziga qaytib kelgan migrantni ishga joylashtirish ko‘rinishida moliyaviy yordam tizimi ishlab turibdi.

    Ayni paytda “O‘z kelajagimga o‘zim investor” loyihasini amalga oshiryapmiz. Loyihaning 4-5 yo‘nalishi bor. Dastlabki, kelgan mehnat migrantlarimiz o‘z tadbirkorligini yo‘lga qo‘yishdi.

    2022-yilning o‘tgan ikki oyi davomida 100 ga yaqin fuqaro o‘z tadbirkorligini boshlagan. Joriy yilning oxirigacha barcha loyihalar doirasida 5 mingdan ortiq mehnat migrantining tadbirkorligini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirganmiz.

    2020-yil sentabrda qabul qilingan prezident qaroriga ko‘ra, mahalla, mehnat organi, sektor, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamkorlikda ishlaydi. Xorijdan qaytgan mehnat migrantlarini manzilli ro‘yxatlari agentligimiz orqali tumanlardagi mehnat organlariga yetkaziladi. Yuqoridagi tashkilotlar esa xonadonma-xonadon yurib, ularning oilaviy ahvolini o‘rganadi.

    Aytaylik, 100 ming nafar migrant qaytib keldi. Kelganlarning aksariyati bizning yordamimizga muhtojlik sezmaydi. Ularning o‘zlari o‘ylab qo‘ygan rejasi, qanchadir muddatdan so‘ng yana xorijga qaytib ketish niyati bo‘ladi. Ikkinchi bosqichda bularni saralaymiz.

    Uchinchi bosqichda yordam turlari bo‘yicha qaysi davlat tashkilotiga taalluqli bo‘lsa, unga yo‘naltiramiz. Bandligini ta’minlash, moliyaviy yordam berish bo‘yicha esa o‘zimiz ishtirok etamiz.

    Shuningdek, vatanga qaytib kelayotgan mehnat migrantlari bo‘yicha yangi qaror loyihasi ustida ishlayapmiz. Qarorda amaldagi mavjud 14 turdagi imtiyoz va imkoniyatlarni yana ham kengaytiryapmiz. Maqsadimiz qaytishi kutilayotgan mehnat migrantlarining bandligini ta’minlashda shoshib qolmaslik.

    Hozirgi hisob-kitoblarimiz bo‘yicha vaziyat barqaror. Agar vaziyat yomonlashib, migrantlar O‘zbekistonga ommaviy qaytadigan bo‘lsa ham chora-tadbirlarni ko‘ra olamiz.

    Xonzodabegim A’zamova suhbatlashdi.

    Muharrir: Dilshod Sharipov

    31.03.2022, 20:40   Izoh (0)   61706
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston 2 oyda 228 dona elektromobil import qildi. 2 yil oldin xuddi shu davrda 7 dona edi

    31.03.2022, 20:27

    Sankt-Peterburgda qiyin ahvolda qolgan 9 nafar o‘zbekistonlik aviareys bilan vatanga qaytarildi

    31.03.2022, 19:57

    “Chek bermayapsan deb 5 million so‘m jarimaga tortishdi”. Ayrimlar mukofot puli olish uchun soliq huquqbuzarliklari haqida xabar bermoqdami?

    31.03.2022, 19:26

    Qashqadaryoda Toshkentga olib ketilayotgan iste’molga yaroqsiz 815 kilo go‘sht ko‘mib tashlandi

    31.03.2022, 19:12

    “2030-yilgacha bolalarning bog‘chaga qamrovi darajasini 95 foizga chiqarishimiz kerak” — Maktabgacha ta’lim vazirligi

    31.03.2022, 18:53

    Toshkentda mozaikalarni tozalash boshlandi. Ularni baribir bo‘yab tashlash rejada bo‘lgan

    31.03.2022, 18:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    Huawei O‘zbekistondagi “Tech Carnival”da Intellektual dunyo rivojini jadallashtirmoqda


    AKFA Medline University Hospital AHA rasmiy o‘quv markazi maqomini qo‘lga kiritdi


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi


    Mobiuz IQAir havo sifati datchigini o‘rnatdi


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    Huawei Cloud TechWave Summit 2025: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatni oshirish uchun intellektuallikni tezlashtirish 


    TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellektga asoslangan yechimlari orqali samaradorlikni oshirib, o‘sish sur’atlarini tezlashtirmoqda 


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh atrofida Yerdan o‘n barobar katta “qush” ko‘rindi

    Dunyo | 26 may, 00:18

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 64-xalqaro gullar festivali boshlandi

    O‘zbekiston | 26 may, 00:06

    O‘zbekiston U-17 terma jamoasining Jahon chempionatidagi raqiblari ma’lum bo‘ldi

    Sport | 26 may, 00:02

    Iroqda suv zaxiralari rekord miqdorda kamaydi

    Dunyo | 25 may, 23:30

    Superliga. “Dinamo” kambek amalga oshirib, “Qizilqum”dan ustun keldi

    Sport | 25 may, 23:27

    Qoraqalpog‘istonda inspektor quvgan yigit maktab o‘quvchisi emasligi aniqlandi (video)

    O‘zbekiston | 25 may, 23:17

    APL. Abduqodir Husanov “Manchester Siti” bilan Angliya chempionati bronza medaliga ega chiqdi

    Sport | 25 may, 22:42
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.