• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Salomatlik

    O‘smirlarda uchraydigan semizlik: xavotirga asos bormi va nima qilish kerak?

    So‘nggi 30 yil ichida tana vazni yuqori bo‘lgan bolalar soni to‘rt martaga ko‘paygan, buning sababi kunlik ovqatlanish tarkibidagi kaloriya miqdori organizm ehtiyojidan oshib ketganligidan, ya’ni ortiqcha ovqatlanishdan.

    Foto: “Noviy ochag”
     


    O‘smirlardagi semizlikning boshqa sabablari ham mavjud: harakatsiz turmush tarzi, kun tartibining yo‘qligi, surunkali uyqusizlik, psixologik bezovtalik, endokrin tizim kasalliklari va metobolik kasalliklar. Shuni ta’kidlash kerakki, endokrin tizim kasalliklari juda kam uchraydi. Ammo semirish sabablarini aniqlashda birinchi navbatda shundan boshlash kerak. Gipoterioz, qandsiz diabet, epilepsiya, miya o‘simtasi va boshqa organizm metobolizmini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan kasalliklarni istisno qilish kerak. Muammo ovqatlanish madaniyati va harakat yetishmasligi bilan bog‘liqligiga amin bo‘lsangiz, uni bartaraf etishga kirishishingiz mumkin.

    Psixolog nima deydi?

    “O‘spirinlar, ayniqsa, qizlar bu masalada qilingan izohni, tanqidni diliga yaqin oladi, tez ranjib qoladi, ruhiy noqulaylikni, stress holatini kuchaytiradi va oiladagi muhitni yomonlashtiradi. Ota-onalar va shifokorlar qizlar bilan bu masalada juda ehtyotkorlik bilan yondashishlari kerak. O‘rta maktab o‘quvchilari bizning bosimimizsiz ham o‘zlarini juda tanqid qilishadi. Muammoni hal qilishda faqat foydali maslahatlarning o‘zi kamlik qiladi, siz o‘spirinning ishonchini qozonishingiz kerak, yaxshi so‘z bilan qo‘llab-quvvatlashingiz kerak”.

    Tanada vaznning ortiqcha bo‘lishi organizmga salbiy ta’sir ko‘rsatishi muqarrar. Ortiqcha vazn oqibatida: tez-tez bosh og‘riydi, qon bosimi ko‘tarilishi mumkin, kuchli terlash, tez charchash, jismoniy mashqlarda nafas yetishmasligi, tushkun kayfiyat, o‘zining tanasiga va shaxsiga nisbatan ruhiy salbiy munosabat shakllanadi.

    Foto: “Noviy ochag”
     

    Nima qilish kerak?

    O‘spirin parhezini, turmush tarzini nazorat qilish natija bermaydi. Butun oilaning ovqatlanish odatlarini, turmush tarzini o‘zgartirish kerak. Ortiqcha yog‘ — ko‘p ovqatlanishning natijasidir. Parhez zarur, ammo monoparhez zararli, keskin ovqatdan cheklash organizmni ruhiy va jismoniy stressga tushiradi. Bunday diyeta tez ozdiradi, lekin qisqa muddatga va asoratlar ham keltirib chiqaradi.

    Jumladan:

    • stress holatida kartizol ko‘payadi bu metobolik jarayonlarga salbiy ta’sir qiladi;
    • jismoniy va aqliy faoliyat uchun zarur bo‘lgan oziq moddalar yetishmasligini keltirib chiqaradi;
    • diqqatni jamlash faoliyatini pasaytiradi, bu esa maktabda fanlarni o‘zlashtirishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi;
    • organizmda endokrin tizimda patologiyani rivojlantirishi mumkin;
    • terini, sochlarni, tirnoqlarning holatini yomonlashtiradi;
    • organizmni stressga tushirmaslik va asta-sekin moslashish uchun o‘spirinlarda vazn haftasiga 1-1,5 kilogrammga yo‘qotish eng maqbuli hisoblanadi.

    Taqiqlangan oziq-ovqatlar:

    • xamir va yog‘ga asoslangan qandolat mahsulotlari: pishiriqlar, tort mahsulotlari;
    • har turdagi sneklar (chipslar, “suxariklar”, pista va boshqalar);
    • yarim tayyor mahsulotlar: kolbasa, sosiska;
    • yuqori yog‘li, kraxmalli souslar: mayonez, ketchup;
    • shokolad, konfet mahsulotlari;
    • tez tayyorlanadigan ovqatlar;
    • tarkibida uglevodlar miqdori ko‘p bo‘lgan gazli ichimliklar.

    Foydali oziq-ovqatlar:

    • yog‘siz go‘sht — mol go‘shti, tovuq, barra qo‘y go‘shti;
    • baliq va dengiz mahsulotlari;
    • grechka, yasmiq, guruch;
    • sabzavotlar, rezavorlar, mevalar, quritilgan mevalar, yangi siqilgan sharbatlar.

    Agar “qora” ro‘yxatda bolangiz yaxshi ko‘radigan oziq-ovqatlar ko‘p bo‘lsa, parhezni asta-sekin o‘zgartiring. Ovqatlanish odatlarini keskin va majburan o‘zgartirish kerak emas, bu vaqt talab qiladi.

    Jismoniy mashqlar, sport mashqlari, raqs o‘spirin o‘g‘il-qizlar uchun juda zarurdir, chunki nafaqat kuch sarflanadi, balki o‘z-o‘zini anglashga, hurmat qilishga, tengqurlari bilan muloqatda “uyatchanlik” kompleksdan qutulishga yordam beradi, irodasini oshiradi, asosiysi, muntazam bajarish kerak.

    24.11.2023, 16:48   Izoh (0)   8557
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘smirlar qanday ishlarni mustaqil bajara olish kerak?

    29.12.2021, 14:52

    Bolalar salomatligini asrashda onalarga asqatadigan 10 ta tavsiya

    07.11.2023, 18:08

    “Gadjetlar asri” bolalar nega harakatli o‘yinlarni o‘ynamay qo‘ydi va bu qanchalik xavfli?

    09.11.2023, 12:21

    Buyrakni ishdan chiqarishi mumkin bo‘lgan odatlar

    24.11.2023, 13:26

    Dori ichishga shoshilmang: Oddiy choy yordam bera oladigan salomatlikdagi o‘zgarishlar

    23.11.2023, 16:34

    Bo‘yin sohasidagi zo‘riqishni bartaraf etishga yordam beradigan 3 tavsiya

    23.11.2023, 14:31
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Kanada AQSH tovarlariga javob bojlarini bekor qiladi

    Dunyo | 22 avgust, 22:20

    Ilon Mask Mark Sukerberg bilan OpenAI’ni sotib olishni muhokama qilgani ma’lum bo‘ldi

    Dunyo | 22 avgust, 22:10

    Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoyevga tuya va bo‘taloq sovg‘a qildi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 21:51

    2,6 mlrd so‘mlik tovar kodlarini o‘zgartirib, bojxona to‘lovidan qochmoqchi bo‘lganlar aniqlandi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 21:48

    Qashqadaryodan Toshkentga olib ketilayotgan 600 kg yaroqsiz go‘sht savdoga chiqishining oldi olindi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 21:30

    Tramp Baydenni Ukrainaga Rossiyaga javob berishga imkon bermagani uchun tanqid qildi

    Dunyo | 22 avgust, 21:15

    O‘zbekistonda yangi o‘quv yili boshlanish sanasi maʼlum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 21:06

    Samarqandda tez yordamga yo‘l bermagan Spark haydovchisi javobgarlikka tortildi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 21:00

    Taxtda olib yurilgan murda: “Muhtasham yuz yil”da sulton Sulaymonning o‘limi haqidagi dahshatli haqiqat tushirib qoldirilgan

    Kino | 22 avgust, 20:49

    AQSH razvedkasida Rossiya bo‘yicha ishlovchi 36 nafar xodim maxfiy ma’lumotlarga kirish huquqidan mahrum qilindi

    Dunyo | 22 avgust, 20:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.