Madridning “Real” klubi yozgi transfer oynasida braziliyalik hujumchi Rodrigo Goesni sotish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda ispan nashri Relevo xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “qaymoqranglilar” 24 yoshli futbolchiga 100 million yevro narx belgilagan. Ayni paytda Rodrigoga “Manchester Siti” va “Arsenal” jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Shuningdek, futbolchining o‘zi yozda jamoa boshqaruviga kelishi kutilayotgan Xabi Alonso bilan suhbatlashishni xohlamoqda. U murabbiydan o‘z rolini bilib olishni istaydi va aynan shu suhbatdan so‘ng o‘z kelajagi borasida qaror qabul qiladi.
Joriy mavsumda Rodrigo barcha musobaqalarda 50 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 13 ta gol va 10 ta assist yozdirib qo‘ygan. Uning “Real” bilan amaldagi shartnomasi 2028-yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 100 million yevro etib belgilagan.
Izoh (0)