Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyaga xalqaro cheklovlarni chetlab o‘tishga yordam beradigan tuzilmalar va vositachilarga qarshi Ukraina sanksiyalar tayyorlayotganini aytdi. Bu haqda “RBK Ukraina” xabar berdi.

Bu masalani biz hamkorlarimiz bilan muhokama qildik. Ular bizni eshitishdi. Endi harakatga o‘tamiz. Rossiyaga sanksiyalarni chetlab o‘tishda yordam berayotgan uchinchi davlatlardagi subyekt va sxemalarga qarshi sanksiya paketlarini tayyorlamoqdamiz, dedi siyosatchi.
Shuningdek, u Ukraina mudofaasini kuchaytirishni davom ettirayotgani, yaqin orada hamkorlardan muhim harbiy yordam va keyingi hamkorlik qarorlarini kutayotganini aytdi.
Urush davrida ham, undan keyingi davrda ham muhim davlatlar bilan hamkorlikni davom ettiramiz. Qayta tiklanish uchun jiddiy asoslar yaratmoqdamiz, dedi u.
Siyosatchi agar Rossiya “ko‘zgudagi kabi” harakat qilsa va kamida 30 kun davomida to‘liq tinchlikni ta’minlasa, Ukraina darhol o‘t ochishni to‘xtatishga tayyor ekanini bildirdi.
Biz imkon qadar tezroq, hatto bugundan boshlab o‘t ochishni to‘xtatishga tayyormiz, agar Rossiya ham xuddi shunday qadamlarga — to‘liq sukunatga, kamida 30 kunlik uzoq muddatli tinchlikka rozi bo‘lsa. Bu keyingi qadamlarni tayyorlash uchun yetarli va adolatli muddat. Rossiya urushni, hujumlarni va bombardimonlarni to‘xtatishi lozim, deya ta’kidladi Zelenskiy.
Bundan avvalroq Rossiya yetakchisi Vladimir Putin G‘alabaning 80 yilligi munosabati bilan uch kunlik vaqtinchalik sulh e’lon qilgan edi. U 7-maydan 8-mayga o‘tar kechasi soat 00:00 dan 10-maydan 11-mayga o‘tar kechasi soat 00:00 gacha amal qiladi. Zelenskiy mazkur sulhni rad etgan va buni “manipulyatsiya” deb atagan.
Izoh (0)