Rossiya Premyer Ligasi 27-turidagi “Axmat” — “SSKA” uchrashuvi yakuniga yetdi. Qiziqarli va keskin kurashlar ostida kechgan bahsda tomonlar 1:1 hisobida durang o‘ynadi

Uchrashuvdagi hisob moskvaliklar tomonidan ochildi. 9-daqiqada Seku Koyta raqib darvozasiga to‘p kiritib, “armiyachilar”ni hisobda oldinga olib chiqda. 33-daqiqaga kelib tablodagi natija tenglashdi. Gol muallifi — Maksim Samorodov.
Mazkur hisob uchrashuv oxirigacha o‘zgarmadi va tomonlar 1 ochkodan bo‘lishib oldi.
Ta’kidlash kerakki, o‘zbekistonlik futbolchi Abbosbek Fayzullayev uchrashuvni asosiy tarkibda boshlab, 90 daqiqa harakat qildi. U 57-daqiqada hakam tomonidan ogohlantirildi. Sofascore portali Fayzullayevning harakatlarini 7,6 ball bilan baholadi.
Ushbu durangdan keyin “SSKA” “Zenit” bilan ochkolarini tenglashtirib olish imkoniyatini qo‘ldan boy berdi. Hozirda Moskva klubi hisobidagi ochkolar soni 52 ballni tashkil qiladi va ular hozirda RPL turnir jadvalida 3-o‘rinni egallab turibdi. Ular peshqadam “Krasnodar”dan 9 ochko ortda borayotgan bo‘lsa, “Zenit”dan 2 ochko kam to‘plagan. “Axmat” esa 24 ochko bilan autsayderlar qatoridan joy olgan.
Rossiya Premyer Ligasi
27-tur
4-may, yakshanba
“Axmat” — “SSKA” 1:1
Gollar: 0:1 — Koyta (9), 1:1 — Maksim Samorodov (33)
Izoh (0)