O‘zbekiston Superligasi 8-turi doirasidagi “Qizilqum” — “Navbahor” bahsi yakunlandi. Gollarga boy o‘tgan bellashuvda navoiyliklar 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvdagi hisob 5-daqiqada “Navbahor” tomonidan ochilgan bo‘lsa, 19-daqiqada mezbonlar hisobni tenglashtirdi. Birinchi taymning yakuni arafasida namanganliklar yana hisobda oldinga chiqib oldi — 1:2.
Birinchi bo‘lim mazkur natija bilan yakunlandi. Ikkinchi taym boshida “Qizilqum” yana hisobni tenglashtirdi. Tablodagi natija 2:2 ko‘rinishini olib turgan payt uchrashuv qizig‘in kechdi. Har ikki jamoa ham navbatma-navbat xavfli hujumlar uyushtirib, darvozalar qarshisida bir nechta vaziyatlarni yaratdi.
Ikkinchi taymga qo‘shib berilgan daqiqalarda Navoiy klubi g‘alaba to‘pini kiritdi. Aniqrog‘i, 102-daqiqada Elguja Lobjanidze penaltidan gol kiritib, jamoasiga 3 ochko qo‘lga kiritishda yordam berdi. Mazkur g‘alabadan keyin “Qizilqum” hisobidagi ochkolar soni 10 taga yetdi va turnir jadvalida 9-pog‘onaga ko‘tarilib oldi. “Navbahor” esa 11 ochko bilan 7-o‘rindan joy oldi.
O‘zbekiston Superligasi
8-tur
4-may, yakshanba
“Qizilqum” — “Navbahor” 3:2
Gollar: 0:1 — Abbos G‘ulomov (5), 1:1 — Ilhomjon Vahobov (19), 1:2 — Alisher Odilov (44), 2:2 — Dilshod Komilov (52), 3:2 — Elguja Lobjanidze (102)
Izoh (0)