• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +43°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Futbol

    Anchelottidan Gvardiolagacha: Yevropa top klublari murabbiylari yiliga qancha daromad qiladi?

    Futbol olamida murabbiy-u futbolchilarga katta pullar to‘lanishi sir emas. Bugungi maqolada jahon futbolida eng ko‘p maosh oluvchi murabbiylar haqida to‘xtalib o‘tamiz.

    Ta’kidlab o‘tish joiz, ayrim ma’lumotlar OAVdan olingani uchun rasmiy emas.

    7. Arne Slot (yiliga 6 800 000 funt sterling)

    Foto: Getty Images

    Slot “Liverpul”dagi startni ajoyib boshladi: APLda 13 ta o‘yinning bittasida mag‘lub bo‘ldi, yana birida durang o‘ynadi va turnir jadvalida yetakchi bo‘lib turibdi. Chempionlar Ligasida esa 5 ta o‘yinning barchasida g‘alaba qozondi.

    Niderlandiyalik murabbiy Yurgen Kloppning “Enfild”da olgan 15,5 mln funt maoshidan ikki baravar kam oladi, ammo bu “Feyenoord”dagi shartnomasidan 3 mln funt ko‘proq. Tasavvur qiling, agar u ilk mavsumidayoq APL chempionligini qo‘lga kiritsa? O‘tgan yozda muxlislar Klopp ketganidan ko‘z yosh to‘kkan bo‘lsa, kelasi yozda quvonchdan yig‘lashi mumkin. Chempionlik uchun esa imkoniyat aniq bor.

    6. Simone Inzagi (yiliga 8 800 000 funt sterling)

    Foto: Getty Images

    Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonishga deyarli yaqin kelgandi, ammo finalda “Manchester Siti”ga duch keldi. Italiyada esa Inzagi o‘tgan mavsum “Inter”ni eng yaqin ta’qibchisidan 19 ochko farq bilan 20-Skudettoga olib bordi.

    Yevropaning boshqa yirik klublari unga qiziqish bildirmoqda, lekin murabbiy hozircha Milanni tark etish niyatida emas. Yaqinda klub so‘nggi uch yilda qo‘lga kiritilgan oltita sovrin uchun minnatdorchilik sifatida uning shartnomasini ikki yilga uzaytirdi va maoshini yuqorida keltirilgan miqdorga oshirdi.

    5. Mikel Arteta (yiliga 9 500 000 funt sterling)

    Foto: Getty Images

    “Arsenal” Artetani yangi, foydali shartnoma bilan taqdirladi va, albatta, u bunga loyiq. “Kanonirlar”ning sobiq sardori klubni 2019-yilda bosh murabbiy sifatida boshqarishni boshlaganidan buyon jamoaning holati sezilarli yaxshilandi.

    Hozircha chempion bo‘lmagan bo‘lsa-da, ular nihoyat chempionlik uchun haqiqiy da’vogar bo‘lishni boshladi. Shunga qaramay, o‘zaro qarama-qarshiliklarda Mikel o‘z ustozi Gvardiolaga yutqazmoqda. Ammo bu mavsum qiziqarli kechishi aniq, chunki “shaharliklar” zaiflashmoqda, bu esa “Arsenal” va “Liverpul”ning chempionlik imkoniyatlarini oshiradi.

    4. Karlo Anchelotti (yiliga 9 600 000 funt sterling)

    Foto: Getty Images

    Italiyalik murabbiy bilan har yili bir xil holat takrorlanadi: mavsum boshida uning iste’fosi haqida mish-mishlar paydo bo‘ladi, lekin bahorda “Real” hammani mag‘lub eta boshlaydi. Ammo bu yil unday holat bo‘lmasligi mumkin.

    Ko‘pchilikning fikricha, Kroosning ketishi va Mbappening kelishi Madrid mashinasining mexanizmini buzgan. Agar shunday bo‘lsa, italiyalik murabbiy yozda ketishi mumkin va uning o‘rniga sobiq “Real” futbolchisi kelishi kutilmoqda. Shunga qaramay, Karlo yana bir necha yil Madridda ishlashi va keyin nafaqaga chiqishi hech kimni hayratda qoldirmaydi.

    3. Stiven Jerrard (yiliga 15 200 000 funt sterling)

    Foto: Getty Images

    Ha, Jerrard murabbiylik qiladi va uning maoshi mana shunday. Kutmagandingiz-a? U Saudiya Arabistoniga ishlamoqda.

    Uning “Al-Ittifoq” jamoasi unchalik yaxshi o‘ynamayapti, lekin ingliz murabbiyining shartnomasi 2027-yilgacha amal qiladi. Bu Stiven uchun ideal bitim, chunki uning murabbiy sifatida qo‘lga kiritgan yagona yutug‘i “Reynjers” bilan Shotlandiya chempionatidagi g‘alaba, bu esa klub uchun juda muhim edi — ular 10 yil davomida “Seltik”ni ortda qoldira olmayotgan edi. Keyin esa “Aston Villa”dagi muvaffaqiyatsizlik va Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tish yuz berdi. Jerrardning o‘rnida bo‘lgan kim ham buni rad eta olardi?

    2. Xosep Gvardiola (yiliga 20 000 000 funt sterling)

    Foto: Getty Images

    Shayxlar ispan murabbiyga bunday maosh to‘lashdan afsuslanmaydi, chunki Gvardiola doimo natija keltiradi. Klub tarixidagi ilk Chempionlar Ligasi sovrini va APLdagi muntazam g‘alabalar rahbariyatni mamnun qilib kelgan.

    O‘tgan mavsumda ispaniyalik murabbiy “Siti”ni ketma-ket to‘rtinchi chempionlikka yetakladi. Bu mavsumda esa ishlar unchalik yurishmayapti. Ketma-ket 7 o‘yindan buyon “shaharliklar” g‘alaba nimaligini bilmay kelayotgan edi. Faqatgina so‘nggi, “Nottingem”ga qarshi bahsda Gvardiola jamoasi g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi. Undan keyingi liga doirasida “Kristal Pelas”ga qarshi o‘yinda ham 2:2 hisobida durang qayd etdi.

    Pepning shartnomasi yozda tugaydi, lekin uni uzaytirish haqida mish-mishlar yuribdi. Bu faqat murabbiyning o‘zi yangi chaqiruv istaydimi yoki yo‘qmi degan savolga bog‘liq. Agar Gvardiola rozi bo‘lsa, shayxlar shartnomani mamnuniyat bilan uzaytirib, uning maoshini oshiradi. Balki hozir muzokaralar davom etayotgandir. Nega boylar bilan savdolashmaslik kerak? Masalan, may oyida kelishuv uzaytirilgani e’lon qilinsa, hayron qolmasa ham bo‘ladi.

    1. Diyego Simeone (yiliga 30 000 000 funt sterling)

    Foto: Getty Images

    Simeone eng kuchli klublarda murabbiylik qilmagan va ba’zilarning fikriga ko‘ra, “Madridda ortiqcha ushlanib qoldi”. Ammo argentinalik murabbiy bu klubda nafaqat professional, balki moliyaviy jihatdan ham o‘zini qulay his qiladi.

    U 2011-yildan beri “Atletiko”ni boshqarib kelmoqda va kuchli beshlik chempionatlari klublari orasida hech kim bunday uzoq muddatda bir jamoada ishlamayapti. Simeone klub tarixiga kirib bo‘lgan — ikki marta La Ligada, ikki marta Yevropa Ligasida g‘alaba va ikki bor Chempionlar Ligasi finaliga chiqish.

    Qiziq tomoni, Diyego “matraschilar” bilan nafaqat murabbiy sifatida, balki o‘yinchi sifatida ham Ispaniya chempioniga aylangan. Uning shartnomasi 2027-yil yozigacha amal qiladi. Shu vaqt ichida jamoa bilan yana bir bor chempion bo‘la oladimi? U o‘zi uchun yana bir begona bo‘lmagan jamoa — “Inter”ga o‘tishi ham mumkin. Lekin hozircha mutaxassis Madrid klubida qolishni ma’qul ko‘rmoqda.

    10.12.2024, 22:56   Izoh (0)   14686
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Gvardiola#Anchelotti#Arteta

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Gvardiola — dunyoning eng yaxshi murabbiyi, Konte — 2, Zidan top-20 likda ham yo‘q

    20.05.2021, 12:01

    APLda YChL finalchilari to‘qnashuvi, A Seriyada Rim derbisi, “PSJ” esa yana Messisiz o‘ynaydi. Uik-endning eng muhim o‘yinlari haqida

    24.09.2021, 23:29

    Gvardiola yetakchi, Anchelotti — 2, Potter esa 8-o‘rinda. Ayni vaqtdagi eng yaxshi murabbiylar reytingi e’lon qilindi

    20.10.2022, 10:34

    Mourinyo, Gvardiola, Anchelotti. APL bosh sovriniga ega chiqqan eng yosh murabbiylar haqida

    25.04.2023, 16:21

    Fergyusonning rekordini takrorlagan Anchelotti, 3 oydan beri yutqazmayotgan “shaharliklar”. “Real” — “Manchester Siti” uchrashuvi raqamlarda

    10.05.2023, 11:19

    Final oldidan final. “Manchester Siti” — “Real” uchrashuvi haqida

    17.05.2023, 16:28

    Gvardiolada yubiley g‘alaba, “Real” so‘nggi 14 yildagi eng yirik mag‘lubiyatni qabul qilib oldi. “Manchester Siti” — “Real” uchrashuvi raqamlarda

    18.05.2023, 11:25

    “Bunday mag‘lubiyatga uchrash juda og‘riqli”. Anchelotti va Gvardiola o‘yindan keyin nimalar dedi?

    18.05.2023, 16:23

    “Manchester Siti”ning tarixiy trebli, A Seriya klublarining omadsizligi va rekordchi Gvardiola. Chempionlar Ligasi finaliga oid raqamlar

    11.06.2023, 14:22

    Anchelottiga yetib olgan Gvardiola, Superkuboklarda omadsiz “Sevilya”. UEFA Superkubogiga oid raqamlar va faktlar 

    17.08.2023, 11:21

    Fergyuson yetakchi, Gvardiola —5, Mourinyo 12-o‘rinda. Futbol tarixidagi eng yaxshi murabbiylar

    27.09.2023, 12:25

    Gvardiola, Xavi va Anchelotti. Globe Soccer Awards yilning eng yaxshi murabbiyi nomiga da’vogarlar ro‘yxatini e’lon qildi 

    12.12.2023, 18:47

    YCHL. “Real” Madridda “Leypsig” bilan durang o‘ynadi, “Manchester Siti” esa Daniya jamoasi ustidan ishonchli hisobda g‘alaba qozondi 

    07.03.2024, 02:53

    Mourinyo: “Alonsoning maydonni ko‘rish qobiliyati juda yuqori”

    16.04.2024, 13:02

    France Football talqiniga ko‘ra yilning eng yaxshisi bo‘lish uchun nomzodlar e’lon qilindi 

    04.09.2024, 22:16

    “Manchester Siti” mag‘lubiyatsiz seriya bo‘yicha o‘z rekordini yangiladi 

    21.10.2024, 15:14

    Vinisius Junior, Rodri va Lautaro Martines. Bugun “Oltin to‘p” sovrini sohibi aniqlanadi 

    28.10.2024, 18:30

    Gvardiola “Oltin to‘p”ni Rodri olganiga munosabat bildirdi

    30.10.2024, 12:19

    Opta superkompyuteri Chempionlar Ligasi g‘olibi kim bo‘lishini taxmin qildi 

    07.11.2024, 15:05

    Erling Holand APLda o‘ziga xos rekord o‘rnatdi

    10.11.2024, 11:03

    Goal nashri “Manchester Siti”ning muvaffaqiyatsizligiga sabab bo‘layotgan 6 muammoga to‘xtaldi

    13.11.2024, 11:06

    Gvardiola “Manchester Siti” bilan shartnomani uzaytiradi

    20.11.2024, 23:05

    “Har safar shartnoma imzolaganimda: ‘Yaxshi, bu oxirgi 2 yil’, deb aytaman” – Gvardiola

    22.11.2024, 21:35

    “Manchester Siti” “Tottenhem”ga mag‘lub bo‘lganidan so‘ng ko‘plab antirekordlar o‘rnatdi

    24.11.2024, 11:26

    Gvardiola “Feyenoord” bilan o‘yinda nega peshonasida qizil chiziqlar paydo bo‘lganini tushuntirdi

    27.11.2024, 16:58

    “Faqatgina yangi shartnomam borligi uchun klubda qolishni ham xohlamayman” – Gvardiola

    01.12.2024, 17:13

    APL. “Liverpul” o‘z maydonida “Man Siti”ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi

    01.12.2024, 23:14
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    Dunyo | 5 iyul, 15:22

    Ukraina va Rossiya o‘rtasida harbiy asirlar almashinuvi o‘tkazildi

    Dunyo | 5 iyul, 14:47

    Toshkentda Milliy gvardiya xodimlari cho‘kayotgan fuqaroni qutqarib qoldi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 13:55

    Maosh ming yevrogacha: o‘zbekistonlik ayollar Slovakiyaga ishga taklif qilinmoqda

    O‘zbekiston | 5 iyul, 12:45

    Toshkent viloyatida 7 yoshli bola onasi va o‘gay otasi tomonidan kaltaklandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 12:22

    Andijonda xotinini ko‘chada o‘ldirib, qochib ketgan erkak ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 11:30

    Zelenskiy Tramp Ukrainaga havo hujumidan mudofaa masalasida yordam bermoqchi ekanligini aytdi

    Dunyo | 5 iyul, 10:33

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Fluminense” “Al-Hilol”ni mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi

    Sport | 5 iyul, 10:12

    Moskva viloyatidagi Ozarbayjon diasporasi rahbari Rossiya fuqaroligidan mahrum qilindi

    Dunyo | 5 iyul, 09:52
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.