O‘zbekiston Superligasi 8-turi doirasidagi “Neftchi” — “So‘g‘diyona” uchrashuvi yakuniga yetdi. Qiziqarli va keskin kurashlar ostida kechgan bahsda farg‘onaliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvdagi hisob mehmonlar tomonidan ochildi. 23-daqiqada Lyupcho Doriyevning uzatmasidan keyin Sardorbek Hoshimov “Neftchi” darvozasini ishg‘ol qildi. 31-daqiqada Farg‘ona klubi tablodagi natijani tenglashtirdi. Jizzaxliklar a’zosi Stanisav Andreyev o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. Birinchi bo‘lim yakuni arafasida Zoran Marushich amalda “Neftchi”ga g‘alaba keltiruvchi gol muallifiga aylandi.
Bellashuvning ikkinchi taymi ham qiziqarli o‘tdi, lekin darvozalarga boshqa to‘p kiritilmadi.
Shu tariqa, “Neftchi” 8-turda g‘alabani qo‘lga kiritib, o‘z hisobidagi ochkolar sonini 12 ballga yetkazib oldi va Superliga turnir jadvalida 6-pog‘onadan joy oldi. “So‘g‘diyona” 7 ochko bilan 13-o‘ringa tushib ketdi.
O‘zbekiston Superligasi
8-tur
4-may, yakshanba
“Neftchi” — “So'g'diyona” 2:1
Gollar: 0:1 — Sardorbek Hoshimov (23), 1:1 Stanislav Andreyev (avtogol, 31), 2:1 — Zoran Marushich (42)
Izoh (0)