Tirishqoqlik muvaffaqiyatning faqat yarmidir. Dunyo bo‘ylab millionlab muxlislaringiz bo‘lsa, katta ishlar qilish imkoniyati paydo bo‘ladi. Mazkur yulduzlar o‘z shuhratidan foydangan holda qanday usullar bilan foyda ko‘rganlari haqida so‘z yuritamiz.
Jastin Biber
10 million dollar — Jastin Biber bu mablag‘ni eng g‘ayrioddiy tadbirlaridan birida ishlab topgan. U Anant Ambani va Radika Merchantning to‘yida kuylash uchun shuncha gonorar olgan. Zalda qo‘shiqchini 2000 nafar mehmon kutib olgan, aeroportdan esa Jastin tillarang Mercedes’da kelgan.
Rayan Reynolds
Kimdir ish yuzasidan biznesni rivojlantirish bilan shug‘ullansa, Rayan Reynolds uchun bu hobbi hisoblanadi. Bir necha yil oldin aktyor hamkasbi bilan “Reksxem” nomli kichik futbol klubiga 2,5 million dollar sarmoya kiritgan edi. Uch yil ichida klub qiymati 10 million dollardan oshib ketdi. Klubni sotish haqida mish-mishlar tarqalgan bo‘lsa-da, Rayan bitimni imkon qadar foydali qilish uchun yana bir necha yilni jamoaga bag‘ishlamoqchi ko‘rinadi.
Skarlett Yoxansson
Mashhurlik aktrisaga katta daromad keltiradi. Biroq pul hech qachon ortiqchalik qilmaydi. Shu bois bir kuni Skarlett Yoxansson shamollaganda ishlatgan ro‘molchasini sotuvga qo‘yadi. Lotning qiymatini kasallik manbai — Samuel L. Jekson ham oshiradi. Aynan u Skarlettga kasallikni yuqtirgandi. Natijada kimdir bu ro‘molchani 5300 dollarga sotib oladi. Yoxansson esa tushgan mablag‘ni xayriya ishlariga sarflaydi.
Rianna
2023-yilda Rianna Superbowl’ning tanaffus paytida chiqish qiladi. Buning uchun unga pul to‘lashmaydi. Biroq konsertdan so‘ng uning Spotify’dagi tinglashlari 640% ga ko‘payadi. Daily Mail hisob-kitoblariga ko‘ra, bu Riannaga faqat bitta xizmatdan 97 ming dollar daromad keltirgan. Umumiy summa haqida esa faqat taxmin qilish mumkin.
Kim Kardashyan
2014-yilda model o‘z ta’sir doirasini kengaytirish maqsadida “Kim Kardashyan: Gollivud” nomli mobil o‘yinni yaratdi. O‘yinning asosiy maqsadi o‘yinchining qahramonini shuhrat cho‘qqisiga olib chiqishdan iborat edi. 2016-yilga kelib, mashhur yulduz bu loyihadan 45 million dollar daromad qildi. O‘yin esa faqatgina 2024-yilda, ya’ni chiqarilganidan 10 yil o‘tgach yopildi.
Jennifer Lopes
Jey Lo pul ishlashni juda yaxshi biladi. U bir necha yil oldin BAA’da qisqa chiqishi bilan buni isbotlagan. Xonanda Doha Festival City Mall’ning ochilish marosimidagi 20 daqiqalik konsert va fotosessiya uchun 2 million dollar olgan. Buning ustiga, unga shou xarajatlari uchun yana bir million ajratilgandi.
Izoh (0)