• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Layfstayl Kino Shou-biznes

    Bitta filmda suratga tushib, 100 mln dollardan ko‘proq pul ishlagan Gollivud aktyorlari

    Rejissyorlar film muvaffaqiyati uchun aktyorlarga juda ko‘p pul tikadi. Ayniqsa, asar Gollivudning eng kassabop filmlaridan biriga aylanishida aktyorlar ijro etgan roli muhim ahamiyatga ega. Ba’zi yulduzlar shunchalik katta miqdorda gonorar oladiki, ularning maoshi film byudjetining yarmini tashkil qiladi. 

    Bryus Uillis — “Oltinchi tuyg‘u”

    So‘nggi yillarda afaziyadan aziyat chekayotgan Bryus Uillis yaxshi gonorar uchun mutlaqo har qanday rolni o‘ynashga majbur bo‘lgan. Shunday qilib, Bryus haqiqiy klassikada rol o‘ynagan mashhur aktyordan sifatsiz jangari filmlarning yulduziga aylandi. Biroq shunday vaqtlar bo‘ldiki, Bryusning bitta filmi uning boshqa o‘nta asarining o‘rnini bosgan.

    Uillis Malkolm Krou ismli psixolog rolini o‘ynagan “Oltinchi tuyg‘u” filmi uchun unga 14 million dollar taklif qilishadi. Film byudjeti 40 millionni tashkil qilgan. Biroq Bryus gonorarini kinoteatrlar va DVD to‘lovlarining 17 foiziga almashtirishni taklif qiladi. Natijada “Oltinchi tuyg‘u” 672 million daromad ko‘radi, aktyor esa kamida 114 million dollar ishlab oladi.

    Kianu Rivz — “Matritsa: qayta ishga tushirish” va “Matritsa: inqilob”

    Aktyor Kianu Rivz ushbu filmda o‘z maqsadini aniq biladigan va o‘ziga ishonchi baland qahramonni ijro etgan. Uning jangini tomosha qilish muxlislarga haqiqiy zavq beradi. Aktyor avvalida film uchun 15 million dollar gonorarga rozi bo‘lgan, biroq uning agenti film kassasining 15 foizini olishni taklif etgan va aktyor bunga rozi bo‘lgan. Yuqori natijalarni ko‘rsatgan “Matritsa”ning uchinchi qismi Kianuga 126 million dollar daromad olib keldi va shu tariqa u 2003-yilning eng ko‘p daromad olgan aktyorlaridan biriga aylandi.

    Shunday bo‘lsa-da, Kianu Rivz yulduzlik kasalligiga chalinmagan sanoqli aktyorlardan biri sanaladi. Xayrli ishlarni ham yaxshi ko‘ruvchi Kianu 80 million dollar gonorarini film dizaynerlari hamda maxsus effektlari uchun mas’ul bo‘lgan jamoaga tarqatib yuborgan. 12 nafar kaskadyorga esa yangi mototsikl sovg‘a qilgan.

    Tom Kruz — “Dunyolar jangi”

    Aktyor Tom Kruz ishtirok etgan eng yaxshi filmlardan biriga aylangan “Dunyolar jangi” rejissyor Stiven Spilberg tomonidan suratga olingan. Asar Gerbert Uells romani asosida yaratilgan. Filmni suratga olish ishlari bir necha oy davom etgan va Tom kaskadyorlar yordamisiz barcha murakkab harakatlarni mustaqil bajargan. Film uchun Tom Kruz 100 million dollar gonorar olgan. Bu kassa tushumlarining 20 foizini tashkil etadi.

    Sem Uortington — “Avatar: suv yo‘li”

    Sem Uortingtonni “Avatar” filmidagi bosh rolga tasdiqlashdan oldin rejissyor Jeyms Kemeron bu rolni Mett Deymonga taklif qiladi, ammo Mett rad etadi, chunki u navbatdagi “Born” filmining suratga olish ishlari bilan band edi. Keyinchalik aktyor bu rolni rad etganidan afsusda ekanligini tan oladi, chunki Kemeron unga barcha daromadlarning 10 foizini taklif qilgan, bunday holda uning gonorari deyarli 300 million dollarga yetardi, bu Kianu Rivznikidan ancha ko‘p. Qizig‘i shundaki, Jeyms Kemeron Sem Uortingtonga Deymonga taklif qilgan shartlarni qo‘ymaydi.

    Ammo aktyor bir necha yil o‘tgach, “Avatar”ning ikkinchi filmi uchun shartnoma imzolagandan so‘ng unga qat’iy belgilangan 10 million dollar va yig‘imning 5 foizi taklif qilinadi. Garchi “Avatar: suv yo‘li” birinchi filmdan kamroq daromad keltirgan bo‘lsa-da, bu Uortingtonning 110 milliondan ortiq daromad topishi uchun yetarli edi.

    Uill Smit — “Qora libos kiygan odamlar-3”

    Aktyor Uill Smit filmning uchinchi qismida ham barchaga tanish bo‘lgan Jey rolini ijro etdi. Uning qahramoni avvalgidek ajoyib va pozitiv xarakterli shaxs sifatida tasvirlangani bois Uill muxlislarini yanada shod etdi.

    Aktyor filmdagi roli uchun 18 million dollarlik shartnoma imzolagan hamda kassa tushumlarining 15 foizini olishni rejalashtirgan edi. Film 624 million dollar daromadga chiqqanda Smit 100 million dollardan ko‘proq maosh olishga erishdi va u tarixdagi eng ko‘p daromad oladigan aktyorlardan biriga aylandi.

    11.09.2024, 15:57   Izoh (0)   10360
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Faoliyati davomida 800 mln dollar ishlab topgan Bollivud qiroli Shohruh Xon haqida qiziqarli faktlar

    05.08.2020, 14:47

    Variety Deniel Kreygni Gollivudda eng ko‘p maosh oladigan aktyor deb atab, boshqa kinoyulduzlar gonorarini e’lon qildi

    20.08.2021, 19:56

    Margo Robbi “Barbi” filmidagi roli uchun qancha gonorar olgani ma’lum bo‘ldi

    16.08.2023, 14:00

    Bir necha daqiqalik roli uchun aqlbovar qilmas miqdorda gonorar olgan Gollivud aktyorlari 

    18.10.2023, 14:02

    So‘nggi yillarda eng ko‘p gonorar olgan aktyor va aktrisalar (foto)

    16.01.2024, 10:40

    Dueyn Jonson: Gollivudning eng boy aktyori qanday yashaydi?

    05.03.2024, 15:30

    XXI asr filmlaridagi eng ko‘p gonorar to‘langan mashhur obrazlar: ularni qaysi aktyorlar gavdalantirgan?

    18.04.2024, 12:51

    Aktyor Dueyn Jonson tufayli “Qizil” filmi xarajatlari 50 million dollarga oshib ketdi

    04.05.2024, 12:45

    Forbes reytingi: 2023-yilda Gollivudning eng ko‘p gonorar olgan top-10 aktyorlari (foto)

    20.05.2024, 10:50

    Kino tarixidagi eng ko‘p gonorar olgan aktyor bolalar 

    14.07.2024, 16:12

    Gollivudning eng boy aktyorlari beshtaligi: ular bu darajaga qanday erishdi? 

    20.08.2024, 17:30

    Ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarini o‘chirib tashlagan mashhurlar

    09.09.2024, 11:55

    Mashhur xonanda va aktrisa Selena Gomes milliarderga aylandi

    09.09.2024, 09:55

    Aktyor Orlando Blum qanday qilib 20 kg vazn tashlagani haqida gapirib berdi

    10.09.2024, 09:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashining uch mulozimi ishdan olindi

    O‘zbekiston | 25 iyul, 23:40

    “Manchester Siti” sobiq futbolchisini ortga qaytaradi — Romano

    Sport | 25 iyul, 22:50

    Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 25 iyul, 22:39

    “Amerikaliklarning 53 foizi Epshteyn ishi Tramp tufayli e’lon qilinmayapti deb hisoblaydi” — so‘rovnoma

    Dunyo | 25 iyul, 22:15

    “Kanada Falastin davlatining BMTda tan olinishiga intilmoqda” — Mark Karni

    Dunyo | 25 iyul, 21:53

    ESPN. Dunyoning eng yaxshi bokschilari reytingi yangilandi

    Sport | 25 iyul, 21:45

    Braziliya AQSHni prezidentga qarshi to‘ntarish tayyorlashda gumon qilmoqda

    Dunyo | 25 iyul, 21:27

    Moskvada 50 yoshli nogironni o‘ldirgan o‘zbekistonlik migrantga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    Dunyo | 25 iyul, 20:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.