Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubi Madridning “Real”ning braziliyalik hujumchisi Viniusius Juniorni o‘z safiga qo‘shib olish fikridan qaytgani yo‘q. Bu haqda Sports Zone nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, saudiyaliklar 24 yoshli futbolchining vakillari bilan bog‘langan. “Al-Hilol” ushbu transfer uchun rekord darajadagi — 800 million yevro sarflashga tayyor. Bu summaga futbolchining transfer narxi, yillik maoshi va turli bonus to‘lovlari kiradi.
Biroq Viniusius Junior faoliyatini “qirollik klubi”da davom ettirish tarafdori ekanligini bir necha bor bildirgan. U jamoada qolib, ko‘proq sovrin yutishni istamoqda. Lekin Riyod klubi tomon ham ortga chekinmoqchi emas. Ular futbolchining vakillariga qayta-qayta qo‘ng‘iroq qilib, o‘z taklifini yanada yaxshilamoqda. “Al-Hilol” rahbariyati katta miqdordagi maosh Vinisiusning fikrini o‘zgartirishga ishonmoqda.
Ma’lumot uchun, uning “Real” bilan amaldagi shartnomasi 2027-yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan. Transfer qiymati 200 million yevro atrofida baholanmoqda.
Izoh (0)