Transfermarkt portali oxirgi 1 yil ichida 21 yoshgacha bo‘lgan himoyachilar orasida narxi eng ko‘p oshgan 10 nafar futbolchi nomini e’lon qildi.

Mazkur ro‘yxatning birinchi pog‘onasidan “Barselona” himoyachisi Pau Kubarsi joy oldi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, ispan futbolchisining narxi so‘nggi mavsumlarda naqd 40 million yevroga qimmatlashgan. Hozirda kataloniyaliklar a’zosining umumiy narxi 70 million yevroni tashkil qiladi.
“Manchester Siti”ning o‘zbekistonlik futbolchisi Abduqodir Husanov 2-o‘rindan joy oldi. Unga ko‘ra, himoyachining qiymati oxirgi bir yil ichida 32,5 million yevroga qimmatlashgan. Xususan, 2024-yilning 3-iyun kungi yangilanishda Abduqodirning qiymati 2,5 million yevroga baholangan. Mart oyidan o‘zbekistonlik futbolchining transfer narxi 35 million yevro etib belgilandi.
Kuchli uchlikka “Bornmut” a’zosi Din Hyoysen yakun yasagan. Niderlandiyalik himoyachi oxirgi 1 yilda 32 million yevroga qimmatlashgan.

Joriy mavsumda narxi eng ko‘p oshgan yosh himoyachilar (top-10):
1. Pau Kubarsi (“Barselona”) — 70 million yevro (+40 million);
2. Abduqodir Husanov (“Manchester Siti”) — 35 mln yevro (+32,5 mln);
3. Din Hyoysen (“Bornmut”) — 42 mln yevro (+32 mln);
4. Vitor Reys (“Manchester Siti”) — 30 mln yevro (+30 mln);
5. Maylz Luis-Skelli (“Arsenal”) — 28 mln yevro (+26 mln);
6. Petro Komutsso (“Fiorentina”) — 25 mln yevro (+24,3 mln);
7. Alexandro Balde (“Barselona”) — 60 mln yevro (+20 mln);
8. Archi Grey (“Tottenhem”) — 35 mln yevro (+17 mln);
9. Renatu Veyga (“Yuventus”) — 18 mln yevro (+15 mln);
10. Milosh Kerkez (“Bornmut”) — 35 mln yevro (+15 mln).
Izoh (0)