Toshkent shahar Shayxontohur tumani hokimligi binosi sotuvga qo‘yildi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ushbu hokimlik binosini sotuv uchun E-auksion elektron platformasiga joylashtirdi.
Binoning boshlang‘ich bahosi — 101 milliard 652 million so‘m. Xaridor obyekt negizida zamonaviy mehmonxona qurishi va sotib olish to‘lovlarining dastlabki qismini bir yo‘la kamida 50 foiz miqdorida to‘lab berishi lozim.
Binoni sotib olish uchun arizalar 26-may soat 9:00 gacha qabul qilinadi, natijalar 26-may kuni soat 10:00 da e’lon qilinadi. Obyekt Shayxontohur tumani hokimligi tomonidan 2025-yil 1-iyulga qadar bo‘shatilgandan so‘ng xaridor undan foydalanish huquqini qo‘lga kiritadi.
Shayxontohur tumani hokimligi binosi
Tuman hokimligi binosi Abdulla Qodiriy ko‘chasi, “O‘rda” MFYda joylashgan. Hokimlik binosining umumiy maydoni 7 382 kvadrat metrni tashkil etadi.







Izoh (0)