Buxoro viloyatidagi litsey sportzalida 20 yoshli talaba yigit o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda Bosh prokuratura “Daryo”ga xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2025-yil 28-aprel kuni soat taxminan 06:20 lar atrofida 2005-yilda tugilgan yigit (2-bosqich talabasi) noma’lum sabablarga ko‘ra Buxoro davlat texnika universiteti qoshidagi akademik litseyining sportzalining tom qismiga chiqib bo‘yin sohasidan o‘zini osib vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Marhumning Instagram ijtimoiy tarmog‘ining shaxsiy akkauntida 2025-yil 27-28-aprel kunlari 3 marotaba o‘z joniga qasd qilish mazmunidagi lavhalarni joylagani aniqlangan.
Bir kun avval ham shunday hodisa kuzatilgan
Ushbu hodisadan bir kun avval, 27-aprel kuni soat taxminan 7:20 larda 2005-yil Navoiy viloyatining Nurota tumanida tug‘ilgan yigit talabalar turar joyida o‘z joniga qasd qilgani haqida xabar berilgandi.
O‘limidan oldin talaba xat qoldirgan. Unda marhum o‘limi uchun hech kimni ayblamasligini yozib, ota-onasidan kechirim so‘ragan.
Joniga qasd qilgan talabalar
2025-yilning boshlarida Qo‘qondagi talabalar turar joyida talaba o‘z joniga qasd qilgan qiz vafot etgandi. Bir oydan ortiq muolajalar qilinib, qizga tibbiy yordam ko‘rsatilganiga qaramasdan, uning hayotini saqlab qolishning iloji bo‘lmagan. 2024-yilning fevralida Buxoro davlat tibbiyot institutining ikkinchi kurs talabasi bo‘lgan hindistonlik yigit vafot etgandi.
Izoh (0)