Buxoroda 20 yoshli talaba yigit o‘z joniga qasd qilgani haqida xabarlar taraldi. Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov “Daryo” so‘roviga ko‘ra bu ma’lumotni tasdiqladi.

Uning bildirishicha, 2005-yil Navoiy viloyatining Nurota tumanida tug‘ilgan yigit 27-aprel kuni soat taxminan 7:20 larda talabalar turar joyida o‘z joniga qasd qilgan.
O‘limidan oldin talaba xat qoldirgan. Unda marhum o‘limi uchun hech kimni ayblamasligini yozib, ota-onasidan kechirim so‘ragan.
Ayni paytda prokuratura tekshirish harakatlarini olib bormoqda.
2025-yilning boshlarida Qo‘qondagi talabalar turar joyida talaba o‘z joniga qasd qilgan qiz vafot etgandi. Bir oydan ortiq muolajalar qilinib, qizga tibbiy yordam ko‘rsatilganiga qaramasdan, uning hayotini saqlab qolishning iloji bo‘lmagan. 2024-yilning fevralida Buxoro davlat tibbiyot institutining ikkinchi kurs talabasi bo‘lgan hindistonlik yigit vafot etgandi.
Izoh (0)