• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino Shou-biznes

    Bevaqt so‘ngan yulduzlar: hayotdan erta ko‘z yumgan Bollivud aktrisalari

    Bollivud — porloq yulduzlar, hayajonli filmlar va ajoyib ijrolar dunyosi. Ammo ayrim iste’dodli aktrisalar shon-shuhrat cho‘qqisiga chiqqan paytida hayotdan ko‘z yumgan, ba’zilari esa taqdirning og‘ir zarbalariga dosh berolmay oramizni tark etgan. Ularning qisqa umr yo‘li, unutilmas rollari va sirli vafoti hanuzgacha ko‘pchilikni hayratga solib keladi. Ushbu maqolada Bollivud kino sanoatining eng yorqin, ammo bevaqt hayotdan ko‘z yumgan aktrisalari haqida hikoya qilamiz.

    Divya Bharati — 19 yosh

    Foto: India TV News

    1993-yil 5-aprelda Bollivud o‘zining eng istiqbolli aktrisalaridan birini — 19 yoshli Divya Bharatini yo‘qotdi. U kino sanoatining navbatdagi superyulduzi sifatida e’tirof etilgan bo‘lib, juda qisqa faoliyati davomida bir qator muvaffaqiyatli filmlarda rol o‘ynashga ulgurgan edi. Uning eng mashhur filmlari orasida “Rosa va olov”, “Telba sevgi”, “Uch g‘azabga to‘lgan erkak 2” kabi kartinalar bor edi.

    Foto: India TV News

    Atigi 18 yoshida Divya taniqli prodyuser Sajid Nadiadvalaga turmushga chiqdi. Ammo bu baxt uzoqqa cho‘zilmadi: aktrisa o‘z kvartirasining derazasidan noma’lum sabablarga ko‘ra qulab tushdi va vafot etdi. Uning vafotidan keyin ko‘plab mish-mishlar paydo bo‘ldi: ayrimlar buni tasodifiy baxtsiz hodisa desa, boshqalar buni jinoyat yoki hatto o‘z joniga qasd qilish ehtimoli bilan bog‘laydi. Lekin haligacha bu sir ochilmagan va aktrisaning o‘limi Hindiston kinosining eng jumboqli fojialaridan biri bo‘lib qolmoqda.

    Foto: India TV News

    Bugungi kunda ham Divya Bharatining nomi Bollivud tarixida unutilmas nomlardan biri sifatida tilga olinadi. U yaratgan obrazlar, ijro etgan rollari va yorqin qiyofasi hanuzgacha muxlislar yodidan o‘chmagan.

    Smita Patil — 31 yosh

    Foto: Bollywood Hungama

    Smita Patil Bollivudning eng sevimli aktrisalaridan biri edi. U o‘zining iste’dodi va san’atga bo‘lgan cheksiz muhabbati bilan tanilgan bo‘lib, milliy mukofot sovrindori, tomoshabinlar va tanqidchilarning ardog‘idagi aktrisa sifatida e’tirof etilgan. Biroq uning shaxsiy hayoti doimo bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan.

    Smita turmush o‘rtog‘i bo‘lgan aktyor Raj Babbar bilan uchrashgach, ularning munosabatlari jamoatchilik e’tiborini tortdi. Raj Babbar allaqachon turmush qurgan bo‘lsa-da, Smita unga ikkinchi rafiqa bo‘lib turmushga chiqdi va bu qaror jamiyatda katta shov-shuvga sabab bo‘ldi, so‘ng juftlik farzandli bo‘lishdi. Oilada Pratik Babbar tug‘ildi. Ammo bunday baxt uzoqqa cho‘zilmadi: Smita Patil farzandi dunyoga kelganidan atigi ikki hafta o‘tib, tug‘ruqdan keyingi asoratlar sabab vafot etdi. O‘shanda aktrisa atigi 31 yosh edi.

    Foto: Bollywood Hungama

    Smita Patil Bollivudning tijoriy filmlaridan ko‘ra chuqur mazmunli va ijtimoiy mavzularga asoslangan filmlarida ko‘proq rol o‘ynagan. U hind jamiyatidagi ayollar mavqeini yuksaltirish, ularning huquqlari va muammolarini yoritishga harakat qilgan. Shuningdek, Smita Patil faqatgina aktrisa emas, balki faol ayol huquqlari himoyachisi ham bo‘lgan. U intervyularida ko‘p marotaba Hindiston ayollarining hayoti, gender tengligi va ijtimoiy adolatsizlik mavzularida o‘z fikrlarini bildirishdan tortinmagan.

    Gita Bali — 35 yosh

    Foto: Bollywoodtime.ru

    Gita Bali ham Hindistonning yorqin kino yulduzlaridan biri bo‘lib, hayotdan juda erta ko‘z yumgan. U nafaqat muvaffaqiyatli aktrisa, balki sadoqatli rafiqa va mehribon ona sifatida ham tanilgan. Uning turmush o‘rtog‘i mashhur aktyor Shammi Kapur edi.

    Aktrisaning hayoti kutilmaganda 1965-yilda chechak kasalligi sababli yakun topdi. Atigi 35 yoshida olamdan o‘tgan Gita Bali Bollivud sahnasida yorqin iz qoldirib, o‘zining iste’dodi va go‘zalligi bilan muxlislar qalbidan chuqur joy olgan edi.

    Foto: Bollywoodtime.ru

    Gita Bali o‘zining sho‘xligi, tabiiy jozibasi va aktyorlik mahorati bilan tomoshabinlarni rom etgan aktrisa edi. 1950-yillarda u Hindiston kinosida o‘z o‘rniga ega bo‘lib, o‘sha davrning yetakchi aktrisalaridan biri sifatida nom qozongan.

    Madhubala — 36 yosh

    Foto: Siasat.com

    Madhubala 1933-yil 14-fevralda dunyoga kelgan. Tug‘ilgan paytidayoq shifokorlar uning yurak tug‘ma nuqsoni borligini va uzoq yashay olmasligini aytishgan. Biroq u taqdir sinovlariga qaramay, o‘sib ulg‘aydi va Hindiston kino tarixidagi eng go‘zal hamda iqtidorli aktrisalardan biriga aylandi. Madhubala 1969-yil 23-fevralda, bor-yo‘g‘i 36 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. U qisqa umrida o‘zidan buyuk meros qoldirdi, ayniqsa, “Buyuk Mo‘g‘ul” filmidagi Anarkali roli uning nomini abadiy mashhur qildi.

    Foto: Siasat.com

    Aktrisaning shaxsiy hayoti ham ko‘pchilikning e’tiborida bo‘lgan. Madhubala va Dilip Kumar o‘rtasidagi sevgi hikoyasi Bollivud tarixidagi eng mashhur muhabbat qissalaridan biri hisoblanadi. Ammo taqdir ularni birlashtirmadi va Madhubala keyinchalik Kishor Kumar bilan turmush qurdi. Biroq sog‘lig‘idagi muammolar tufayli oxirgi yillarini to‘shakka mixlanib o‘tkazdi. Yurak xastaligi sabab u kinodan uzoqlashishga majbur bo‘ldi. 1969-yilda, 36 yoshida, Hindiston kinosining Mona Lizasi deb nomlangan bu go‘zal aktrisa olamdan o‘tdi.

    Foto: Siasat.com
    1 aprel, 18:41   Izoh (0)   52732
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Bollivud#hind#aktrisa

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Instagram: Ota-onasiga qimmatbaho avtomobil sovg‘a qilgan Ra’no Shodiyeva, Porsche’sida YTHga uchragan Dili.me, Dilnozning to‘yi qachon?  

    26.12.2024, 12:50

    Dipika Padukone 39 yoshda: dunyodagi eng nufuzli 100 kishidan biri, badminton bo‘yicha Hindiston chempioni, 4 ta tilda so‘zlasha oladigan hind aktrisasi haqida

    9 yanvar, 09:37

    Ritik Roshan 51 yoshda: Bolaligida skoliozga chalingan, musulmon qizga uylangan va bir kechada mashhur bo‘lgan aktyorning murakkab hayot yo‘li

    11 yanvar, 13:15

    Hind kinosi yulduzi Saif Ali Xon o‘z uyida pichoqlab ketildi 

    16 yanvar, 16:06

    O‘z uyida pichoqlangan Bollivud yulduzi Saif Ali Xon ahvoli haqida ma’lumot berildi

    17 yanvar, 11:54

    Hindistondagi eng mashhur oilada tug‘ilgan, bolaligida nevrologik kasallikdan aziyat chekkan va “Dunyo go‘zali”ga uylangan Abhishek Bachchan 49 yoshda (foto, video...

    7 fevral, 10:32

    Bir vaqtlar unashtirilgan, ammo munosabatlari to‘ygacha yetib bormagan Bollivud yulduzlari 

    12 fevral, 13:50

    Xonlar sabab karyerasidan ayrilgan “Qasos o‘ti” yulduzi Sonu Valiya haqida nimalar ma’lum? 

    13 fevral, 11:35

    Hind kinosining bir nechta tilda erkin so‘zlasha oladigan yulduzlari  

    21 fevral, 15:49

    Instagram: Valijon Shamshiyev 12-marta ota bo‘ldi, Manzura tug‘ilgan kunini nishonladi, Feruza Yusupovaga qimmatbaho avtomobil sovg‘a qilishdi 

    23 fevral, 13:44

    Kinotavsiya: Bollivud qiroli Shohruh Xon va Kajol ishtirokidagi eng yaxshi filmlar (treyler)

    28 fevral, 13:15

    “O‘g‘irlanmagan kelin”, “PiKey” va Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan boshqa hind filmlari

    8 mart, 11:45

    Hind kinosi yulduzlarining bolaligidagi ko‘rinishiga ikki tomchi suvdek o‘xshaydigan farzandlari (foto)

    10 mart, 11:55

    Instagram: Yusufxon Nurmatov san’atni tashlab, AQSHda trak haydamoqchi, Zarina Yo‘ldoshevaga tahdid qilishdi, Jasur Umirov o‘g‘lini ko‘rsatdi

    11 mart, 10:15

    Bollivud yulduzlaridan badavlat merosxo‘rlargacha: Hindistonda o‘tkazilgan eng qimmatbaho va dabdabali to‘ylar top-10 taligi

    15 mart, 11:40

    Mukofotlar bo‘yicha rekord o‘rnatgan, Bollivudning eng boy aktrisalaridan biri va Raj Kapurning nevara kelini Aliya Bhatt 32 yoshda

    18 mart, 14:40

    Bollivuddagi “tanish-bilish”: Hind kinosi yulduzlarining san’at yo‘lini tanlagan farzandlari

    25 mart, 16:40

    Ekranga qaytgan Saif Ali Xon, qiziqarli syujet va debyutlar: Netflix tomonidan suratga olingan yangi hind filmlari 

    27 mart, 12:52
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Putinga Ukraina bilan hududlar almashinuvini muhokama qilishni taklif qiladi

    Dunyo | 7 avgust, 23:25

    “Deputat saylovchilar masalalarini ko‘tarib, har qanday darajadagi rahbarga ko‘ndalang qo‘yishi kerak” — Erkinjon Turdimov

    O‘zbekiston | 7 avgust, 23:16

    Google bepul AI repetitorni taqdim etdi

    Dunyo | 7 avgust, 23:10

    Elektr taʼminoti korxonalari xodimlari ham bodikamera bilan ishlashni boshladi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 22:55

    Buxoroda ota farzandlariga 128 mln so‘m alimentni to‘lamay yurgani maʼlum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 22:45

    Gana prezidenti samolyot halokatidan mo‘jiza tufayli omon qolgan — Ghanaweb

    Dunyo | 7 avgust, 22:30

    Google xakerlik hujumiga uchraganini tasdiqladi

    Dunyo | 7 avgust, 22:20

    Buxoroda tadbirkor 800 mln so‘mdan ortiq asossiz soliqqa tortildi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 22:09
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.