• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Raqamli illyuziya yoxud aldanayotgan sezgilarimiz

    Hayot go‘zal, ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlarda yanada rang-barang: kimdir otasiga gulga ko‘milgan, “dadamga” degan ulug‘vor, tantanavor yozuvi bor “inomarka” sovg‘a qilgan, yana birovining sahifasi chet eldagi hashamatli hayoti tasvirlari bilan to‘la — palmalar, moxitolar, yaxta va hurliqolar...  

    Ularni ko‘rib havas qilasiz (yo hasaddan ichingiz kuyadi), “nega mening hayotim rasvo”, deb xunob bo‘lasiz, siqilasiz. Ammo, tan oling — to‘xta-chi, balki manavi go‘rso‘xta ota rizoligini olish uchun emas, balki azbaroyi layk ilinjida bir soatga ijaraga olingan avtomobilni ko‘z-ko‘z qilayotgandir; xorijdagi Eshmatning umri saroyda emas, biron ajnabiy qovoqxonaning kiryuvish xonasida o‘tayotgan bo‘lsa-chi, degan mulohazani doim ham xayolingizga keltiravermaysiz.

    Ya’ni, bugun juda ko‘pchilik ijtimoiy tarmoq “tasma” (lenta)sini aylantirarkan, ko‘rayotgan olami aslida soxta, ro‘yo bo‘lishi mumkinligini, kimlardir ularni yuzsizlarcha aldab, tuyg‘ulari, sezgilari bilan o‘ynashayotganini anglayvermaydi.

    Xo‘sh, raqamli illyuziyani kim va nima maqsadda yaratadi, nima uchun o‘sha sarobga boshqalar, hatto uning egasi ham mahliyo bo‘lib qoladi, buning oqibatlari qanday? 

    Foto: Google Images

    Soxta hayot va profil inflyasiyasi 

    Bu tendensiya qachon paydo bo‘lganini aniq aytish qiyin. Chunki foydalanuvchilarning tarmoqlarda haqiqiy Meni va reallikni buzib talqin qilishi — eng yuqori mezonlarga mos keluvchi ideal hayot tarzini ko‘rsatish, har jihatdan to‘kis, omadli va mukammal inson qiyofasini yaratish yoki umuman,  “virtual avtoritet” maqomiga erishish, “muxlislar” e’tiborida turish uchun o‘zini har ko‘yga solishi hali to‘liq o‘rganilmagan hamda zamonaviy fenomen.

    Shunga qaramay, ayrim tadqiqot va kuzatishlar bor. Masalan, “Fake life” (Soxta hayot) termini 2012-yildan ijtimoiy tarmoqlardagi axloq modellaridan biri sifatida qo‘llanila boshlagan. Amerikalik sotsiopsixolog, Garvard universiteti professori Shoshana Zuboff esa odamlarning o‘zini bo‘rttirib ko‘rsatishga urinishini “Profil inflyasiyasi” deb ataydi, bunda akkauntdagi biografik ma’lumotlar, fotosuratlar, postlar mashhur bo‘lish, o‘z qadr-qimmati va turmushini yanada jozibali taqdim etish uchun yaratiladi. 

    2012-yilda Gartner tahlil markazi tomonidan e’lon qilingan hisobotda aytilishicha, yirik ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarining kamida 48 foizi virtual do‘stlariga “badiiy, madaniy yoki musiqiy qobiliyati” haqida cho‘pchak to‘qiydi,  37 foizi hayotini rang-barang ko‘rsatish, “ko‘pqirrali” faoliyati — sayohat va qiziqishlarini ifodalash uchun feyk/ishlangan (montaj qilingan) suratlardan foydalanadi, 29 foizining esa ism-sharifi, oilaviy sharoiti, 25 foizining ish joyi va lavozimi haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi va hokazo .

    “Layk”ka ehtiyojmand qatlam yoki mashhurlik vasvasasi

    Kuzatuvlar, hozirgi raqamli muhitda – odamlarning bahosi tafakkur yoki axloqiy mezonlar emas, virtual olqish va raqamlar bilan o‘lchanayotgan dunyoda, zamonaviy submadaniyatsizlik vakillari — laykka ehtiyojmand qatlam shakllanganini ko‘rsatyapti. 

    Sotsiologlarning qayd etishicha, ijtimoiy tarmoqlarda soxta e’tibor qozonish, ya’ni “Profil inflyasiyasi” ko‘proq ayni qatlamda uchraydi va ularga quyidagi shartli sindromlar qutqu soladi:

    Doimiy diqqat-markazda bo‘lish xohishi: bu toifadagilar boshqalardan doim e’tirof, maqtov, tasalli yoki yupanch eshitib (o‘qib) turmasa, ko‘ngli joyiga tushmaydi. Har qanday rezonansli infoholatga – aqli yetsa-yetmasa, ma’naviy haqi bo‘lsa-bo‘lmasa – munosabat bildiradi; masalan, bugun kiborlarga xos yurish-turishini ko‘z-ko‘z qilsa (getsbing), ertaga nochor, azoblardan charchagan yoki pushayman inson “rejimi”ni yoqadi (sedfishing) va hokazo.

    Haqiqatga chap berish istagi: mazkur sindrom bilan “og‘riganlar” turmushdagi kundalik qiyinchilik, tashvish yoki stresslardan ijtimoiy tarmoqlarda hammasi ideal bo‘lgan fantastik, g‘irt xayoliy olam yaratib “yengillashadi”. Deylik, o‘zi chet davlatda juda og‘ir sharoitlarda mehnat qiladi, lekin uning profilidagi suratlar shohona hayotdan “gapiradi”.  

    O‘ziga ishonchsizlik: qanchalik paradoksal bo‘lmasin, psixologlarning ta’kidlashicha, platformalarda har jihatdan mukammal, baxtli va omadli inson obrazini targ‘ib etish vasvasasi – aslida o‘ziga ishonmaydigan, omadsiz, alohida iste’dodi bilan ajralib turmaydiganlarga ko‘proq xos. Ya’ni, ular internetda o‘zining shishirilgan yoki hashamatli nusxasini yaratish orqali o‘ziga vaqtinchalik ishonch “baxsh etadi”.

    Illyuza ortidagi qalloblik 

    — Ba’zida, “tasma” ortidagi kimsa o‘z obrazini boshqalarga ma’lum manfaatni ko‘zlab, o‘zi uchun kerakli natijaga erishish maqsadida taqdim etadi, – deydi hindistonlik psixolog Abxishek Shukla “Ijtimoiy tarmoqlardagi mashhurlik illyuzasi” maqolasida. — Virtual olamda bu aldamchi qiyofani qabul qilmaslik imkonsiz, inkor etishga asos yo‘q. Mana shu nuqtada sodda va ishonuvchan odamlarning chuv tushishi, aksincha, feyk-imij egasi uchun katta foyda keltirishi mumkin bo‘lgan psixologik nyuans bo‘y ko‘rsatadi.

    Janob Shukla aytmoqchiki, ijtimoiy tarmoqlardagi yaltiroq yoki soxta Men ortida ba’zida puxta o‘ylangan, aniq strategiyaga ega manipulyatsion nayranglar ham yotadi. Masalan, kimdir virtual sahifasida o‘zini o‘ta omadli tadbirkor, sochining tolasidan tirnog‘ining uchigacha badavlat, Bill Geytsning qiyomatli ukasi sifatida ko‘rsatib, falon so‘m evaziga “Oyiga 10 ming dollar topish sirlari”ni o‘rgatmoqchi bo‘lsa, shubhalanish kerak, aslida ular — “biznes-trener”, “motivator”, “psixolog”, “diyetolog” va hokazo laqabli qip-qizil firibgar bo‘lishi ham mumkin. 

    Xuddi shu psixologik nyuans asosida, onlayn platformalarda ko‘p hollarda: benihoya taqvodor imij — ishlatilmagan yosh-yosh miyalarni chalg‘itish va ularni “g‘azot”ga da’vat qilish; bemor/bechorahol, chorig‘ini bazo‘r sudrayotgan fon — ko‘ngli bo‘sh savobtalablarning cho‘ntagini shilib olish, pul va parivashlarga to‘la virtual hayot — foydalanuvchilarni turli qimor yoki tavakkkalchilikka asoslangan o‘yinlarga jalb qilish uchun yaratiladi.

    Taqqoslamang – tekshiring; taqlid qilmang – o‘zingizdan zavqlaning

    Amerikalik sotsiopsixolog Leon Festingerning 1954-yilda e’lon qilgan ijtimoiy taqqoslash nazariyasiga ko‘ra, boshqalarning muvaffaqiyati yoki omadsizligidan kelib chiqib o‘ziga baho berish ko‘plab odamlarga xos salbiy xususiyat. 

    Germaniyalik olimlar tomonidan mingga yaqin Facebook foydalanuvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan tadqiqotda, har uchinchi odam virtual do‘stlarining “cheksiz baxt tasvirlari” ta’sirida o‘zini yomon his qilishi, Pensilvaniya universiteti o‘rganishlari esa ijtimoiy tarmoqlardagi “go‘zal hayot” boshqa foydalanuvchilarda o‘ziga ishonchning pasayishi, kuchli stress hamda depressiyaga olib kelishini ko‘rsatgan. 

    Shoshana Zuboffning ogohlantirishicha, raqamli illyuziya uning yaratuvchilari ruhiyatini ham yemiradi. Ya’ni, butun borlig‘i bilan turmush tarzini “bekam-u ko‘st” ko‘rsatishga urinadiganlar oxir-oqibat soxta mavqeyining quliga aylanadi, shu bilan birga virtual auditoriyaning hamma ham dosh bera olmaydigan bosimiga duch keladi. 
    Masalan, 2014-yilda amerikalik 19 yoshli talaba Medison Xolleran o‘z uyining to‘qqizinchi qavatidan sakrab joniga qasd qilishi mamlakat bo‘ylab katta shov-shuv uyg‘otgan. Chunki, qizning Instagram’ida hayotning faqat yorqin lahzalari — sayohatlar, selfilar, bazmlar, pozitiv damlar aks etgandi. Shundan bo‘lsa kerak, uning ota-onasi haqiqiy hayot virtual nusxasidan mutlaqo teskari bo‘lishi mumkinligini barchaga eslatib turishi uchun  farzandining profilini o‘chirmaslikka qaror qilgan.

    Umuman, hech qachon kimgadir faqatgina uning ijtimoiy tarmoqlardagi suratlari, postlari, layklariga qarab xulosa chiqarmang, ayniqsa bugungi raqamli muhitda: o‘zini dindor ko‘rsatayotgan foydalanuvchi aslida g‘irt aroqxo‘r, ayollar huquqidan va’z aytayotgan “faol” — onasini bog‘lab boqadigan noinsof, o‘zini haqiqat kurashchisi va superqahramon sifatida taqdim etayotgan “bloger” real hayotda eplab bo‘lmas muttaham chiqib qolishi mumkin.

    Raqamli illyuziyadan omon chiqishning oltin qoidasi shu: taqqoslamang — o‘zingizni ruhan o‘ldirasiz, tekshiring — aks holda aldanib qolasiz, taqlid qilmang — virtual hayotda ham haqiqiy Meningiz bilan yashang, soxta nusxangiz faqat zarar keltiradi. O‘zingizga ham, jamiyatga ham. O‘zingizdan zavqlaning – bu bir bora berilgan, takrorlanmas hayot.

    Dilshod Nurulloh

    08.07.2024, 13:21   Izoh (0)   6366
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda “Ekologik stiker” berish muddati 2025-yil 1-martga uzaytirildi

    08.07.2024, 13:09

    Navoiyda 8 yoshli qizcha halok bo‘lishiga sababchi bo‘lgan ikki haydovchi qamoqqa olindi

    08.07.2024, 13:05

    O‘zbekistonda havo harorati yana ko‘tarila boshlaydi

    08.07.2024, 12:32

    Toshkent viloyatida 3,3 mlrd so‘mlik kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari aylanmasiga chek qo‘yildi

    08.07.2024, 11:56

    “Shahar ichida 100 tezlikda yuradigan haydovchilar transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum bo‘lishi shart” — deputat

    08.07.2024, 11:51

    “Hisor” qo‘riqxonasi fotoqopqoniga qor qoplonlari guruhi muhrlandi (video)

    08.07.2024, 11:46
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Sistit — bu uyat emas!


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qizil kitobga kiritilgan 15 ta ilonni O‘zbekistondan olib ketayotgan fuqaro qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 31 may, 11:20

    Tramp Putin va Zelenskiyni juda qaysar deb atadi

    Dunyo | 31 may, 10:50

    TikTok tashxis qo‘ymoqda: ChatGPT va ijtimoiy tarmoqlardagi tibbiy maslahatlarga qanchalik ishonsa bo‘ladi?

    Maslahatlar | 31 may, 10:30

    Bishkekdagi bar egasi qanday qilib Pentagon bilan 7 mlrd dollarlik shartnoma tuzgani haqida

    Dunyo | 31 may, 10:15

    Farg‘onada sifati kafolatlanmagan 8 mlrd so‘mlik dorilar savdoga chiqarilishining oldi olindi

    O‘zbekiston | 31 may, 09:56

    4-iyundan boshlab AQSHdan po‘lat va alyuminiy importiga 50 foizlik bojlar kuchga kiradi

    Dunyo | 31 may, 09:23

    Rossiyada Putinni Gitlerga o‘xshatib mem qilganlar jazolanadi

    Dunyo | 30 may, 23:55

    Zarafshon daryosidan noqonuniy ravishda qum-shag‘al qazib olgan shaxsga chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 30 may, 23:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.