• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +19°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Musiqa Shou-biznes

    O‘tmishdan voz kechib: ismini o‘zgartirgan Grayms, Snoop Dogg va boshqa mashhur xonandalar

    San’atkor uchun ism va taxallus alohida brend kabidir. Ammo ba’zida shu brendning o‘zi san’atkorning ijodiy yo‘lida to‘siqqa aylanishi mumkin. Shuning uchun ba’zi xonandalar taxallusini o‘zgartirishga qaror qiladi. Bu qaror “hayotini yangi sahifadan boshlash” istagi yoki “o‘tmishdan qochishga urinish” bo‘lishi mumkin. Bugun o‘z “men”ini qaytadan yaratish uchun ismini o‘zgartirgan mashhurlar haqida hikoya qilamiz.

    Paff Deddi (Puff Daddy — “Brother Love”)

    Foto: Lady.mail.ru

    Bugungi kunda P. Diddy turli mojarolar markazida. 2024-yilda reper va prodyuser zo‘ravonlik va odam savdosida ayblandi. Tergov ishlari esa davom etmoqda. Qiziq tomoni, uning so‘nggi payt imijini o‘zgartirishi aynan ismi bilan bog‘liq bo‘lgan.

    Reper avval turli taxalluslarda ijod qilgan. Karyerasining boshida Shon Kombsni Puff Daddy deb tanishgan, keyin Sean John va Puffy degan ismlar bilan qo‘shiq aytgan. Darvoqe, xonanda o‘zining “Puff” laqabini bolaligida olgan. Ma’lum bo‘lishicha, u tez-tez jahli chiqqanda “puflab” yuradigan bola bo‘lgan.

    So‘ngra o‘zini P. Diddy, keyin esa oddiygina Diddy deb atay boshlagan. 2017-yilda, tug‘ilgan kunida xonanda muxlislariga video yo‘llab, uni endi “Love” (Muhabbat) yoki “Brother Love” (Aka Muhabbat) deb atashlarini so‘ragan:

    “Men ismimni o‘zgartirishga qaror qildim. Chunki endi avvalgiday emasman”, deb tushuntirgan.

    Ammo tomoshabinlar bu gaplarni jiddiy qabul qilishmadi va xonanda P. Diddy taxallusida qoldi.

    Snup Dogg (Snoop Dogg — Snoop Lion, Snoopzilla)

    Foto: Lady.mail.ru

    Yana bir ismini o‘zgartirgan reper — bu Snup Dogg. 2012-yilda Yamaykaga qilgan safaridan so‘ng xonanda o‘zini endi Snoop Lion deb atashini e’lon qilgan.

    Snupning aytishicha, bu safarda u ruhiy va ijodiy jihatdan qayta tug‘ilgandek bo‘lgan va buyuk Bob Marli ruhi bilan aloqa o‘rnatgan. Unga bu ismni rastafarian diniy arboblari tavsiya qilgan. Shuningdek, u zo‘ravonlik mavzusiga to‘la rep musiqasini tark etib, faqat reggi uslubi bilan shug‘ullanishga qaror qilgan.

    Ammo bir yil o‘tib, Kordozar Kelvin Brodo (uning haqiqiy ismi) yana bir bayonot berdi. Funk-albomi chiqishi arafasida u ismini Snoopzilla deb o‘zgartirdi. Keyin avvalgi uslubdagi Snoop Dogg va uning qo‘shiqlari qaytdi.

    Grayms — bir harfdan iborat ism

    Foto: Lady.mail.ru

    Qo‘shiqchi Graymsning asl ismi — Kler Elis Bushe. Uning Ilon Mask bilan bo‘lgan munosabatlari haliyam butun dunyoda muhokama qilinadi. Ammo eng katta shov-shuv juftlikning o‘g‘li tug‘ilganida emas, balki unga qo‘yilgan ismda bo‘ldi. Chaqaloqqa X Æ A-12 deb nom berishgan. Bu ismda noma’lum sun’iy intellekt qisqartmasi va amerikalik razvedka samolyoti nomi yashiringan.

    So‘ng Kler o‘z ismini soddalashtirishga qaror qildi. 2018-yilda xonanda Si Bushe (C Boucher) deb atay boshladi. Bu vakuumdagi yorug‘lik tezligi belgisi. Uning aytishicha, eski ismi unga hech qachon yoqmagan. Ikki yildan keyin esa u atrofdagilar uni shunchaki Si (C) deb atashlarini so‘ragan.

    Xolzi — ko‘cha nomidan ilhomlangan taxallus

    Foto: Lady.mail.ru

    Xolzi (Halsey) taxallusi bilan tanilgan qo‘shiqchining asl ismi Eshli Nikolet Pranjipani. U og‘ir bolalikni boshdan kechirgan. Xonandaning ota-onasi tez-tez ish joylarini almashtirgan, bu esa doimiy ko‘chishlarga sabab bo‘lgan. Har bir yangi joyda Eshli tazyiqqa uchragan. Bu esa uni o‘z joniga qasd qilishga olib kelgan. Keyinchalik u kollejni tashlab, giyohvand moddalar bilan savdosi bilan shug‘ullangan va ota-onasi uni uydan haydab yuborganidan keyin ko‘chalarda yashashga majbur bo‘lgan.

    Musiqa yo‘lida ilk qadamlarga qo‘yganida, Xolzi o‘tmish haqidagi xotiralarni butkul o‘chirishga qaror qilgan. Yangi ism sifatida esa ko‘cha nomini tanlagan — xonanda sobiq qallig‘ining uyi Bruklindagi Halsey Street ko‘chasida joylashgan edi.

    17 aprel, 08:15   Izoh (0)   1557
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #shou-biznes#xonanda

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Avtohalokat, qotillik va og‘ir kasallik tufayli hayotdan bevaqt ko‘z yumgan o‘zbekistonlik mashhurlar

    14 aprel, 18:55

    “Yolg‘iz ayollarga kuch-quvvat tilayman” — Dildora Niyozova oilasidagi xiyonat haqida gapirdi

    7 aprel, 12:45

    Faoliyatini qo‘shiq kuylashdan boshlagan va klip syomkasida baxtini topgan Asal Shodiyeva 33 yoshda

    7 aprel, 17:45

    Britaniyalik xonanda Ed Shiran “Azizam” deb nomlangan qo‘shiq kuyladi (video)

    8 aprel, 14:00

    Instagram: Bahora Arslonova farzand kutmoqda, Asal Shodiyeva tug‘ilgan kunini nishonladi, Imronning “birrovi” qancha?    

    8 aprel, 11:56

    Muvaffaqiyatsiz turmush, depressiya va ortiqcha vazn bilan kurash: Nilufar Usmonova haqida ko‘pchilik bilmaydigan ma’lumotlar

    8 aprel, 14:55

    Instagram: Qizini uzatayotgan Mirzabek Xolmedov, 15 kiloga ozgan Munisa Rizayeva, Farhod va Shirin dueti tiklanishi mumkinmi?     

    9 aprel, 10:53

    Tilla Bugatti va Jeyms Bondga tegishli raritet: Gollivud yulduzlarining hech kimnikiga o‘xshamagan avtomobillari

    10 aprel, 09:57

    Kardi Bi, Kardashyan, Rianna: jahon shou-biznesida shov-shuvga sabab bo‘lgan sudlashuvlar

    11 aprel, 09:00

    Piar uchun o‘zini sevishgan juftlik sifatida ko‘rsatgan mashhurlar 

    10 aprel, 21:35

    Instagram: 80 ming dollarni xayriya qiladigan Dilfuza Ismoilova, Rossiyada konsert bergan Yulduz Usmonova, 83 kishini ishli qilgan Munisa Rizayeva 

    11 aprel, 10:54

    Ruhiy salomatlik va ichki xotirjamlikni afzal ko‘rib oflayn hayotni tanlagan yulduzlar

    12 aprel, 14:10

    “Sichqon” dramasi yulduzi Li Sin Gi sudda 403 ming dollar undirib oldi

    12 aprel, 09:58

    Mashhur seriallarni ularsiz tasavvur qilib bo‘lmaydigan Janubiy Koreyaning 4 aktrisasi

    14 aprel, 09:32

    “Muhtasham yuz yil”dagi Ibrohim hozir qayerda?

    12 aprel, 18:49

    Gollivudning eng boy otalari pullarini nimaga sarflaydi?

    12 aprel, 16:57

    Instagram: Farzand kutayotgan Diyora Keldiyorova, yangi mashina xarid qilgan Shahlo Zoirova va ko‘milgan Durdona Qurbonova

    14 aprel, 10:36

    Xitoyning eng boy aktrisalari top-7 taligi: Dilraba Dilmurat esa oxirgi o‘rinda

    14 aprel, 16:40

    Megan Markl to‘rtta mashinadan iborat kortej va politsiya sirenalari bilan Brodveyga borgani uchun tanqidga uchradi

    14 aprel, 19:57

    Bir o‘limdan qolgan, “Qalpoq”dagi obrazi mashhur qilgan va kuniga minglab xatlar oladigan Alfiya kampir — Barno Teshaboyeva haqida 

    14 aprel, 21:41

    Merilin Monro Kennedidan homilador bo‘lganmi? Aktrisaning o‘limi bilan bog‘liq yangi tafsilotlar e’lon qilindi

    15 aprel, 19:40

    “Muhtasham yuz yil”ni sog‘inganlar uchun: serial aktyorlari suratga tushgan eng yaxshi loyihalar

    15 aprel, 13:49

    Birgina jumla 86 ming dollar: Gollivud yulduzlarining bir daqiqalik roli uchun olgan shov-shuvli gonorarlari

    15 aprel, 15:30

    Britni Spirs Meksika aeroportida qo‘g‘irchoq bola bilan ko‘rinish berdi. Muxlislar xonandaning ruhiy holatidan xavotirda

    15 aprel, 15:55

    “Istedim”ni o‘zbeklar mashhur qildi”. Roza Zergerlining O‘zbekistondagi ilk konserti qanday o‘tmoqda?

    15 aprel, 20:50

    “Titanik” halokatiga 113 yil bo‘ldi: film ijodkorlarini ilhomlantirgan kema yo‘lovchilarining haqiqiy sevgi hikoyalari

    16 aprel, 08:46

    Tomoshabinlar hafsalasini pir qiladigan turk seriallaridagi kamchiliklar

    16 aprel, 09:54
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anchelotti “Real” boshqaruvini qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 9 may, 23:38

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.