Tesla Cybertruck egasi Ilon Maskning Cybertruck “qayiq kabi harakatlanishi” va “daryodan kechib o‘tishga qodir” ekani haqidagi bayonotlariga ishonib, 100,000 dollarini yo‘qotdi.

Tesla mashinada suvga tushish imkonini beruvchi kechuv rejimi haqida eʼlon qilgan edi. Biroq bu funksiya ishlab chiqaruvchi kafolati tatbiq etilmaydigan yo‘lsiz rejim uchun faollashtiriladi. Kaliforniyaning Traki shahridan bo‘lgan Tesla Cybertruck egasi bu holatni hisobga olmagan, chunki u “kechib o‘tish” rejimini yoqib suvga kirishga harakat qilgan va Cybertruck egasi tezda tiqilib qolgan.

Kaliforniya patrul xizmati xodimlari avtomobilni suvdan chiqarishga yordam berishdi va Cybertruck egasi “kechib o‘tish” funksiyasini yoqib, juda uzoqqa ketganini aytishdi. Cybertruck’ning qay darajada zararlangani haqida batafsil maʼlumot yo‘q.

Ilon Mask ilgari bir necha bor Tesla avtomobillari bir muncha vaqt suzish qobiliyatiga ega degan daʼvolarni ilgari surgan. Cybertruck seriyali versiyasini ishga tushirishdan oldin avtomobil daryo kengliklaridan suzib o‘tish uchun “qoniqarli darajada suv o‘tkazmasligi” aytilgan edi.
Izoh (0)