Ijtimoiy tarmoqlarda qiz bola sevgan yigiti tomonidan kaltaklangani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB izoh berdi.
Maʼlum qilinishicha, 14-aprel kuni taxminan soat 11:50 larda Mirzo Ulug‘bek tumani, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida, 2003-yilda tug‘ilgan S.A. o‘zining tanishi 2006-yilda tug‘ilgan A.J. bilan kelishmovchilik oqibatida tortishib qolgani sababli unga kuch ishlatgan.
Janjal vaqtida S.A. qizga tan jarohati yetkazgan. Natijada jabrlanuvchi shifoxonaga murojaat qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov harakatlari davom etmoqda.
Toshkentda bir guruh shaxslar fuqaroga o‘yinchoq to‘pponcha bilan tahdid qilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Shuningdek, Toshkentda gul do‘konidagi sotuvchi qizni bo‘g‘ib, yana ikki fuqaro bilan janjallashgan erkakka nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.
Izoh (0)