• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Nadomat” — 56 yoshida norkobiznesga aralashib qolib, 10 yilga ozodlikdan mahrum bo‘lgan ayol qismati (foto, video)

    Tabiatan nozik xilqat egasi qilib yaratilgan ayolning jinoyat sodir etishiga ishonish qiyin. Ammo ertani o‘ylamay ish tutish o‘zgalarning tuzog‘iga osongina ilinishga sabab bo‘ladi. Jinoyat sodir etilganidan so‘ng “Bunday bo‘lishini bilmagandim”, deyish insonning jazodan qutulishiga sabab bo‘lmaydi. “Nadomat” loyihasining navbatdagi suhbatdoshi bilan tanishing va o‘zingizga tegishli xulosani chiqaring.

    Mahkuma 56 yoshda, Jinoyat kodeksining 273-modda 5-qismi bilan 10-yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

    — Onam ukrain millatiga mansub bo‘lgan. Otam armiyaga borganida, unga ko‘ngil qo‘yib, Namanganga olib kelgan ekan. Biz oilada bir o‘g‘il va bir qiz farzand bo‘lganmiz. Ammo ota-onamning turmushi uzoqqa bormagan. Onam ajrashib, akamni olib Ukrainaga qaytib ketgan. Men otam bilan qolganman. Afsuski, oradan ko‘p vaqt o‘tmay, otam olamdan o‘tgan. Yetim qolgach, buvimning qo‘lida ulg‘aydim. Taqdir sabab Samarqandga kelin bo‘lib tushdim. Ro‘zg‘orimdan hech qachon nolimaganman, turmush o‘rtog‘im hamisha tushunib, qo‘llab-quvvatlaydi. Besh nafar farzandim bor edi. Bir qizim chaqaloqlik paytida olamdan o‘tdi. Keyin 1988-yili tug‘ilgan o‘g‘lim 2021-yili jigar sirrozi kasalligi bilan vafot etdi. Uning ikkita bolasi bo‘zlab qoldi. Bir o‘g‘lim Rossiyaga ishlagani borganda avtofalokatga uchrab, boshidan jiddiy shikast olgan. Hozir ruhiy kasallik bilan hisobda turadi, — deydi mahkuma.

    Foto: “Daryo”
    Suhbatdoshimizning 1991-yilda tug‘ilgan to‘ng‘ich qizi uch farzandi bilan turmush o‘rtog‘idan ajrab, ota uyiga keladi. Uch bolani boqish va uy joy qilish masʼuliyati uni ko‘proq pul topishga undaydi. Ayolning moliyaviy qiyinchiliklarga uchrayotganini bilgan notanish inson unga yordam qo‘lini cho‘zish taklifini bildiradi. Ammo tabobatda foydalaniladigan mo‘miyo deyilgani — aslida zahri qotil bo‘lib chiqadi.

    — Ozodlikdan mahrum bo‘lishni hech kim orzu qilmaydi. Qizim bilan tuz-namagimiz qo‘shilgan ekanmi, o‘zimiz xohlamagan holda bu yerlarga kelib qoldik. Qaynotam 110 yoshga chiqib olamdan o‘tdi. Qaynonam asli namanganlik bo‘lgani uchun u yerdan ham mehmonlar kelishdi. Ular orasidanmi yoki boshqasimi, bilmadim, qizimning puldan qiynalayotganini bilgan odam: “Qizim, mo‘miyo bor, shuni Namanganga olib borish kerak”, degan. Evaziga 10 million so‘m berishini aytgan. Qizim uyga kelib kiyimlarini almashtirayotgan ekan. “Nilufar, qayerga ketyapsan?” deb so‘radim. “Aya, qarzlardan oz bo‘lsa-da, qutulamiz, Namanganga narsa olib borib tashlashim kerak”, deb bir million so‘mni ko‘rsatdi. “Men ham sen bilan boray, singlingni ko‘rib, kuyovdan qarz so‘rayman”, dedim. Chunki o‘sha paytda turmush o‘rtog‘imning yuragini operatsiya qildirish uchun bir insondan qarz olgandik. U azadorligimizga ham qaramay, pulini so‘rab kelayotgan edi. Janjal qilaverganidan uyning hujjatlarini ham berishga tayyor edim, ammo pulni berasan, deb turib olgandi. Kenja qizim Namanganga kelin bo‘lgan, kuyovim puli bo‘lsa, qarz berar, degan umidda Nilufarga ergashdim. Ammo yarim yo‘lga yetganimizda ichki ishlar xodimlari kelib to‘xtatishdi va chaqaloq o‘g‘irlanganini aytib, tintuv qilishdi. Keyin xaltalarni ochib, ichidagi qora sellofanga o‘ralgan mo‘miyolarni olib ochishdi. “Bu nima, xola?” deb so‘radi xodimlardan biri. “Mo‘miyo, Namanganga olib borib bering, deb qizimdan iltimos qilishibdi”, dedim. “Bu mo‘miyo emas, gashish moddasi”, dedi. Men gashish nima ekanligini ham bilmasdim, narkotik deganidan keyin kapalagim uchib ketdi. Keyin bizni olib ketishdi, so‘roq qilishdi. Qizim “Onamning aybi yo‘q, xaltalarni men olganman” deyishiga qaramay, ikkimizni sud qilishdi, — deydi mahkuma.

    Balki bu ayol haqiqatan ham xaltalardagi mo‘miyo emas, gashish moddasi ekanligini bilmagandir. Ammo qizi haqida bunday deyolmaymiz. Onasi aytganidek, u ikki xalta mo‘miyoni olib borish evaziga 10 million so‘m haq olishi kerakligini avvaldan bilgan. Agar xaltalardagi haqiqatan ham mo‘miyo bo‘lganida, uni Samarqanddan Namangan viloyatiga olib borish uchun 10 million so‘m vaʼda qilishmagan bo‘lardi. Vaʼda qilgan taqdirda ham, “Nega buncha ko‘p pul berishyapti? Demak, bu noqonuniy ish” deb to‘g‘ri qaror qabul qilgan bo‘lardi.

    — Men 10 million so‘m berilishini bilmaganman, qizim faqat bir million so‘mni ko‘rsatdi. U odam xaltalarni Namanganga olib borsang, qolgan pulni beraman, deganini ham tergov jarayonida bildim.

    Foto: “Daryo”

    O‘lgan o‘g‘limning ikki bolasi Toshkentda yashardi. Baʼzan turmush o‘rtog‘im bilan ozgina yeguliklarni xaltaga joylab, taksichilardan Toshkentga jo‘natardim. Men sodda u yukni ham shunday deb o‘ylagan ekanman. Qizimning aytishicha, erkakdan “Telefon raqamingizni bering, Namangandagi bozor yoniga borib sizni izlab yurmay”, deganda telefondan foydalanmasligini va shoxobchada kutib turishini aytgan. Qizim shu gapidan ham shubhaga bormagan, — deydi mahkuma.

    Shu o‘rinda bir savol tug‘iladi? Ona-bola faqat yukni manzilga yetkazib berishi kerak bo‘lgan bo‘lsa, uning asl egasi kim? Tergov jarayonlarida bu savollarga ham javob izlandimi?

    — Qizim “Men u odamning ko‘rinishini bilaman, balki ko‘chadagi kameralarga tushgandir. Uni ham so‘roq qilish kerak”, dedi. Uni topishdimi-yo‘qmi, bilmayman. Faqatgina tergovchi bizga u sizlarni xodimlarga ushlab berib, o‘zi katta partiyadagi yukini o‘tkazgan bo‘lishi mumkin”, dedi. Xullas, biz yemagan somsamizga pul to‘ladik.

    Foto: “Daryo”

    Yoshimni va sog‘lig‘im yomonligini inobatga olib, jazomni yengillatishdi. Ammo qizim hali ham ayollar koloniyasida jazo muddatini o‘tayapti. Men o‘zimni o‘ylamayman, ammo turmush o‘rtog‘imga ancha qiyin bo‘ldi. Yuragi xasta bo‘lishiga qaramay, ruhiy xasta o‘g‘limiz va besh nafar nabiramizga qarab o‘tiribdi. O‘lgan o‘g‘limning ayoli ham ketib qolibdi, eshitib dilim og‘ridi. Sharoitni bilardi, qiyin vaziyatda tashlab ketdi. Turmush o‘rtog‘im o‘zi va o‘g‘limning nogironlik nafaqasiga ro‘zg‘orlik qiladi, orada bizni ham ko‘rgani keladi. Avvaliga “Isnodga qoldirding, to‘yga ham azaga ham qo‘shilolmayapman”, degandi. Keyinchalik bizni tushundi. Undan ham hamisha kechirim so‘rayman. Bunday bo‘lishini bilmagandim, — deydi mahkuma.

    Ayolning hikoyasini eshitib, ich-ichingizdan unga rahmingiz keladi. Balki uning so‘zlari rostdir, qing‘ir niyatli odamlar uning soddaligidan foydalanishgandir, deb o‘ylab qolasiz. Ammo agar og‘u belgilangan manzilga yetib borganida, nima bo‘lardi? U qanchadan qancha oilalarning tinchini buzib, odamlarning yostig‘ini quritardi-ku. Xulosa o‘zingizdan.

    Videoni to‘liq holda tomosha qilishingizni tavsiya qilamiz.

    19.03.2024, 18:45   Izoh (0)   12386
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Antikorrupsiya agentligi bir mlrd so‘mlik to‘rtta davlat xaridini bekor qildi 

    19.03.2024, 18:26

    O‘zbekistonda elektromobil va gibrid avtomobillar ishlab chiqarish yiliga 500 ming donagacha oshiriladi 

    19.03.2024, 18:20

    Maktablarda bahorgi taʼtil 21-martdan boshlanadi

    19.03.2024, 17:50

    “Bu o‘zbekistonliklarni ayovsiz talash degani” — faollar elektromobillar importiga cheklov qo‘yilishidan norozilik bildirmoqda

    19.03.2024, 17:17

    Prezident poyezdlar tarmog‘ini kengaytirib, aholini ko‘p tumanlarga olib borish bo‘yicha topshiriq berdi

    19.03.2024, 16:43

    Shavkat Mirziyoyevning Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasiga yozgan maktubi topshirildi

    19.03.2024, 16:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.