Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 7-turidan o‘rin olgan uchrashuv 28-aprel, dushanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Unda Toshkentning “Bunyodkor” klubi o‘z maydonida “OKMK”ni qabul qildi. Uchrashuv xavfli vaziyatlarga boy bo‘ldi.
O‘yin taqdirini esa birgina gol hal qildi. 25-daqiqada Temurxo‘ja Abduxoliqov hisobni ochdi va ushbu gol o‘yin yakuniga qadar yagonaligini saqlab qoldi.
Ushbu g‘alaba bilan Toshkent klubi 15 ochko bilan 3-o‘ringa ko‘tarildi. Olmaliqlar esa 16 ochko bilan 2-o‘rinni egallab turibdi.
Superliga
7-tur
26-aprel, shanba
“Bunyodkor” — “OKMK” 1:0
Gol: 1:0 – 25, Temurxo‘ja Abduxoliqov
Izoh (0)