“Qo‘rg‘on sirlari” seriali bosh qahramonlari Mert Ramazon Demir, Afra Sarachog‘lu, Beril Pozam va boshqa ijrochilar butun dunyo tomoshabinlari qalbini zabt etdi. Tabiiyki, ular suratga olish maydonidagi ishqiy sarguzashtlari haqidagi turli mish-mishlardan qochib qutula olmadi. Maqolada “Qo‘rg‘on sirlari” yulduzlaridan qaysi biri serial tufayli sevgisini topgani, kimning shaxsiy hayoti undan tashqarida ekani haqida so‘z yuritamiz.
Seyran va Ferit — Afra Sarachog‘lu va Mert Ramazon Demir
Uch mavsum davomida juftlik janjal, xiyonat va bir necha ajralishlarni boshdan kechiradi, biroq oxir-oqibat munosabatlarining qadrini tushunib yetadi. Ammo bosh qahramonlarning sevgisi ekrandan haqiqiy hayotga ko‘chdi. Mish-mishlarga ko‘ra, Mert Ramazan Demir Afra Sarachog‘luni do‘sti Mert Yazijio‘g‘ludan tortib olgan. Aktyorlar munosabatlarini rasman tasdiqlashmagan bo‘lsa-da, ularning ta’tildagi suratlari buning aksini ko‘rsatadi.
Afraning muxlislari allaqachon to‘y haqidagi xabarni kutishayotgandi. Biroq 2025-yil fevral oyida mashhurlar ijtimoiy tarmoqlarda bir-birini kuzatishni to‘xtatishdi, Ramo esa hozirda Turkiya armiyasida xizmat qilmoqda.
Sarachog‘lu esa allaqachon misrlik tadbirkor Muhammad Al-Alusiy bilan munosabatda ekani haqida gap-so‘zlar tarqaldi. Boshqa manbalar esa Mert Ramazon va Afraning to‘yi sentyabr oyiga rejalashtirilganini, o‘shanda yigit harbiy xizmatni tugatib, uyga qaytishini ta’kidlashmoqda.
Suna va Abidin — Beril Pozam va Ersin Arichi
Suna va Abidin ham ko‘p sinovlardan o‘tishlariga to‘g‘ri keladi, jumladan, qiz ikki marta vaqtinchalik nikohni ham boshdan kechiradi.
Ko‘plab turk mashhurlari singari Beril Pozam va Ersin Arichi ham shaxsiy hayotlari haqida so‘z ochishni xohlamasdi. Shuningdek, Beril jiddiy munosabatlarga tayyor emasligini ta’kidlagan edi. Biroq 2024-yil avgust oyida aktrisa “Qo‘rg‘on sirlari” filmidagi sodiq Abisiga turmushga chiqdi. Mish-mishlarga ko‘ra, er-xotin yaqin orada to‘ng‘ich farzandlarini kutishmoqda.
Gulgun va O‘rxon — Gedze Kansu va Emre Altug‘
Bu qahramonlarni baxtli juftlik deb bo‘lmaydi. Gulgun va O‘rxon sevgi tufayli emas, balki manfaat yuzasidan turmush qurgan. Gulgun ishlamaydi, o‘g‘illari bilan do‘stona munosabat o‘rnatishga harakat qiladi. O‘rxon Korxon esa Gulgunga xiyonat qiladi, Gulgun bunga ko‘z yumadi.
“Qo‘rg‘on sirlari” serialining birinchi mavsumida Gedze Kansu va Emre Altug‘ qahramonlari o‘rtasida paydo bo‘lgan munosabat aktyorlar o‘rtasida muhabbat borligi haqida mish-mishlarga sabab bo‘ldi. Ammo ular faqatgina ko‘p yillardan beri bir-birini yaxshi biladigan do‘stlar ekanligini ta’kidlashdi.
44 yoshli Gedze Kansu turmush qurmagan, farzandlari yo‘q, biroq aktrisa bu haqda tashvishlanmaydi, chunki uning avlodidagi ayollar kechroq oila qurishgan.
Emre Altug‘ning shaxsiy hayotiga kelsak, u Chag‘la Shikel bilan turmush qurgan edi. “Turkiya go‘zali” unvoniga sazovor bo‘lgan Chag‘la Emrega ikki o‘g‘il tuhfa etgan. Emre rafiqasi bilan ajrashganidan so‘ng ham farzandlari bilan aloqasini saqlab qolgan. Turkiyada musiqachi sifatida tanilgan Altug‘ shaxsiy hayoti haqidagi tafsilotlarni oshkor qilmaydi.
Ifakat — Gulchin Santirjiog‘lu
Xolis og‘aning to‘ng‘ich o‘g‘lining bevasi Korxonlar xonadonidagi asosiy fitnachi ayol hisoblanadi. Ifakat marhum erining ukasi bilan yashirin munosabat o‘rnatadi. Bu haqda O‘rxonning xotini Gulgun shubhalanadi, keyinchalik esa Seyran va Ferit ham bilib qoladi.
Aktrisa Gulchin Santirjio‘g‘li uzoq vaqt davomida shaxsiy hayotini qiziquvchan nigohlardan ehtiyotkorlik bilan yashirib keldi. 2023-yilda aktrisaning muhandis va yozuvchi Ibrohim Utku Bashyaziji bilan turmush qurgani ma’lum bo‘ldi. Juftlik hozircha farzand ko‘rishni rejalashtirmayapti.
Xolis Og‘a — Chetin Tekindor
Xolis Korxon rolini ijro etgan Chetin Tekindorning o‘zi ham murakkab tabiatli odamdek ko‘rinadi. Ma’lum bo‘lishicha, u sevgilisi Zarringa ikki marta uylangan ekan. Birinchi nikoh to‘qqiz oyga ham yetmay tugagan, ikkinchi marta esa er-xotin o‘g‘illari Xira tug‘ilgandan so‘ng ajrashgan. Haqiqiy Xolis og‘a ommaviy axborot vositalari bilan ortiqcha muloqotdan o‘zini olib qochadi.
Izoh (0)