Ijtimoiy tarmoqlarda “Chirchiqda bozorqo‘m odamlar noroziligi va nafratini uyg‘otmoqda” izohi bilan videoxabar tarqaldi. Mazkur holat Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi nazoratida Chirchiq shahri IIB tomonidan o‘rganildi.
Aniqlanishicha, jarayonda ishtirok etgan 56 yoshli fuqaro T.T. (1-kichik nohiya dehqon bozori ma’muriyati boshlig‘i) shu bozorda non sotuvchi ayol va uning 22 yoshli o‘g‘li bilan ular non rastasidan tashqarida savdo qilayotgani uchun tortishgan va bu voqea janjalga aylangan.
Videolavhada bozor rahbarining fuqarolarni haqoratlab so‘kkani, ayol ham unga javoban haqoratli so‘zlar ishlatganini ko‘rish mumkin.
Mazkur holat yuzasidan ishtirokchilarning harakatlarida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik)da ko‘rsatilgan huquqbuzarlik alomatlari borligi sababli to‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun sudga yuborilgan.
Yakuniy natija bo‘yicha jamoatchilik uchun batafsil ma’lumot beriladi.
Mavzuga doir:
- Toshkentdagi Ko‘kaldosh madrasasi oldida noqonuniy savdo qilayotgan ayol va IIB xodimlar o‘rtasida janjal yuzaga keldi
- Toshkent viloyatidagi bozorda pattachi va sotuvchi ayol janjallashdi (video)
- Jizzaxda bir guruh ayollarning o‘zaro janjali aks etgan video tarqaldi. IIB video yuzasidan ma’lumot berdi
Izoh (0)