Eronning Bandar Abbos shahri yaqinidagi Shahid-Rajai portida 26-aprel kuni kuchli portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda mamlakatning Tasnim agentligi xabar berdi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida vafot etganlar soni 14 kishiga yetdi, 750 nafardan ortiq kishi jarohatlandi. Mamlakat tashqi ishlar vazirining aytishicha, qurbonlar soni yana ortishi mumkin.
Portlash shunchalik kuchli bo‘lganki, portdan bir necha kilometr uzoqlikdagi uylarda oynalar sinib ketgan.


Eron rasmiylari portlash sabablarini ochiqlashga shoshilmayapti. Dengiz orqali yuk tashuvlari xavfini baholash bilan shug‘ullanuvchi Ambrey xususiy kompaniyasi taxminlariga ko‘ra, raketa yonilg‘isi komponentlari bo‘lgan konteynerlar portlagan.
Izoh (0)