Isroil mudofaa vaziri Yoav Gallant Tel-Avivga kamikadze dronlar hujumi oqibatida tinch aholi halok bo‘lgani munosabati bilan “hisob-kitob qilish”ga va’da berdi.
Hujum uchun javobgarlikni Yamanning Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlangan husiylari o‘z zimmalariga olgan.
Gallant harbiy rahbarlar yig‘ilishida havo hujumidan mudofaa tizimlarini kuchaytirishga buyruq bergan.
Xavfsizlik tizimi Isroil davlatiga zarar yetkazmoqchi bo‘lgan yoki terrorizmni unga qarshi yo‘naltirgan har bir kishi bilan qat’iy va kutilmaganda hisob-kitob qiladi, deya u X ijtimoiy tarmog‘ida post qoldirgan.
Tel-Avivdagi AQSH elchixonasi yaqinida 19-iyulga o‘tar kechasi kamikadze droni portlagani haqida xabar berilgan edi.
Hodisa Shalom Alexem va Ben-Ieguda ko‘chalarida sodir bo‘lgan. Portlash Isroil markazidagi ko‘plab hududlarga eshitilgan. Bir kishi halok bo‘lgan, 7 kishi yaralangan. Isroil armiyasiga ko‘ra, portlash havo nishonining qulashi bilan bog‘liq, ammo hujum haqida ogohlantiruvchi signal bo‘lmagan. Yahudiy davlati holat yuzasidan havo hududini patrullik qilishni kuchaytirgan.
Izoh (0)