Pokiston 1-apreldan beri Afg‘oniston “majburiy deportatsiya” deb atagan tashabbus doirasida 80 mingdan ortiq afg‘on fuqarolarini vataniga qaytarganini tasdiqladi. Bu haqda jahon ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda.

Bu mamlakatdagi eng yirik muhojirlar guruhi uchun 30-aprelgacha uzaytirilgan muddat tugashidan oldin amalga oshirilgan.
Pokiston Ichki ishlar vazirligi maslahatchisi Talal Chaudhrining aytishicha, 2023-yil oxirida uch milliondan ortiq afg‘on uchun ishga tushirilgan noqonuniy chet elliklarni qaytarish rejasi endi uzaytirilmaydi.
“Biz barcha viloyatlarga aniq ko‘rsatmalar yubordik: agar kimdir noqonuniy muhojirga do‘kon, uy yoki boshqa har qanday joyni taqdim etsa, u qonun bo‘yicha javobgarlikka tortiladi”, deya ta’kidladi u.
Dastlab, amaldagi hujjatlari yoki Afg‘oniston fuqarolik kartasi egalari bo‘lmagan afg‘onlarga 31-martgacha mamlakatni tark etish buyurilgan edi. Keyinchalik bu muddat bir oyga uzaytirildi. Seshanba kuni Xalqaro migratsiya tashkiloti aprel oyi boshidan beri Pokiston 60 mingga yaqin afg‘onni chiqarib yuborganini ma’lum qildi.
Germaniyaga Pokistonning Islomobod shahrida bo‘lgan muhojirlar aholining zaif qatlamiga kiruvchi Afg‘onistonning 138 nafar fuqarosi olib kelingani xabar qilingandi.
Dekabr oyida Eron afg‘on fuqarolarini qonuniy hujjatlarga ega bo‘lishlariga qaramay, so‘nggi kunlar va haftalarda politsiya tomonidan hibsga olinib, deportatsiya qilayotgani aytilgandi.
Izoh (0)