• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12858.15
    • RUB159.71
    • EUR14505.28
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Valyuta qora bozori faqat O‘zbekistonda emas, Eronda ham bor ekan. Xitoy Tojikistonga o‘rnashmoqda. Jahon matbuoti sharhi

    “Daryo” o‘tayotgan haftada dunyo matbuotida keng yoritilgan, ko‘pchilikning qiziqishiga sabab bo‘lgan maqolalar sharhiga to‘xtalib o‘tadi.

    AQSh demokratik partiyasidan nomzodlar Rossiya haqida qanday fikrda?

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    AQShning Foreign Policy nashri o‘tayotgan haftada demokratik partiyadan prezidentlikka nomzodlarning Rossiya haqida bildirgan fikrlari jamlanmasini e’lon qildi. Nomzodlarning iqtiboslarini Jo Bayden o‘z internet sahifasida to‘plab ommaga namoyish qildi. Iqtiboslarning aksariyati Rossiya haqida salbiy fikr va mulohazalar jamlanmasi desa ham bo‘ladi.

    “Ajnabiy kuchlarning saylovga aralashuvi faqatgina demokratik institutlarimizga qarshi jiddiy xavfgina bo‘lib qolmay, milliy xavfsizligimizga ham tashlangan soyadir. Rossiya va boshqa avtoritar rejimlar demokratik saylovlarimiz natijalarini o‘zgartirishga faol urinmoqda, biz bunday bo‘lishiga yo‘l qo‘ya olmaymiz”. Elizabet Uorren, senator, 2019-yil 22-fevral.

    “O‘zining inqirozli holatini yashirish uchun Rossiya xalqaro hamjamiyatni yashirin agressiyasi va prinsipsiz xatti-harakati bilan qo‘zg‘atishga urinmoqda. Masalan, shu hafta Rossiya Qrim qirg‘oqlarida Ukraina flotining uchta kemasini ushlab olib, o‘z niyatini oshkor qildi. Vladimir Putin erkin matbuotni bo‘g‘moqda va Rossiyaning qudrati bilan maqtanmoqda, lekin uning amaldagi hokimiyati uning do‘stlari va hamkorlari boshqaradigan korporasiyaga tayanadi”. Kamala Xarris, senator, AQSh universitetidagi nutqdan, 2018-yil 27-yanvar.

    “Nazarimda, barchamiz yaxshi tushunamiz. Rossiya 2016-yilgi saylov vaqtida mamlakatimizga qarshi chiqdi va hozirda ham bizga qarshi tajovuzkor siyosatni davom ettirmoqda. Rossiya nafaqat muqaddas bo‘lgan demokratik g‘oyalardan biri – erkin va adolatli saylov huquqini, balki, fikrimcha, amerikacha o‘ziga xoslikni ham poymol qildi”. Pit Butijich, Saut Bend shahri meri, Indiana shtati, 2018-yil 1-avgust.

    “Men haqiqatan ham Rossiyani demokratiyamizga qarshi xakerlik hujumi uyushtirgani uchun ham biz uchun asosiy geosiyosiy xavf deb hisoblayman. Ular shu tufayli ikki yil ichida kulgidan rosa yorilay deyishdi, boshqa xavflardan oldin ayni shu masalaga diqqat qaratishimiz kerak”. Kori Buker, senator, 2019-yil 27-iyun.

    “AQShga hujum uyushtirilgani hayratlanarli. AQSh prezidenti agressiyaga javob qaytarmay mansab jinoyatiga teng keladigan ish qildi. Putin kuchni hurmat qiladi, biz esa, muttasil davom etayotgan hujumlarga qaramay, tubga yotib oldik”. Emi Klobushar, senator, 2018-yil 31-yanvar.

    “Bahslashishga tayyorman. U 2020-yilda ham saylov jarayoniga aralashishni niyat qilgan. Myuller o‘z ma’ruzasida e’lon qilishga uringan haqiqatga erishish uchun qo‘limizdan kelgan hamma narsani qilganimiz bilan Kongressni ta’minlashimiz hamda 2020-yildagi saylovni xavfdan xoli qilish uchun barcha choralarni ko‘rishimiz, amaldagi ma’muriyatni javobgarlikka tortilishini ta’minlashimiz kerak”. Bil de Blazio, Nyu-York meri, 2019-yil 3-may.

    “Qo‘shma Shtatlar o‘z tashqi siyosatini Rossiya, Saudiya Arabistoni va Eron kabi “neft o‘qi” davlatlaridan ajratib olishi kerak”. Maykl Bennet, senator.

    Xitoy armiyasi Tojikistonda

    Foto: AP

    Foto: AP

    Iyul oyi oxirlarida Tojikistonning Tog‘li Badaxshon muxtor viloyatida 2015-yildan beri uchunchi marta xitoy va tojik harbiylarining o‘quv mashqlari bo‘lib o‘tadi, deb yozadi Ozarbayjonning Haqqin nashri.

    Xitoy va tojik rasmiy manbalarining xabariga ko‘ra, unda Xitoy ozodlik armiyasining rotasi va tojik desantlari qatnashadi. Mashqlar jarayonida aviatsiya, zirhli texnika va artilleriya harakatga keltiriladi.

    Bundan ikki yil oldinroq Moskva bilan Pekin o‘rtasida kelishilmagan bitim bor edi. Rossiya hududning harbiy siyosiy barqarorligini ta’minlar, Xitoy Markaziy Osiyoni, eng avvalo uning zaif bo‘g‘inlari bo‘lgan Qirg‘iziston va Tojikistonni iqtisodiy jihatdan o‘zlashtirar edi. Endilikda vaziyat o‘zgarmoqda. Xitoy Tojikistonning xavfsizlik masalalariga tobora ko‘proq aralashib qolmoqda. Tabiiyki, buning uchun Moskva bilan kelishib, uning roziligini olgan holda ish olib borishga to‘g‘ri keladi. Bu Xitoy bosqini yoki kuch namoyish qilish uchun emas. Rasmiy Pekinni Markaziy Osiyoning xavfsizligini Rossiya ta’minlashi, Xitoy esa o‘z vazifalari bilan shug‘ullanishi to‘liq qoniqtirardi.

    Lekin zamon o‘zgaryapti va XXR rahbariyati jarayonda qatnashish vaqti keldi, deb hisoblamoqda. Chunki Tojikiston rasmiy Pekindan qarzdor davlatgina emas, uning Xitoy makroiqtisodiyotiga qaramligi shu darajadaki, Xitoy bu yerda to‘liq joylashib olgan deb aytish mumkin. Bundan tashqari, Tojikiston Xitoy milliy xavfsizligiga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir qiladigan “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusini amalga oshirishda qo‘l keladigan davlat hamdir.

    Afg‘oniston hududida Sharqiy Turkiston islom harakatining faollashuvi va uning Tojikistondagi uyg‘urlar bilan aloqasi borligi Pekin jiddiy qabul qiladigan xavfdir. “Tolibon” endi faqat Afg‘oniston bilan chegaralanib, o‘z ta’sirini Markaziy Osiyo respublikalariga yoymoqchi emasligi aniq bo‘lib qoldi. Lekin u O‘zbekiston islom harakati va shu kabilarni o‘z hududida chiqishtirmaydi. Bu guruhlar “Tolibon” siquvi ostida o‘z bozorlarini qayerga ko‘chirishi borasidagi javob aniq. Ayni damda Xitoy Tojikiston va Turkmaniston chegaralari mustahkamligini faqat sinab ko‘ryapti, qoradori o‘tkazib turibdi. Lekin mazkur holat ham vaqtincha.

    Pekinda buni yaxshi tushunishadi. Dushanbe esa bu takliflarni xayrixohlik bilan qabul qilmoqda. 2016-yilda tojik – xitoy bitimi imzolangan bo‘lib, unga ko‘ra, Pekin tojik chegarachilari uchun 11 ta avanpost, o‘quv markazi qurib berishni o‘z zimmasiga oldi. Bu bitimning yashirin ilovasi ham bo‘lib, unga ko‘ra, Xitoy Tojikiston – Afg‘oniston chegarasida 30–40 ta qo‘riqlash posti ham qurishga ruxsat oldi. Natijada Xitoy chegarachilarining ma’lum qismi bu yerga joylashtirildi. Shu yilning yanvar oyidan chegara hududni nazorat qilish vakolati xitoylik politsiyachilarga topshirildi. Tog‘li Badaxshon muxtor viloyati hududida Xitoyning uch komendaturasi, beshta chegara zastavasi va bitta o‘quv markazi joylandi. Barcha xarajatlarni Xitoy qoplab berdi. Bu yerda Xitoy armiyasi muhandislari joylashdi.

    Xitoy – tojik harbiy dala o‘quv mashqlari to‘g‘risidagi xabarlar Markaziy Osiyoda Pekin – Moskva munosabatlari keskinlashmoqda degan xabarlar paydo bo‘lishiga ham olib keldi. Yana bir jihati, Tojikistonda Rossiyaning 201 bazasida 7 ming rus xizmatchisi xizmat qiladi. Lekin 201-baza maxsus qo‘shin yoki chegarachilar emas. Xitoy – tojik munosabatlariga kelsak, ular bu yerda Moskva roziligini olgan holda harakat qilmoqda.

    Eron riyoli qadrsizlanmoqda

    Foto: TejaratNews

    Foto: TejaratNews

    Eron hukumati denominatsiya va riyolni o‘zgartirish to‘g‘risidagi rejani tasdiqladi. Bu haqda mamlakat markaziy banki raisi Abdulnosir Himmatiy ma’lum qildi, deb yozadi Deutsche Welle. Bungacha yanvar oyida rais o‘rinbosari riyoldan to‘rtta nol raqamini olib tashlash fikrini bildirgan edi.

    Eron hukumati vakili Ali Rabiyi “bugun hukumat riyoldan to‘rtta nolni olib tashlash va uni tuman deb nomlash qarorini qabul qildi” deb bildirdi.

    Iqtisodiyotda bu tadbir jiddiy iqtisodiy qiyinchiliklarni bartaraf etish uchun pul hisobini yengillatishda qo‘llaniladigan amaliyotdir.

    Eron riyoli o‘tgan yildan o‘z qiymatini yo‘qota boshladi. Agar uch yil avval 1 AQSh dollari 37 ming riyol turgan bo‘lsa, o‘tgan yilda 180 ming riyolga chiqib ketdi. Bu salbiy holat Donald Trampning yadroviy kelishuvdan chiqishi va iqtisodiy sanksiyalar e’lon qilinishi ortidan yanada kuchaydi.

    Erondagi valyuta almashinuv punktlarida ulkan navbatlar hosil bo‘ldi. Shundan so‘ng hukumat liеsenziyasi yo‘q avtomat egalarini qamashni boshladi va valyutafurush chayqovchilar hisoblarini muzlatib qo‘ydi.

    Eron valyutasining bozor bahosi ayni paytda 1 dollarga 120 ming riyolga baholanmoqda. Hukumat esa 1 dollarga 42 ming riyol deb kurs belgiladi. Bu esa bank kartalari yo‘q kishilar katta hajmda pul ko‘tarib yurishiga olib keldi, tangalardan voz kechildi.

    Nihoyat, keskin choralar ish bermagach, parlament pul islohoti o‘tkazadigan payt kelganini tan oldi. Hali bu taklifni parlament ham tasdiqlashi kerak.

    Rabiyi mazkur islohot riyol qadrini mustahkamlashi va tangalar qayta muomalaga kiritilishidan darak ekanligini ta’kidladi.

    Tuman 1932-yilgi pul islohotiga qadar Eron milliy valyutasi edi. O‘sha kezlarda 1 tuman 10 kronaga, 1 krona esa 1000 dinorga teng edi.

    Xalqaro valyuta jamg‘armasi taxminiga ko‘ra, bu yil Eron iqtisodiyoti Sharqdagi keskinlikning oshishi va sanksiyalar ta’siri tufayli 6 foizga qisqaradi.

    Eron hukumati valyuta bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etib, riyol qadrini tiklay olishi ayni paytda mushkul masala bo‘lib qolmoqda.

    Jahongir Ergashev tayyorladi.

    03.08.2019, 11:48   Izoh (0)   86446
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston Prezidenti “Jasliq” qamoqxonasini yopishga qaror qildi

    03.08.2019, 11:39

    Shavkat Mirziyoyev: Farg‘ona, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlari hokimlarining harakatlari siyosatimga dushmanlik, xiyonat

    03.08.2019, 11:35

    Samarqandda yana bir “Go‘ri Amir” borligini bilasizmi?

    03.08.2019, 10:17

    Shavkat Mirziyoyev: Senlarga topshiriq berishga ham odam qo‘rqadi. Buzishdan oldin kallangni buz!

    03.08.2019, 09:30

    Bosh prokuratura binosi oldida norasmiy norozilik namoyishi o‘tkazildi

    03.08.2019, 08:30

    AQSh xarid qiladigan qurol-aslaha va harbiy texnika qiymati 2 trln dollardan oshdi

    02.08.2019, 22:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ucell: Ustyurt platosining asosiy yo‘l bo‘linmalarida mobil aloqa


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    Jahon banki O‘zbekistonda elektr taʼminotini yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratdi


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    TezQR InfinBANK orqali Amirsoydagi shalelarga eshiklarni ochadi


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    APEX BANK Markaziy savdo ofisi va Bosh ofisini ochishga tayyorgarlik ko‘rmoqda: yangi ko‘lam, yangi imkoniyatlar


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    “O‘zbekinvest” Italiya va Ispaniya sug‘urta kompaniyalari bilan hamkorlik bitimlarini imzoladi


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Budapeshtga yetib bordi (foto)

    O‘zbekiston | 20 may, 00:04

    Toshkentda 1,6 mlrd so‘mlik “svet”ni talon-taroj qilgan boshqaruv servis kompaniyasi aniqlandi

    O‘zbekiston | 19 may, 23:45

    “Rossiya va Ukraina darhol o‘t ochishni to‘xtatish masalasini muhokama qilishni boshlaydi” — Tramp

    Dunyo | 19 may, 23:25

    Toksikomaniya nimasi bilan xavfli: nega aynan bolalar va o‘smirlar uning tuzog‘iga ilinmoqda? (video)

    O‘zbekiston | 19 may, 23:20

    O‘zbekistonda eski liftlarni yangilash uchun 850 mlrd so‘mdan ziyod mablag‘ ajratiladi

    O‘zbekiston | 19 may, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 19-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 19 may, 22:55

    Putin va Tramp telefon orqali suhbatlashdi. Muloqot ikki soatdan ortiq davom etdi

    Dunyo | 19 may, 22:46

    Rossiyada oilaviy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayol va uning uch nafar farzandi O‘zbekistonga qaytarildi

    O‘zbekiston | 19 may, 22:40

    Kambag‘allarga ko‘mak beradi, ammo orzusiga yeta olmaydi: 70 yoshli aktyor Chou Yunfat hozirda qanday ko‘rinishda?

    Kino | 19 may, 22:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.