• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12500.01
    • RUB151.96
    • EUR14471.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Jahon hafta ichida. Ozarbayjonning Qorabog‘dagi g‘alabasi, koronavirusdan rekord, Turkmanistonda itga qo‘yilgan haykal

    Qorabog‘dagi tugagan urush, uning ortidan Armanistonda yuzaga kelgan norozilik namoyishlari, koronavirusning ortishi va Turkmanistondagi itga qo‘yilgan oltin haykal voqealari bilan yodimizda qolgan hafta haqidagi dayjestimizni boshlaymiz.

    Ozarbayjon g‘alabasi va Armanistondagi norozilik namoyishlari

    Hafta boshida Ozarbayjon harbiylari Qorabog‘dagi muhim shaharlardan biri Shushani qo‘lga kiritgani rasman tasdiqlandi. Shusha shahrining qo‘lga olingani haqida 8-noyabr kuni Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev ma’lum qildi. Ozarbayjon Mudofaa vazirligi esa 9-noyabr kuni Shushadan olingan videoni e’lon qildi.

    Chegarachilar va jurnalistlar Ilhom Aliyevning murojaatini tomosha qilayotgan payt.

    Chegarachilar va jurnalistlar Ilhom Aliyevning murojaatini tomosha qilayotgan payt.
    Foto: “TASS”

    Buning ortidan, shu kuni tunda ikki davlat o‘rtasida Rossiya vositachiligida tinchlik bitimi imzolandi. Unga ko‘ra 10-noyabrga o‘tar kechasi ikki tomon ham harbiy harakatlarni to‘xtatishga rozi bo‘ldi. Shu tariqa Qorabog‘dagi harbiy mojaroga barham berildi.

    Bitim videoaloqa orqali Rossiya va Ozarbayjon prezidentlari Vladimir Putin va Ilhom Aliyev tomonidan imzolandi; Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan qatnashmadi. Ammo kelishuv haqida birinchi bo‘lib aynan Pashinyan xabar berdi: u Facebook’da “harbiy vaziyatni chuqur tahlil qilish natijasida… va yuzaga kelgan holatda bu eng yaxshi qaror ekaniga ishongan holda” kelishuvga rozi bo‘lganini yozdi.

    Shartnomaning asosiy bandlari:
    • Chegaralar tutashgan hududga Rossiya tinchlikparvarlari kiritiladi (bular — o‘qotar qurol bilan qurollangan 1 960 nafar harbiy xizmatchi, 90 ta bronetransportyor, 380 ta avtomobil va maxsus texnika);
    • Armaniston Qorabog‘i jismonan mavjud bo‘lishdan to‘xtamaydi, ammo uning bo‘lg‘usi maqomi shartnomada umuman tilga olinmadi;
    • Armaniston sobiq ittifoq davrida Tog‘li Qorabog‘ viloyati tarkibiga kirmagan va o‘zi 1990-yillar boshida egallab olgan hududlarni Ozarbayjon nazorati ostiga qaytarishi kerak. Hozircha, Armaniston kuchlari egallab turgan bu hududlar Ozarbayjonga 15-noyabrdan 1-dekabrgacha bo‘lgan muddatda topshirilishi kerak;
    • Tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi hududi 2020-yildagi urush chog‘ida Ozarbayjon qo‘shinlari tomonidan egallangan hududlar hisobiga qisqaradi. Boshqa bir qator tumanlardan tashqari, armanlar Qorabog‘dagi (strategik va ramziy ma’nolardagi) asosiy shaharlardan biri Shushudan ajraladi, u ozarbayjonliklar tomonidan 7—9-noyabr kunlari egallangan edi;
    • Armaniston Qorabog‘ining Shushudan 10 km masofada joylashgan poytaxti — Stepanakert armanlar nazorati ostida qoladi. U Armaniston bilan yo‘lak orqali (Lachin yo‘lagi) bog‘lanadi, uni ham Rossiya tinchlikparvarlari qo‘riqlaydi;
    • Buning evaziga Ozarbayjon Naxichevan viloyatida Rossiya tomonidan qo‘riqlanadigan xuddi shunday yo‘lakni qo‘lga kiritadi, u Ozarbayjonning asosiy hududidan Armaniston hududi tomonidan ajratib qo‘yilgan o‘z eksklaviga olib boradi;
    • Tomonlar butun hududga qochoqlar qaytib kela olishi haqida kelishib oldi. Ozarbayjon hududlari Bokuga qaytarib berilayotganini hisobga olganda, gap ozarbayjonliklarni Qorabog‘ning Armaniston qismiga qaytarish haqida bormoqda; Qorabog‘da 1990-yillardagi urushgacha ozarbayjonliklar ozchilik yashardi. Qaytarish jarayoni BMT ishtirokida bo‘lib o‘tishi kerak;
    • “Tinchlikparvar kuchlar markazi” tuziladi, uning faoliyatida, Aliyevning aytishicha, Ozarbayjonning asosiy ittifoqdoshi — Turkiya ishtirok etadi. Kelishuvni tayyorlashda Anqara ishtirok etganidan darak beruvchi narsa shuki, Qorabog‘dagi urushning yakuni yaqinlashib qolgani haqidagi ilk mish-mishlar aynan Turkiyada paydo bo‘la boshladi;
    • Armaniston anklavi Qorabog‘da qanday huquqlar asosida mavjud bo‘lishi shartnoma matnidan ma’lum emas. Aliyevning aytishicha, u “ularga (armanlarga) muxtoriyatni taklif qilgan, ammo ular mustaqillikni xohlagan”. “Endi nima deysan, Pashinyan?” deb so‘radi u o‘zining xalqqa murojaatida. “Qorabog‘ bizniki!”, deya nutqini yakunladi u;
    • Kelishuv besh yil muddatga tuzildi (uzaytirish imkoniyati bilan, agar tomonlardan hech qaysisi shartnomadan chiqishini e’lon qilmasa).

    Foto: BBC News

    Keyinroq, Ilhom Aliyev Ozarbayjon Tog‘li Qorabog‘da armanlarga shahar boshqaruvi yoki madaniy avtonomiya berishga tayyorligini ma’lum qildi.

    Pashinyan “favqulodda og‘riqli qaror” haqida e’lon qilgach, Yerevanda namoyishlar boshlandi. Shahar ko‘chalariga yuzlab namoyishchilar chiqib, Armaniston hukumati binosi yonida to‘plandi va qo‘riqchilar zanjirini yorib o‘tib, ichkariga bostirib kirdi, derazalarni sindirdi va ichki xonalarni ag‘dar-to‘ntar qildi. Namoyish ishtirokchilari bosh vazirga qarata haqoratlar aytib, shundan so‘ng uning uyiga qarab yo‘l oldi. Norozilik aksiyalari chog‘ida Armaniston parlamenti spikeri do‘pposlandi.

    Telegram-kanallar Yerevan aholisini shahar ko‘chalariga chiqishga chaqirmoqda. Avvalroq, Armanistonning 17 ta muxolifatchi partiyasi Pashinyan o‘z xohishiga ko‘ra iste’foga chiqishini va jangovar harakatlar tugagunga qadar, hokimiyat muvaqqat boshqaruv organiga berilishini talab qilgan edi.

    Shunday vaziyat davom etayotgan bir paytda, Armanistondagi manbalar va Ozarbayjon prezidenti Aliyev Pashinyan so‘nggi lahzada uch tomonlama bayonotni imzolashdan bosh tortganini ma’lum qildi. Armanistonda ko‘pchilik fuqarolar “taslim bo‘lish” qaroridan norozi ekani tufayli kelib chiqqan siyosiy inqiroz boshlanganini hisobga olganda, bu imzo yaqin kelajakda qo‘yilish-qo‘yilmasligi noma’lum. Keyinroq, Pashinyan o‘z Facebook’ida jonli efirga chiqib, uning tinchlik shartnomasini imzolashdan boshqa chorasi bo‘lmaganini aytdi. Tafsilotlar haqida yaqin kunlarda ma’lumot berishni va’da qildi. Shuningdek, u Yerevandagi tartibsizliklar ishtirokchilari javobgarlikka tortilishini aytdi.

    Yerevanda Armaniston parlamenti binosi yonida norozilik namoyishlarini uyushtirayotganlar Milliy majlis spikeri Ararat Mirzoyanni do‘pposladi. Shu tunda Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanning mamlakatni tark etgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Keyinchalik, uning o‘zi bu haqida chiqish qilib, hech qayerga ketmaganini ma’lum qildi. Mazkur bitim Armanistonda norozilik bilan qabul qilingan bo‘lsa, Ozarbayjonda katta xursandchilik bilan qabul qilindi. Namoyishlar vaqtida odamlar Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanning iste’fosini talab qildi.

    Foto: “Obozrevatel”

    Yerevandagi norozilik namoyishlari ortidan muxolifatning 15 ga yaqin a’zosi hibsga olindi, ular norozilik namoyishlarini tashkil qilganlikda ayblanmoqda. Tog‘li Qorabog‘da yashagan armanlar esa hududlar Ozarbayjon qo‘liga o‘tgach hududni tark etishga qaror qildi hamda ketish oldidan o‘z uylarini yoqib yubordi.

    Koronainfo

    Koronavirus bilan bog‘liq vaziyat butun dunyoda yana xavotirli tusga kirib bormoqda. So‘nggi bir sutkani oladigan bo‘lsak, 657 mingdan ortiq kishi kasallik yuqtirib olganiga guvoh bo‘lishimiz mumkin. Bu so‘nggi hafta ichidagi navbatdagi rekord ko‘rsatkichdir. 14-noyabr kuni JSST bir sutka ichida butun dunyo bo‘ylab yana 628 136 kishida koronavirus tasdiqlangani, bu pandemiya boshlanganidan buyon sutka davomida qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkich ekanini ma’lum qilgandi.

    Amerikalik olimlar mutatsiya SARS-CoV-2 koronavirusining dunyo bo‘ylab tarqalishini yanada tezlashtirgani, biroq buning natijasida patogenning xavfliligi ortmaganini ma’lum qildi. Eron, Avstriya, Chernogoriya, Turkiya kabi davlatlar bir qator yangi cheklovlar va tartiblar joriy qildi. Italiya va Meksikada esa kasallanganlar soni bir millionlik chegaradan o‘tib ketdi. Meksika bir million kishilik marradan o‘tgan 11-mamlakat bo‘ldi. Kolumbiya, Argentina, Buyuk Britaniya, Ispaniya, Rossiya, Fransiya, Braziliya, Hindiston va AQShda ham bir milliondan ortiq koronavirus-kasallar aniqlandi.

    Butun dunyoda kasallanganlarning umumiy soni ayni daqiqalarda 54,5 milliondan ortiqni tashkil qilmoqda. Ulardan 38 milliondan ortig‘i tuzalib ketgan bo‘lsa, 1,3 milliondan oshig‘i vafot etdi. Hozirda 15,2 milliondan ortiq bemor turli davlatlarda davolanishda qolmoqda.

    Foto: AP Photo

    Turkmanistonda itlarga oltin haykal

    O‘tgan hafta ko‘pchilikning muhokamasiga va istehzoli kulgusiga sabab bo‘lgan voqea Turkmanistonda sodir bo‘ldi. Mamlakat poytaxti Ashxobot shahrida alabay zotli itga atab sof oltindan haykal o‘rnatildi.

    Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov haykalning ochilish marosimida ishtirok etdi. Balandligi olti metrni tashkil etadigan itning haykali 9 metrli postamentga o‘rnatildi. Ta’kidlanishicha, diametri 36 metrga keladigan maydonga joylashtirilgan 15 metrli monument barcha tarafdan ko‘zga yaxshi tashlanadi.

    “Turkmenistan Segodnya” agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu haykalni o‘rnatish tashabbusini prezidentning o‘zi ilgari surdi. Shu orqali “ushbu ajoyib hayvonlarning mislsiz jasorati va katta mehribon yuragiga hurmat ko‘rsatish, millatning tarixiy taqdiridagi roli hamda xalq hayotida egallagan o‘rnini qayd etish”ga urindi.

    Ma’lumot uchun, 2017-yilda Turkmaniston prezidenti Rossiya prezidenti Vladimir Putinga alabay kuchugini sovg‘a qilgandi. Berdimuhammedovning so‘zlariga ko‘ra, kuchukka “Sodiq” laqabi berilgan edi. 2019-yilning mayida esa Berdimuhammedov Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedevga ham alabay sovg‘a qildi. 2015-yilda Ashxobodda Turkmaniston prezidentining oltin bilan qoplangan haykali ochilgandi. Shu yilning iyunida esa Gurbanguli Berdimuhammedov Ashxobodda velosipedga qo‘yilgan monumentning ochilish marosimida ishtirok etgan edi.

    Jahongir Ostonov tayyorladi.

    16.11.2020, 13:10   Izoh (0)   37542
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Tramp tarafdorlarining Vashingtondagi namoyishi uning dushmanlari bilan to‘qnashuvga aylanib ketdi. Yaralanganlar va hibsga olinganlar bor (foto)

    16.11.2020, 11:26

    Armaniston bosh vaziri Pashinyanni o‘ldirishga tayyorlanishda gumonlanib qo‘lga olingan MXX sobiq rahbari sud zalidan ozod qilindi

    16.11.2020, 10:15

    Qualcomm Trampning taqiqiga qaramay Huawei kompaniyasiga 4G-protsessorlarni sotadi

    16.11.2020, 09:48

    Ukraina sog‘liqni saqlash vaziri COVID-19’ga chalindi

    16.11.2020, 06:25

    Ilon Mask COVID-19’ni shamollashning bir turi deb atadi

    16.11.2020, 06:00

    Osiyoda jahondagi eng yirik erkin savdo hududi tashkil etildi

    15.11.2020, 23:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari

     

    Tavsiya etamiz

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Nozimaxon Davletova Prezident administratsiyasi rahbarining shartnoma asosidagi konsultanti etib tayinlandi

    O‘zbekiston | 30 iyul, 22:18

    G‘azoda bir kilogramm shakar narxi 100 dollargacha ko‘tarildi

    Dunyo | 30 iyul, 22:05

    “Manchester Yunayted” Onana o‘rniga munosib nomzod topdi

    Sport | 30 iyul, 21:58

    Abdusalom Azizov va Po‘lat Bobojonov yangi lavozimlarga tayinlandi

    O‘zbekiston | 30 iyul, 21:47

    O‘zbekistonda olti oy ichida eng qimmat sotilgan avtoraqam bahosi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 30 iyul, 21:40

    41 yil o‘tib: “Santa-Barbara” serialining yulduzlari bugun qanday ko‘rinishda?

    Kino | 30 iyul, 21:25

    Shimoliy Koreya Trampdan o‘zini yadro klubiga qabul qilishni talab qildi

    Dunyo | 30 iyul, 21:15

    Samarqand viloyatida kambag‘allik darajasi yetti oyda 1,1 foizga qisqardi

    O‘zbekiston | 30 iyul, 21:05

    Italiyada politsiya dronlar yordamida plyajdagi o‘yinchoq timsohni uch kun izladi

    Dunyo | 30 iyul, 20:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.