• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12857.35
    • RUB163.45
    • EUR14672.81
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Dog‘istondagi chegarachilar uyida terakt, Toshkentga uchishi kerak bo‘lgan samolyot halokati va AQSH—SSSR diplomatik munosabatlarining o‘rnatilishi. Kun xronologiyasida 16-noyabr

    16-noyabr sanasiga bog‘liq diqqatga sazovor voqealar qatoridan Dog‘istondagi ko‘p qavatli uyda sodir etilgan terakt, Toshkentga uchayotgan samolyot halokati hamda Vashington va Moskva o‘rtasida diplomatik munosabatlarning o‘rnatilishiga oid faktlar o‘rin olgan.

    Kaspiyskdagi chegarachilar uyining portlatilishi

    Bundan 26 yil oldin 16-noyabr kuni Dog‘istondagi Kaspiysk shahrining Lenin ko‘chasidagi uy portlatib yuborilgan edi. Terakt 69 kishining umriga zomin bo‘lib, Buynaksk, Moskvadagi teraktlar zanjirining birinchisiga aylangan.

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    Lenin ko‘chasi, 58 — Kaspiysk mudofaasi “Dagdizel”ning doimiy hamkori bo‘lgan Rossiya zavodidagi yotoqxona portlatib yuborilgan. Qurbonlarning aksariyati — Shimoliy Kavkaz chegara okrugining Kaspiysk bo‘linmasi chegarachilari.

    “Ushbu dahshatli kechada erim va uch nafar o‘g‘limdan ayrilganman. Turmush o‘rtog‘im — tibbiy xizmat kapitani Andrey Shvachev edi, u bilan Saratov, Baykalortida birga xizmat qilganmiz. Kaspiyskka fojiadan ikki yil oldin tayinlangan”, — deya eslaydi Yelana Zalova. Oilaning katta o‘g‘li Gennadiy — 11 yoshda, Pavel — 8 yoshda, Oleg esa 5 yoshda bo‘lgan.

    Kaspiysk markazida 1991-yilda qurilgan to‘qqiz qavatli uyda chegarachilar yashagan. Avvaliga u “Volna” pansionatining korpuslaridan biri bo‘lgan. 1992—1993-yillarda Dog‘istonda Kaspiy dengizining Turkiya, Eron, Ozarbayjon va Qozog‘iston bilan chegarasini qo‘riqlash uchun Kaspiysk chegara bo‘linmasi tuzilgan va bino shahar hokimiyati ixtiyoriga topshirilgan. O‘z navbatida yuqori to‘rtta qavatga chegarachi ofitserlarning oilalari joylashtirilgan. Pastki qavatlarda esa shahar kommunal xizmatlari joylashtirilgan. Fojiaga qadar ko‘p qavatli uyda 200 ga yaqin odam yashagan bo‘lib, ularning 80 nafari Federal chegara xizmati ofitserlari edi.

    Portlash tungi 02:10 da 82 ta kvartirali panel uyda yuz bergan. U butun binoga zarar yetkazgan, bitta seksiya butunlay qulab tushgan. Vayron bo‘lgan qismga 41 ta kvartira to‘g‘ri kelgan. Eni 80 metr keladigan uyda 40 metrli teshik paydo bo‘lgan. Portlash epimarkazi bino yerto‘lasida edi. Uy dengiz qirg‘og‘ida bo‘lgani bois portlovchi moddaning bir qismi nam tortib qolgan va ishlamagan. Shu bois binoning yon qismlari qisman omon qolgan.

    Ko‘p qavatli uyda istiqomat qilganlarning aksariyati vayronalar ostida qolgan. Yordamga birinchi bo‘lib yaqin atrofdagi uylarda yashovchi erkaklar yetib kelgan. Ular omon qolganlarni va halok bo‘lganlar jasadlarini chiqarib olishga kirishgan. Bir necha daqiqadan keyin fojia joyiga tez yordamning ilk mashinalari kela boshlagan. Terrorchilik akti hududiga jalb etilgan qutqaruvchilar kun-u tun ishlagan. Kechalari ular projektorlar yorug‘i ostida vayron bo‘lgan binoni tozalagan. Vayronalar yoniga vertolyot maydonchasi qurilib, yaradorlar Maxachqal’aga yuborilgan. Omon qolgan aholi sanatoriylarga ko‘chirilgan.

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    Qariyb 500 kishi ishtirok etgan qutqaruv ishlari 19-noyabr kuni soat 17:00 da yakunlangan. Bu vaqtga kelib, tirik insonlarning barchasi qutqarib olingan. FVV rahbariyati binoning qulamagan qismini portlatishga qaror qilgan. Bu qutqaruv ishlari rasman yakunlanganidan yarim soat o‘tib amalga oshirilgan.

    Murakkab avariya-qutqaruv ishlari davomida vayronalar ostidan 106 kishi chiqarib olingan, 69 kishi halok bo‘lgan — ularning 55 nafari harbiy xizmatchilar hamda ularning oila a’zolari edi. Shuningdek, yana 82 kishi jarohatlangan. Sakkiz nafar bola yetim qolgan, to‘rt nafarining onasi yoki otasi halok bo‘lgan.

    1996-yil 16—17-noyabr kunlari Dog‘istonda motam kunlari e’lon qilingan. Kavkaz maxsus chegara okrugi prokuraturasi portlash sabab terrorizm moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atgan. Birdaniga ikkita versiya paydo bo‘lgan: “chechenlar izi” yoki asosiy versiya — qurol-yarog‘, giyohvand moddalar va qora ikralar tashish bilan shug‘ullanuvchi chegarachilar bilan kelisha olmagan kontrabandachilar. Tergov Rossiya prezidenti nazoratiga olingan va uzoq davom etgan. 2003-yil kuzida ish jinoyatni sodir etganlar shaxsi aniqlanmagani bois to‘xtatilgani ma’lum bo‘lgan.

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    Kaspiyskdagi qulagan uy o‘rniga halok bo‘lganlar xotirasiga stela o‘rnatilgan. Ularning ismlari marmar plitalarga bitilgan, atrofiga daraxtlar ekilgan. 2020-yil memorial yonida yangi alleya paydo bo‘lgan. U yerga ekilgan daraxtlar soni terrorchilik akti qurbonlari soniga teng.

    SSSR tarixidagi eng yirik aviahalokat — Sverdlovskda qulagan Il-18

    1967-yil 16-noyabr kuni Sverdlovskdagi “Kolsovo” aeroportida o‘sha vaqtda SSSR aviatsiyasi tarixidagi eng yirik halokat sodir bo‘lgandi. Il-18 sobiq ittifoqda “oq qog‘ozdan” boshlab loyihalashtirilgan birinchi yo‘lovchi samolyoti edi.

    Foto: Airliners

    Foto: Airliners
    Birinchi Il-18 samolyoti 1957-yil 4-iyul kuni havoga ko‘tarilgan. 1958-yil parvoz og‘irligi 58 tonna va salonida 89 ta o‘ringa ega Il-18A modifikatsiyasi yaratilgan. Ularga Ai-20 ning dvigatellari o‘rnatilgan. Samolyot ishonchli ekani va boshqaruvning osonligi ekipajning ko‘plab xatoliklariga ko‘z yumish imkonini bergan. Shunga qaramay, havo kemasidan foydalanishning dastlabki 10 yilida qator ko‘ngilsiz hodisalar sodir bo‘lgan.

    1959-yili Vnukovoda dvigatelning ishdan chiqishi oqibatida ilk Il-18B avariyaga uchragan. O‘sha yilning o‘zida Kobuldan uchgan yana bir samolyot yo‘qolgan — u tog‘ga urilgandi. Oradan bir yil o‘tgach, Boku—Moskva yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilgan Il-18 ning to‘rtinchi dvigateli turbinasi ishdan chiqqan va baxtli tasodif bilan u halokatga uchramagan. Ammo bir oydan keyin Kiyev viloyatida Qohiradan uchib kelayotgan, ichida 27 nafar yo‘lovchi bo‘lgan havo kemasi radarlardan yo‘qolib qolgan. Bunga samolyotning to‘rtinchi dvigatelida yuzaga kelgan yong‘in sabab bo‘lgan.

    1960-yillarda ham bir necha samolyot halokatga uchragan, ulardan biri Belgradga qulashi oqibatida marshal Biryuzov boshchiligidagi harbiy delegatsiya a’zolari vafot etgan.

    Foto: Airliners

    Foto: Airliners

    1967-yil 16-noyabr kuni Ural fuqarolik aviatsiyasi boshqarmasining Il-18B ekipaji “Kolsovo” aeroportidan (Sverdlovsk) Toshkentga uchishga tayyorlangan. Bort raqami 75538 bo‘lgan samolyot uch yil oldin ishlab chiqarilgan bo‘lib, u 5326 soat parvoz qilgan, 2111 marta qo‘nishni amalga oshirgan edi. Komandir mahalliy vaqt bilan soat 21:02 da parvoz boshlanganini bildirgan, ko‘tarilish ko‘ruvchanlik juda past bo‘lgan murakkab ob-havo sharoitida amalga oshirilgan.

    Shundan so‘ng voqealar rivoji jadallashgan. Startdan to‘rt kilometr uzoqlikda, 150 metr balandlikda samolyot keskin ravishda o‘ngga og‘ib ketib, balandlikni yo‘qota boshlagan va uchish-qo‘nish yo‘lagining oxiridan qariyb 3 kilometr naridagi shudgorlangan yerga qulagan.

    Aniqlanishicha, qulash vaqtida uning tezligi soatiga 440 kilometrni tashkil etgan, vertikal tezligi soniyasiga 40 metr bo‘lgan, samolyot 37 daraja o‘ng tomonga og‘gan holda, qanoti bilan yerga urilgan. Qulash oqibatida samolyot konstruksiyasi butunlay yakson bo‘lgan, yerda yong‘in yuzaga kelgan. Havo kemasining qoldiqlari 300 metrga sochilib ketgan, halokat oqibatida samolyot bortida bo‘lgan 8 nafar ekipaj a’zosi va 99 yo‘lovchining hech biri omon qolmagan.

    Il-18 ning halokati sabablarini samolyotning barcha agregatlari va tizimlari yerga urilishi natijasida to‘liq yakson bo‘lgani bois aniqlashning imkoni yo‘q edi. Versiyalardan biriga ko‘ra, o‘ng dvigatelni boshqarishdagi nosozlik tufayli yuzaga kelgan salbiy tortishish bo‘lishi mumkin. Boshqa bir versiyada ta’kidlanishicha, Put-1M qurilmalar panelida yuzaga kelgan nosozlik aviagorizontni noto‘g‘ri ko‘rsatgan. Komissiya xulosasida keltirilishicha, nima bo‘lganda ham, ushbu nosozliklar halokatga boshqa omillarning mavjud bo‘lgan taqdirdagina yuz bergan.

    Foto: Airliners

    Foto: Airliners

    “Kolsovo”dagi halokat 1967-yil holati bo‘yicha SSSRdagi eng yirik aviahalokatga aylangan. Bu turdagi samolyotlarning qulashi shu bilan tugamagan. Oradan uch oy o‘tgach, Bratska tumanida 9 ming metr balandlikda uchgan Il-18 qulab tushgan. U kutilmaganda pastlay boshlagan va havoda parchalanib ketgan. 82 kishi halok bo‘lgan.

    1970-yil fevralda Samarqandga qo‘nish vaqtida Il-18 yerga urilishi oqibatida 92 kishi halok bo‘lgan. Il-18 larning halokati dvigatellaridagi muammolar sabab yuz bergan. Texniklarning ta’kidlashicha, 1965-yildan 1971-yilga qadar parvozga tayyorlanayotgan samolyotlarning dvigatellarida 37 ta nosozlik aniqlangan va yana qator halokatlar oldi olingan.

    1974-yil 27-aprel kuni “Pulkovo” aeroportidan ko‘tarilgan navbatdagi Il-18 ning dvigatelida yuzaga kelgan yong‘in 118 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan. Il-18 samolyotlaridan foydalanish davrida yuzga yaqin samolyot halokatga uchrab, 2,3 mingdan ortiq inson halok bo‘lgan. Rossiyada ushbu turdagi samolyotlardan foydalanish 2002-yilda to‘xtatilgan.

    Vashington va Moskva o‘rtasida diplomatik munosabatlarning o‘rnatilishi

    Bundan 89 yil oldin 16-noyabr kuni SSSR va AQSH vakolatli vakillari rasmiy diplomatik munosabatlar o‘rnatilgani to‘g‘risidagi notalarni almashgan edi. Ushbu kunda Amerikaning Sovet Ittifoqi bilan muzlatilgan qariyb 16 yillik munosabatlariga barham berilgan. Bu kabi muvaffaqiyatga Vashingtonda AQSH prezidenti Franklin Ruzvelt va SSSR tashqi ishlar komissari Maksim Litvinov o‘rtasida bo‘lib o‘tgan yuzma-yuz muzokaralardan so‘ng erishilgan.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Rossiya Tashqi ishlar vazirligi e’lon qilgan xabarda ta’kidlanishicha, 1933-yil 16-noyabr ikki qudratli davlat o‘rtasidagi hamkorlik tarixidagi “boshlang‘ich nuqta” hisoblanadi. Biroq bu munosabatlarning “sifati” doimo xalqaro tinchlik va xavfsizlikka bevosita ta’sir ko‘rsatadi.

    Rossiya va AQSH o‘rtasidagi munosabatlarning rasmiy boshlanishiga 1807-yilda, Rossiya imperiyasi yosh Amerika davlati bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatganida boshlangan. Rossiya diplomatik idorasining qayd etishicha, ikki davlat o‘rtasidagi 1917-yilgacha bo‘lgan munosabatlarni “iliq va hatto do‘stona deb atash mumkinki, chunki bunda asosiy e’tibor siyosatga emas, savdo, texnologiyalar almashinuvi va sanoat potensialini oshirishga qaratilgan”. Shu bilan birga, Rossiya imperiyasi Amerikada texnologiya va innovatsiya manbasini ko‘rgan birinchi Yevropa derjavasi edi.

    1917-yil 6-dekabrda Qo‘shma Shtatlar rasman Birinchi jahon urushiga qo‘shilgan va o‘sha vaqtdagi prezident Vudro Vilson Rossiya bilan diplomatik munosabatlarni bekor qilgan. Oq uy rahbari AQSH oldidagi qarzlarini uzishni istamagan yangi sovet hukumatini tan olmagan.

    Moskva va Vashington o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarning tiklanishida o‘zaro iqtisodiy manfaatlar, jumladan, Amerika biznes elitasining Sovet Ittifoqi bilan savdo qilishdan manfaatdorligi, mamlakat katta potensial bozor sifatida ko‘rilgani hal qiluvchi rol o‘ynagan. Hamkorlikka Germaniyadagi natsizm va Yaponiyadagi militarizmga qarshi birgalikdagi kurash borasidagi umumiy pozitsiya ham xizmat qilgan.

    Ruzvelt Sovet Ittifoqining tan olinishi AQSHning strategik manfaatlariga, Yaponiyaning Uzoq Sharqdagi bosqinlarini cheklashga xizmat qiladi deb o‘ylagan. Qo‘shma Shtatlar, shuningdek, Moskvani rasmiy diplomatik tan olishni rad etishda davom etgan yagona yirik davlat sifatida xalqaro izolyatsiyaga tushib qolgandi.

    Rossiya imperiyasi va yosh Amerika o‘rtasidagi munosabatlar do‘stona edi, biroq XX asrga kelib, barchasi o‘zgargan. 1933-yil oktabrda prezident Sovet Ittifoqiga ikkita shaxsiy o‘rtakashi orqali murojaat qilgan: o‘sha vaqtdagi Qishloq xo‘jaligi kreditlari boshqarmasi boshlig‘i va AQSH G‘aznachilik kotibi vazifasini bajaruvchi Genri Morgentau hamda davlat kotibining maxsus yordamchisi sifatida norasmiy ravishda Ruzveltning tashqi siyosatdagi bosh maslahatchilaridan biri bo‘lgan sobiq diplomat Uilyam Bullit.

    Foto: Biographe

    Foto: Biographe
    Mortengau va Bullit o‘z navbatida Sovet Ittifoqining Qo‘shma Shtatlardagi norasmiy vakili Boris Skvirskiy bilan uchrashib, unga Ruzveltning Vashington va Moskva o‘rtasida diplomatik munosabatlarni o‘rnatish borasidagi maktubini beradi. Ushbu maktub SSSR Markaziy ijroiya qo‘mitasi raisi Mixail Kalininga nomiga bitilgandi. “Xalqlarimiz o‘rtasida o‘rnatilgan munosabatlar abadiy normal va do‘stona bo‘lib qolishi, bundan buyon xalqlarimiz o‘zaro manfaatli va dunyo tinchligini saqlash yo‘lida hamkorlik qilishi mumkinligiga ishonaman”, — deyiladi xatda.

    Foto: Politico

    Foto: Politico

    Ruzvelt, shuningdek, Kalinindan Vashingtonga sovet emissarini (maxfiy siyosiy topshiriq bilan chet mamlakatga yuboriladigan agent) yuborishni so‘raydi. Mazkur missiya bilan Qo‘shma Shtatlarga 1933-yilda Litvinov yetib keladi va Amerika prezidentiga Kalininning maktubini topshiradi.

    Tez orada AQSH prezidenti va asosiy sovet diplomati bitim imzolaydi. Tan olinish evaziga Moskva o‘zining to‘lanmagan moliyaviy qarzlarini uzish bo‘yicha kelgusi muzokaralarda ishtirok etishga va’da beradi. Litvinov bilan navbatdagi shaxsiy uchrashuvdan so‘ng, Ruzvelt Kreml Sovet Ittifoqida yashovchi AQSh fuqarolariga diniy va qonuniy huquqlar berishiga kafolat oladi. Bullit Amerka diplomatik missiyasining rahbari sifatida Moskvaga yo‘l oladi. SSSRning AQSHdagi birinchi elchisi etib taniqli sovet diplomati Aleksand Troyanovskiy tayinlangan. Aynan u protokolda belgilanganidek ikki haftadan keyin emas, balki Vashingtonga tashrifining ertasi kuni Ruzveltga ishonch yorliqlarini topshirgan. Troyanovskiy Vashingtonda 1938-yil 1-oktabrga qadar faoliyat yuritgan. Ingliz tilida erkin gaplasha olgan Maksim Litvinov keyinroq Vashingtonga sovet elchisi sifatida qaytib, 1941-1943-yillarda shu lavozimni egallagan.

    “Kun xronologiyasi” loyihasi doirasida har kuni ertalab soat 09:30 da ushbu sanaga bog‘liq eng muhim va qiziqarli voqealar yoritib boriladi.

    Mavzuga doir: Kutilmaganda vafot etgan Brejnevning dafn marosimi, SSSR foydasiga ishlagan Britaniya josusining ritsarlikdan mahrum etilishi va Sevastopol isyoni. Kun xronologiyasida 15-noyabr

    16.11.2022, 09:30   Izoh (0)   41460
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Polshaga raketalar kelib tushgani munosabati bilan Bayden G7 yetakchilarining favqulodda majlisini o‘tkazdi

    16.11.2022, 09:18

    Ramzan Qodirov Ukraina bilan tinchlik muzokaralari shartlarini ilgari surdi

    16.11.2022, 09:06

    Qirg‘izistonda lolaning fanga noma’lum turi aniqlandi (foto)

    16.11.2022, 08:09

    “Yer aholisi uchun oziq-ovqat yetarli emas” — ekspert

    16.11.2022, 07:53

    “Pokiston askarlarini otish bizning ishimiz emas” — “Tolibon”

    16.11.2022, 07:22

    Ekofaollar Venada Gustav Klimtning “O'lim va hayot” asariga qora bo‘yoq chapladi (video)

    16.11.2022, 07:06
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Moliyaviy firibgarliklar: firibgarlar keksalarni qanday aldamoqda 


    InfinBLACK - ortiqcha to‘lovlar talab qilmaydigan kredit karta


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam


    O‘zbekiston Milliy banki Xitoy yuani ayirboshlash xizmatini Toshkent shahri va poytaxt aeroportida yo‘lga qo‘ydi


    Centrum Air yozgi yo‘nalish ochadi: Toshkentdan Issiqko‘lga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar


    Hyundai Uzbekistan - foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati qaytdi!

     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Vyetnamda “bir oilaga ikki farzand” siyosati bekor qilindi

    Dunyo | 4 iyun, 20:45

    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi

    Reklama | 4 iyun, 19:30

    O‘zbekistondan Rossiyaga yangi aviaqatnovlar qo‘yilmoqda

    O‘zbekiston | 4 iyun, 20:35

    Qashqadaryoda qiz talashgan yigitlarning ota-onasi jarima to‘laydigan bo‘ldi

    O‘zbekiston | 4 iyun, 20:22

    Yaqin Sharqning eng go‘zal qirolicha va malikalari qanday ko‘rinishga ega?

    Layfstayl | 4 iyun, 20:11

    “Biz o‘zimizning imkoniyatimizga ishonamiz” – BAA bosh murabbiyi

    Sport | 4 iyun, 19:51

    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda

    Reklama | 4 iyun, 18:00

    Ispaniyada har to‘rtinchi fuqaro qashshoqlikdan aziyat chekmoqda

    Dunyo | 4 iyun, 19:50

    “Kuchli oshpaz yangilik qilishdan cho‘chimaydi” — xalqaro toifadagi shef-oshpaz Suhrob Mahmudov bilan suhbat

    O‘zbekiston | 4 iyun, 19:41

    Italiya 1 500 nafar o‘zbekistonlikni ish bilan taʼminlamoqchi

    O‘zbekiston | 4 iyun, 19:29
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.