AQSH prezidenti Donald Tramp ma’muriyatida Rossiya bilan munosabatlar masalasida kelishmovchiliklar yuzaga keldi. Maslahatchilarning bir qismi qat’iyroq pozitsiyani egallashga chaqirmoqda, boshqalari esa Ukrainadagi urushni tugatish uchun muzokaralar o‘tkazishni qo‘llab-quvvatlamoqda. Bu haqda Wall Street Journal xabar berdi.
-cbDkyDnG.avif)
Tramp Rossiyaning hududiy talablariga nisbatan qat’iyroq pozitsiyani egallashi kerak. AQSH davlat kotibi Marko Rubio va Ukraina bo‘yicha maxsus vakil Kit Kellog tegishli fikrni ilgari surgan. Ular Moskva bilan muloqotda ehtiyot bo‘lishga chaqirgan.
So‘nggi oylarda Rossiyaga bir necha bor tashrif buyurgan Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakil Stiv Uitkoff esa mutlaqo boshqacha fikrda. U Moskva urushni to‘xtatishga tayyorligini aytgan. AQSH prezident aynan Uitkoffning fikriga qo‘shilgani ma’lum qilindi.
Prezident administratsiyadagi kelishmovchiliklar, ayniqsa, Rossiya Ukrainaning Sumi shahriga ballistik raketalar uchirganidan so‘ng kuchaydi. Mazkur hujum oqibatida 34 kishi halok bo‘ldi. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy dunyo davlatlariga murojaat qilib, rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinga bosim o‘tkazishga chaqirdi.
Yuqoridagi hodisa Trampning maslahatchilari orasida turli munosabatlarni keltirib chiqardi. Prezidentning o‘zi sodir bo‘lgan voqeani “xato” deb atadi, Kellog va Rubio esa Sumiga hujumni keskin qoraladi, unga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini ta’kidladi.
Qarashlardagi farqqa qaramay, ma’muriyatning barcha a’zolari, jumladan, Rossiyaga nisbatan qat’iyroq yondashuv tarafdorlari Trampning Ukrainadagi mojaroni tugatish maqsadini qo‘llab-quvvatlamoqda.
Rossiyaning Sumiga hujumi
13-aprel kuni Ukrainaning Sumi shahriga ballistik raketalar bilan hujum qilindi. Aviazarbalar oqibatida halok bo‘lganlar soni 34 kishiga yetdi. Jarohatlanganlar soni 117 kishini tashkil etmoqda, ulardan 15 nafari bolalardir.
Biz Rossiyaga terrorchi nimaga loyiq bo‘lsa, shunday munosabatda bo‘lishimiz kerak... Putin Amerikaning o‘t ochishni to‘liq va so‘zsiz to‘xtatish taklifini e’tiborsiz qoldirganiga 2 oy bo‘ldi. Afsuski, Moskvadagilar odam o‘ldirishni davom ettirishiga haqli ekanliklariga ishonmoqda. Vaziyatni o‘zgartirish uchun harakat qilish zarur, dedi siyosatchi.
U qurbonlarning oilasiga va yaqinlariga hamdardlik bildirdi. Oliy Radadan xalq deputati Maryana Bezuglaya zarba nishoni mukofotlash uchun to‘plangan ukrainalik harbiylar bo‘lganini aytdi. U Ukraina armiyasi bosh qo‘mondoni Aleksandr Sirskiy va hududiy mudofaa qo‘mondoniga murojaat qilib, “fuqarolik shaharlari”da bunday amaliyotni to‘xtatishni talab qildi va “axborot sizib chiqishi” sodir bo‘lganini aytdi.
Izoh (0)