AQSH va Ukraina foydali qazilmalar bo‘yicha kelishuvga erishganini tasdiqlovchi memorandumni imzoladi. Bu haqda Ukraina bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, iqtisodiyot vaziri Yuliya Siridenko ma’lum qildi.

“Bugun biz AQSH bilan iqtisodiy sheriklik to‘g‘risida qo‘shma bitim tomon qadam qo‘ydik. Ukraina va AQSH jamoalarimizning konstruktiv ishini va har ikki xalqimiz uchun manfaatli bo‘lgan kelishuvni yakunlash va tuzish niyatini tasdiqlovchi memorandumni imzoladi”, deb yozdi u ijtimoiy tarmoqlarda.
Vazirning qo‘shimcha qilishicha, kelishuv matni ustida ishlashni yakunlash, uni imzolash, so‘ngra hujjatni parlamentlarda ratifikatsiya qilish qolgan.
Avvalroq AQSH prezidenti Donald Tramp Vashington va Kiyev kelgusi payshanba, 24-aprel kuni nodir metallar bo‘yicha kelishuv imzolashini aytgandi.
Mart oyi boshida Qo‘shma Shtatlar va Ukraina Amerika tomonining Ukrainada foydali qazilmalarni qazib olishda ishtirok etishi to‘g‘risidagi bitimni imzolay olmadi. Oq uyda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Donald Tramp va Vladimir Zelenskiy Ukrainadagi kelishuv mavzusida nizoga bordilar. So‘ngra, Tramp ijtimoiy tarmoqlarda Zelenskiy hali mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilishga tayyor emasligini yozdi.
Izoh (0)