To‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom hazm qilish tizimining asosi kaloriya hisoblashdan emas, balki shunchaki to‘g‘ri chaynashdan boshlanadi. Agar muntazam ravishda ovqatni yaxshilab chaynab yemasangiz, bu vazn ortishining sekin, ammo muqarrar sababi bo‘lishi mumkin. Keling, ovqatni juda tez iste’mol qilganda organizmda nima ro‘y berishini va bu qanday qilib metabolizm, tashqi ko‘rinish hamda umumiy holatga ta’sir qilishini ko‘rib chiqamiz.

Shoshib ovqatlanmaslik kerak — chunki:
- Tana kerakli mikroelementlarni olmaydi
Ovqat yetarli darajada maydalanmasa, u ichakda yomonroq hazm bo‘ladi. Bu esa selen, yod, rux va mis kabi muhim mikroelementlar tanqisligiga olib keladi. Ularning yetishmasligi qalqonsimon bez faoliyatini izdan chiqarib, moddalar almashinuvi sekinlashuviga, shishlar va vazn ortishiga sabab bo‘ladi. - Oqsil va yog‘lar to‘liq so‘rilmaydi
Agar siz ovqatni yaxshi chaynashni odat qilmagan bo‘lsangiz, ayniqsa go‘shtdagi oqsil va yog‘lar organizm tomonidan to‘liq qabul qilinmaydi. So‘ng organizm tez hazm bo‘luvchi uglevodlarga (shirinlik, unli mahsulot) intiladi. Bu esa ortiqcha vaznga sabab bo‘ladi. - Oshqozonda og‘irlik va ichakda shish paydo bo‘ladi
Yaxshi chaynalmagan ovqat oshqozonda noqulaylik tug‘diradi. Natijada siz foydali, biroq “og‘ir” ovqatlardan qochib, ularni non, shirinlik bilan almashtirishga harakat qilasiz. - Miyaga to‘yganingiz haqida signal kech yetib boradi
To‘yish signali miyada 7–10 daqiqa ichida shakllanadi. Agar siz tez ovqatlansangiz, kerakli miqdordan ko‘proq taom iste’mol qilishingiz mumkin.
Tavsiya: Ovqat paytida pauza qiling, bu haddan tashqari ko‘p yeyishdan saqlaydi.
- Kechqurunlari ovqatlanish xavfi ortadi
Kunning birinchi yarmida shoshib ovqatlansangiz, kechqurun organizm “yetishmagan” kaloriyalarni qoplashga harakat qiladi — bu esa ko‘pincha zararli va yog‘li ovqatlar bilan amalga oshadi.
Tavsiya: Ongli ovqatlanishni mashq qiling — atigi 15 daqiqa sekin, shoshilmasdan ovqatlanish ishtahani nazorat qilishga yordam beradi.

Mo‘jizaviy raqam: bir luqmani 30–50 marta chaynash
Diyetologlar va ongli ovqatlanish tarafdorlari quyidagilarni tavsiya etadi:
- Qattiq ovqatlar (go‘sht, sabzavotlar, yong‘oqlar) ni — 30–50 marta chaynash.
- Yumshoq ovqatlar (bo‘tqa, sho‘rva, mevalar) ni — 15–20 marta chaynash kerak.
Yaponiyalik olimlar 2014-yilda o‘tkazgan tajriba shuni ko‘rsatdiki: har bir luqmani 40 marta chaynagan odamlar kamroq ovqat iste’mol qilgan va ularda ochlik gormoni — grelin darajasi pasaygan.
Noto‘g‘ri chaynashga stomatologik omil ham sabab bo‘lishi mumkin
Ehtimol, bunga shunchaki o‘rganib qolgan bo‘lishingiz mumkin. Ammo ba’zida muammo kundalik odatda emas, balki notekis tishlam (prikus)da bo‘ladi. Tishlar to‘g‘ri yopilmasa, chaynash samarasiz bo‘ladi, bu esa hazm jarayoniga va metabolizmga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Agar sizda quyidagilar kuzatilsa, tishlarni tekshirtiring:
- Qattiq ovqatni chaynash qiyin bo‘lsa;
- Faqat bir tomonda chaynash odati bo‘lsa;
- Jag‘ og‘risa yoki ovqatlanish vaqtida undan ovozlar eshitilsa;
- Tishlar notekis bo‘lsa.
Izoh (0)