Samarqand shahriga 30 dona zamonaviy avtobus olib kelindi, deb xabar berdi Transport vazirligi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, avtobuslar Samarqand shahri jamoat transporti tizimini tubdan isloh qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar doirasida olib kelingan.
Ushbu avtobuslar tender tanlovlari orqali shahardagi avtobus yo‘nalishlariga brutto-shartnomasi asosida joylashtiriladi.
Hududlarga olib kelinayotgan avtobuslar
Bundan avval Angrenga 15 ta Yutong avtobusi olib kelingandi. Zoir Mirzayev 2024-yil oktyabrida o‘tkazgan hokimlik soatida Toshkent viloyatida transport sohasidagi xizmatlarni yaxshilash uchun 1000 ta yangi avtobus xarid qilish bo‘yicha topshiriq bergandi.
Transport vazirligi matbuot xizmatining bildirishicha, hududlarda aholiga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini yaxshilash maqsadida zamonaviy avtobuslarni olib kelish ishlari davom etmoqda. Toshkent shahriga yana 1000 ta Yutong avtobusini olib kelish imkoniyatlari o‘rganilmoqda. Andijon viloyatiga Xitoydan 100 ta elektrobus xarid qilinishi rejalashtirilgan.
Izoh (0)