Andijon viloyatining Ulug‘nor va Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanildi. Bu haqda Bosh prokuratura va “Hududgaztaʼminot” AJ xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Ulug‘nor tumanida faoliyat ko‘rsatuvchi “A.F.G.” MCHJ rahbari Z.A. tomonidan jamiyatga qarashli umumiy ovqatlanish shoxobchasini tabiiy gaz tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab foydalanilgan. Oqibatda 519,5 mln so‘mlik tabiiy gaz o‘g‘rilik yo‘li bilan talon-toroj qilingan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro Z.A. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (o‘g‘rilik juda ko‘p miqdorda) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Z.A.ga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Shuningdek, Yuqori Chirchiq tumanidagi “Sultonobod” MFY hududida joylashgan dorixona gaz taʼminoti korxonasi bilan shartnoma tuzmasdan gazdan foydalanib kelgani maʼlum bo‘ldi.

Aniqlangan mazkur holat bo‘yicha dalolatnoma tuzilib, 471 mln so‘mlik zarar hisoblandi.
Ishga doir barcha hujjatlar huquq-tartibot organlariga yuborildi.
Gazni o‘g‘irlash holatlari:
Izoh (0)