• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Maslahatlar

    Bu salomatlik uchun xavfli bo‘lishi mumkin: pul tejash tavsiya qilinmaydigan ro‘zg‘or buyumlari

    Odatda kundalik turmushda ishlatiladigan buyumlarning arzon muqobillarini topganimizda quvonchimiz ichimizga sig‘maydi, chunki bu oila byudjetining salmoqli qismini tejab qolish imkonini beradi. Ammo ba’zida bunday tejamkorlik kutilmagan oqibatlarga olib kelishi mumkin. Natijada nafaqat ko‘proq pul sarflashga majbur bo‘lamiz, balki bu buyumlardan foydalanish tufayli sog‘lig‘imizga ham zarar yetkazishimiz mumkin.

    Taroq

    Qalin, jingalak soch egalari taroqlarni alohida e’tibor bilan tanlashlari lozim. Tishlarida dumaloq sharchalar joylashgan arzon plastmassa taroqlar soch tolalarini chigallashtirishi yoki yulib olishi mumkin. Eng yaxshisi, tekis qillardan yasalgan va yetarlicha katta yostiqchali taroq maqsadga muvofiq. Bunday cho‘tka sochlar bo‘ylab yumshoq sirpanib, ularni tarashi bilan birga shikastlanishdan ham saqlaydi.

    Ko‘zoynak linzalari

    Ko‘zoynak gardishiga ortiqcha pul sarflash shart emas — eng muhimi, ko‘zoynak taqishga qulay bo‘lishi kerak. Lekin linzalarni tanlashga jiddiy yondashish lozim. Oftalmologlarning fikricha, noto‘g‘ri tanlangan ko‘zoynak sog‘liqqa jiddiy va tuzatib bo‘lmaydigan zarar yetkazmasa-da, ko‘zlarda vaqtinchalik achishish va bosh og‘rig‘ini keltirib chiqarishi mumkin.

    Ultrabinafsha nurlardan yetarli darajada himoyalanmagan arzon quyoshdan himoyalovchi ko‘zoynaklar esa chindan ham xavf tug‘diradi. Qoraytirilgan oynalar tufayli ko‘z qorachig‘i kengayadi va natijada ko‘zga ko‘proq ultrabinafsha nurlari kiradi. Bu esa o‘z navbatida ko‘z to‘r pardasiga zarar yetkazishi mumkin.

    Yorug‘lik diodli lampochkalar

    Mutaxassislarning ta’kidlashicha, yorug‘lik diodli lampalardan foydalanish uydagi elektr energiyasi sarfini 80 foizgacha kamaytirish imkonini beradi. Ammo ko‘pchilik nafaqat elektr energiyasidan, balki lampa sotib olishda ham tejamkorlikka intiladi.

    Bu nafaqat foydasiz, balki xavfli ham bo‘lishi mumkin. Birinchidan, arzon va past sifatli lampalar bir yildan ortiq xizmat qilmaydi. Ikkinchidan, ularning korpusi ko‘pincha nuqsonli bo‘ladi va unga teginish tok urishiga olib kelishi mumkin. Uchinchidan, bunday lampalar juda xira yoki miltillovchi yorug‘lik tarqatadi, bu esa ko‘zlarni zo‘riqtirishi va bosh og‘rig‘iga sabab bo‘lishi mumkin.

    Quyoshdan saqlovchi krem

    Dermatologlarning ta’kidlashicha, tejash mumkin bo‘lmagan kosmetik vositalardan biri quyoshdan himoyalovchi kremdir. Keng himoya spektriga va yuqori SPFga ega sifatli mahsulotni xarid qilish, uni har kuni, hatto bulutli ob-havoda ham surish va ochiq havoda ko‘p vaqt o‘tkazsangiz, yangilashni unutmaslik maqsadga muvofiqdir. Krem nafaqat terini quyosh nurlarining zararli ta’siridan himoya qiladi, balki erta qarishining oldini ham oladi.

    Ammo bo‘yin va ko‘krak sohalari uchun qimmatbaho yoshartiruvchi kremlarni oddiy namlovchi vositalar bilan bemalol almashtirish mumkin. Mutaxassislarning fikricha, bunday maxsus yoshartiruvchi kremlar yuqori narxiga qaramay, doim ham natija bermaydi. Xuddi shu toifaga tilla qo‘shilgan kremlar va serumlarni ham kiritish mumkin. Tillaning yoshartiruvchi ta’sirga ega ekanligi haqida ilmiy isbotlar mavjud emas.

    Telefon quvvatlagich

    Sifatli quvvatlash qurilmasi arzon muqobiliga qaraganda 2-5 barobar qimmatroq bo‘lsa-da, uning afzalliklari ancha ko‘p. U samarali va uzoq muddat ishlaydi, ko‘pincha turli xil qurilmalarga mos keladi hamda texnikani tezroq quvvatlantiradi.

    Bundan tashqari, arzon quvvatlash moslamalari xavfli bo‘lishi mumkin. Ba’zida ular nafaqat texnikani ishdan chiqaradi, balki qismlarni haddan tashqari qizdirib, yong‘in chiqish xavfini ham keltirib chiqaradi.

    Soch bo‘yog‘i

    Uyda ishlatish uchun mo‘ljallangan soch bo‘yog‘ida sochingizni o‘zingiz bo‘yashingiz mumkin. Biroq arzon vositalarning bir nechta yashirin kamchiliklari mavjud. Birinchidan, ba’zi bo‘yoqlar tarkibida kuchli kimyoviy moddalar bo‘lib, ularni uzoq vaqt ishlatish sochga zarar yetkazishi mumkin. Ikkinchidan, ranglar xilma-xilligi cheklangan.

    Uchinchidan, agar bunday vosita allaqachon bo‘yalgan sochga qo‘llanilsa, natija mutlaqo kutilmagan bo‘lishi, hatto har qanday salonda ham muolaja oqibatlarini bartaraf etib bo‘lmasligi mumkin. Yaxshisi, tejamkorlik qilmang va qimmat bo‘lsa-da, sifatli vositani tanlay oladigan mutaxassisga murojaat qiling.

    Kir yuvish vositalari

    Arzon kir yuvish kukuni va idish yuvish suyuqligi dastlab tejamkor xarid bo‘lib tuyulishi mumkin. Ammo ko‘pincha bunday vositalar faqat miqdori oshirilgandagina samarali ishlaydi. Natijada barcha tejamkorlik behuda ketadi.

    Bundan tashqari, ayrim ishlab chiqaruvchilar bunday maishiy kimyoviy mahsulotlarga formaldegid qo‘shadi. Bu modda antibakterial xususiyatlarga ega, biroq uzoq muddat ta’sir etganda yoki noto‘g‘ri qo‘llanilganda sog‘liqqa zarar yetkazishi mumkin. Shu sababli xarid qilishdan oldin vosita tarkibini sinchkovlik bilan o‘rganib chiqish lozim.

    3 aprel, 17:55   Izoh (0)   3156
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Gollivud#aktyorlar

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Tom va Jerri” 85 yoshda: bolaligimizni yodga soluvchi multfilm qanday yaratilgan?

    17 fevral, 09:36

    Bolalarning so‘nggi tilagini amalga oshirgan, uysizlarga yordam bergan va boshqa insoniylik fazilatlari bilan tanilgan Gollivud aktyorlari

    18 fevral, 15:02

    Atigi birgina roli bilan karyerasini saqlab qolgan Gollivud aktyorlari

    18 fevral, 12:37

    Gollivud aktyorlari va ularning dublyorlari (foto) 

    28 fevral, 19:10

    “O‘rgimchak odam” trilogiyasining aktyorlari 23 yildan so‘ng qanchalik o‘zgargan?

    1 mart, 12:55

    24 ta asosiy nominatsiya: “Oskar” kimga berilishini kim hal qiladi?

    3 mart, 15:35

    Mashhur rollaridan voz kechishga majbur bo‘lgan Gollivud aktyorlari

    3 mart, 14:45

    2024-yilda eng ko‘p gonorar olgan Gollivud aktyorlari reytingi e’lon qilindi

    4 mart, 13:39

    Gollivudda suratga tushgan koreyalik aktyorlar

    4 mart, 17:35

    Vertolyot parragi boshini uzib olgan: fojiali tarzda halok bo‘lgan Gollivud yulduzlari

    27 mart, 14:49

    Filmda rol o‘ynashni xohlamagan, lekin majbur qilingan Gollivud aktyorlari

    18 mart, 09:46

    “65 yoshli ayolning tortilgan yuzga ega bo‘lishini tushunmayman”. Gollivud yulduzlaridan ilhomlantiruvchi iqtiboslar

    26 mart, 18:50

    Rolls–Royce’dan tortib Bugatti’gacha: jahon yulduzlarining eng qimmatbaho avtomobillari

    26 mart, 10:50

    Betakror filmlarga beo‘xshov ijrosi bilan putur yetkazgan kinoyulduzlar

    23 mart, 10:25

    Bir kecha uchun kamida 8 ming dollar: Jahon yulduzlari dam oladigan dunyoning eng qimmat kurortlari

    24 mart, 21:51

    Bryus Uillis 70 yoshda: hozirda demensiya tufayli tildan qolgan aktyor Gollivud tarixida qanday iz qoldirdi?

    25 mart, 08:57

    Dovyurak kinoyulduzlar: filmlardagi xavfli tryuklarni kaskadyorsiz bajargan Gollivud aktyorlari

    25 mart, 19:55

    Hashamatdan qashshoqlikka: o‘z pullarini havoga sovurgan yulduzlar hikoyalari

    26 mart, 22:35

    Persona non grata: Gollivudning qora ro‘yxatiga tushgan aktyorlar

    27 mart, 18:45

    Gollivud aktyori Jud Lou “Kreml sehrgari” filmida Rossiya prezidenti Vladimir Putin rolini ijro etmoqda

    27 mart, 10:29

    Oliy ma’lumotli marketolog, havaskor haykaltarosh, ayollar huquqlari himoyachisi — aktyor Kerem Bursin haqida 9 ta qiziqarli fakt

    29 mart, 19:29

    Yoshligida popkorn sotgan, Gollivud taklifini rad etgan va “yulduzlik kasalligi”ga chalingan Nurgul Yeshilchay 49 yoshda

    27 mart, 16:55

    Gollivudning oltin avlodi: mashhurlikda ota-onasidan o‘zib ketgan aktyor va aktrisalar

    31 mart, 10:55

    Xitoylik ayollarning yosh ko‘rinish siri nimada?

    2 aprel, 18:45

    Warner Bros. va Paramount kompaniyalari YouTube’dagi feyk treylerlardan daromad olmoqda

    1 aprel, 19:45

    Gollivud yulduzi Megan Foks to‘rtinchi marta ona bo‘ldi

    1 aprel, 21:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston Mo‘g‘ulistondan 100 ming bosh qo‘y va echki sotib oladi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 15:46

    Dizaynerlar qo‘lida bor narsalardan yaratgan: mashhur filmlardagi afsonaviy kostyumlar

    Kino | 16 avgust, 15:30

    OpenAI ChatGPT ilovasidan qancha daromad olgani ma’lum qilindi

    Dunyo | 16 avgust, 15:11

    Avstraliyalik olimlar mahalliy qushlarning ayrim turlari jinsini o‘zgartirishi mumkinligini aniqladi

    Dunyo | 16 avgust, 14:59

    Taqiqlangan diniy materiallar tarqatgan jizzaxlik 19 yoshli yigitga sud hukmi o‘qildi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 14:45

    O‘zbekiston terma jamoasini 71 yoshli turkiyalik murabbiy boshqarishi mumkin

    Sport | 16 avgust, 14:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.