Jizzaxda noqonuniy diniy video va audio materiallarni tarqatib kelgan 19 yoshli yigitga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda “Zamon” informatsion dasturida xabar qilindi.

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 2022-yilning sentyabr oyidan boshlab terrorchilik tashkilotlarining yetakchilardan O‘zbekiston hududida xalifalik tashkil etishga qaratilgan aqidaparastlik g‘oyalariga asoslangan materiallarni tinglab, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib kelgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzacho‘l tuman sudida ko‘rilgan ushbu ishda ayblanuvchiga nisbatan 9 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlash so‘raldi.

“Namoz o‘qigandan bunaqa yomon niyat chiqmaydi deb o‘ylagandik. Ichmaydi, chekmaydi, yomon yo‘lga kirmaydi deb, o‘zimiz ham bilmay qoldik”, degan ayblanuvchining onasi.
Sudlanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan 5 yil-u 2 oyga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Izoh (0)