O‘zbekistondan eksport qilingan 21 tonna qovun somon ustida tashilayotgani sababli Qirg‘izistonga kiritilmadi. Bu haqda Qirg‘iziston Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabar berdi.

Qirg‘izistonning O‘simliklarni kimyolashtirish, himoya qilish va karantin departamenti xodimlari “Do‘stlik” nazorat-o‘tkazish punktida orqali qovunlarni olib kirishda fitosanitariya talablari buzilganini aniqladi. O‘sh hududiga yo‘l olgan yuk mashinasida 21 tonna qovun tashilayotgan edi. Tekshiruv chog‘ida ular fitosanitariya sertifikatida ko‘rsatilmagan somon ustida tashilgan.
Shu sababli O‘sh boshqarmasi xodimlarining nazorati ostida olib kirilgan barcha qovunlar jo‘natuvchiga qaytarilgan.
Bu O‘zbekistondan eksport qilingan qovunlar Qirg‘izistondan qaytarib yuborilgan birinchi holat emas. Fevral oyida ham shunga o‘xshash hodisa yuz bergan edi. O‘shanda ham 14 tonna qovun somon ustida tashilgani uchun qaytarilgan.
Izoh (0)