• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12705.79
    • RUB159.2
    • EUR14704.41
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Navro‘z umumxalq bayrami bilan tabrikladi

    “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Navro‘z bayrami shodiyonasi bo‘lib o‘tmoqda.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Unda davlat rahbari nutq so‘zlab, barchani Navro‘z ayyomi bilan tabrikladi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Assalomu alaykum, aziz vatandoshlar!

    Muhtaram faxriylar, qadrli yoshlar!

    Munis opa-singillar, hurmatli mehmonlar!

    Siz, azizlarni, ko‘pmillatli butun xalqimizni qadimiy va hamisha navqiron bayram – Navro‘zi olam bilan chin yurakdan samimiy muborakbod etaman.

    Bugungi munavvar kunni el-u yurtimiz bilan tinch va xotirjam kutib olayotganimiz uchun Yaratganga cheksiz shukronalar aytamiz.

    Bu yilgi Navro‘z muqaddas ramazon oyida, uning tabarruk fazilatlariga uyg‘un holda o‘tayotgani bayramga alohida ruh, o‘zgacha fayz va quvonch bag‘ishlamoqda.

    Qalblarimiz shodlikka to‘lgan shunday barokatli kunlarda yurtimiz mo‘min-musulmonlarini, butun islom ummatini ramazoni sharif bilan yana bir bor qutlab, jamiki pok niyatlarimiz ijobat bo‘lishini tilaymiz.

    Xorijiy mamlakatlarda ona yurt mehri va sog‘inchi bilan yashayotgan vatandoshlarimizni ham chin dildan tabriklab, samimiy tilaklarimizni izhor etamiz.

    Shunday shukuhli va ulug‘ kunlar barchamizga muborak bo‘lsin!

    Qadrli do‘stlar!

    Navro‘zi olam 3 ming yillik davlatchiligimiz tarixida o‘zining beqiyos maʼnaviy ahamiyati bilan hamisha alohida eʼtibor topgan buyuk bayramdir.

    Ushbu bebaho ayyom haqida bitilgan ilmiy-tarixiy va badiiy asarlar shu qadar ko‘pki, ular haqli ravishda milliy merosimizning o‘lmas durdonalariga aylangan.

    Xalqimiz asrlar davomida og‘ir va mashaqqatli, sinovli paytlarda ham bu bayramni olijanob tabiati va qadriyatlari bilan asrab-avaylab kelgani chinakam mo‘jizadir.

    Navro‘zning betakror go‘zalligi, insonparvarlik ruhi va teran falsafasi globallashuv davrida ham butun bashariyatni hayratga solayotgani uning azaliy mohiyati va hayotbaxsh kuchidan dalolat beradi.

    Ayniqsa, insonning tabiat va borliq bilan uyg‘unligi, yaratuvchanlik ishtiyoqi, g‘ayrat va shijoati, o‘zaro hamjihatlik, mehr-oqibat va saxovat kabi olijanob fazilatlari Navro‘z timsolida yana-da yorqin namoyon bo‘ladi.

    Navro‘z kunlarida bobo dehqonlarimiz rizq-ro‘zimiz, dasturxonimiz qut-barakasini o‘ylab, ona zaminga o‘z mehrini beradi, mo‘l hosil olish niyatida qattiq bel bog‘laydi.

    Shu maʼnoda, Mir Alisher Navoiy bobomizning “Dehqonki, dona sochar, yerni yormoq bilan rizq yo‘lin ochar” degan so‘zlarida chuqur hayotiy maʼno mujassam.

    Ko‘nglimizda mehnat va ijod, uyg‘onish va yasharish zavqi tobora kuchayib borayotgan mana shunday bahoriy lahzalarda mirishkor dehqon va fermerlarimiz, bog‘bon va chorvadorlarimizga alohida ehtirom izhor etamiz.

    Hech shubhasiz, yuksak bunyodkorlik ruhi Yangi O‘zbekistonimizda amalga oshirilayotgan ulkan islohotlar va jadal o‘zgarishlarning asl mazmuni va ezgu g‘oyalariga hamohangdir.

    Bugun mamlakatimizda inson qadrini ulug‘lash, ijtimoiy adolat tamoyillarini mustahkamlash, aholi daromadlari va turmush darajasini yuksaltirish yo‘lida qatʼiy qadamlar qo‘ymoqdamiz.

    Yurtimizda ko‘plab zamonaviy sanoat majmualari, infratuzilma va logistika tarmoqlari, avtomobil va temir yo‘llar barpo etilmoqda.

    Biznes, IT va turizm sohalari jadal rivojlanmoqda.

    Minglab yangi imorat va uy-joylar, bog‘cha va maktablar, oliygohlar, shifoxonalar, madaniyat va sport maskanlari bunyod etilmoqda.

    Shahar va qishloqlarimiz, butun yurtimiz qiyofasi tobora go‘zal va obod bo‘lib bormoqda.

    “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida diyorimizda yangi ekologik muhit yaratilmoqda.

    Har yili millionlab ko‘chatlar ekish, yashil bog‘lar barpo etish, hayvonot dunyosini asrab-avaylash, har bir qarich yerdan unumli foydalanish kabi yuksak ekologik madaniy qadriyatlar kundalik hayotimizning ajralmas qismiga aylanmoqda.

    “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” davlat dasturi doirasidagi ulkan ishlarimiz bu jarayonlarni yana-da yuqori bosqichga olib chiqishiga aminman.

    Maʼlumki, xalqimiz qadimda Navro‘zni “yil boshi” deb atagan. Biz ham ajdodlarimiz kabi shu ajoyib kunda yaxshi niyatlar qilamiz:

    Sharqona Yangi yilimiz qutlug‘ kelsin, daryolarimiz suvga, omborlarimiz hosilga to‘lsin!

    Bunyodkor quruvchilarimiz, aziz va mo‘tabar ustoz-murabbiylarimiz, fidoyi shifokorlarimiz, iqtisodiyotimiz tayanchi bo‘lgan g‘ayratli tadbirkorlarimiz, yurtimiz posbonlari hamisha sog‘-omon bo‘lsin!

    Oldimizga qo‘ygan baland marralar va ulug‘ rejalar to‘liq ro‘yobga chiqsin!

    Muhtaram yurtdoshlar!

    Navro‘z – yoshlik va shijoat ayyomidir.

    Hayotga katta orzu-umidlar bilan kirib kelayotgan yoshlarimiz Yangi O‘zbekistonning ilg‘or va qudratli kuchiga aylanib borayotganiga barchamiz guvohmiz.

    Azmu shijoatli, isteʼdodli farzandlarimizning dadil va mardona harakatlari butun dunyoda katta aks-sado berayotgani bizni benihoya quvontiradi.

    Bugun mamlakatimizdagi yuqori texnologik korxonalarni boshqarayotganlar – asosan bilimli va malakali yoshlarimizdir.

    Tadbirkorlik rivojiga yangi kuch va shiddat berayotgan ham aql-idrokli, serg‘ayrat va ishbilarmon o‘g‘il-qizlarimizdir.

    Sarhadlarimizda doimo sergak turgan askar va ofitserlar ham mard va jasur o‘g‘lonlarimizdir.

    Ilm-fan, madaniyat, adabiyot va sanʼat sohalarida vatanimizni dunyoga tarannum etayotganlar ham yoshlardir.  

    Xususan, yurtimizni jahonga mashhur qilishda yosh sportchilarimizning alohida o‘rni va hissasi bor.

    Xalqimizga har tomonlama munosib bo‘lgan bunday navqiron avlodimizga shon-sharaflar bo‘lsin!

    Aziz farzandlarim, sizlar vatanimiz osmonida yorqin yulduzlar bo‘lib porlaydigan vaqt keldi.

    Bu ulug‘ maqsad yo‘lida mana shu Navro‘z faslida tavallud topgan Abduxoliq G‘ijduvoniy, Bahouddin Naqshband, Mirzo Ulug‘bek, Zulfiyaxonim, Ozod Sharafiddinov, Abdulla Oripov kabi mutafakkir zotlar sizlar uchun chinakam ibrat namunasidir.  

    Yurtimizdagi beqiyos imkoniyatlarni amaliy natijalarga aylantirish uchun tinimsiz harakat qiling!

    Qayerda bo‘lmang, qaysi sohada ishlamang, milliy qadriyatlarimizga, o‘zligimizga, Vatanimizga munosib va sodiq bo‘ling!

    Hech qachon unutmangki, ortingizda salkam 38 millionlik buyuk xalq, prezident turibdi. 

    Sizlarga doimo omad va zafarlar yor bo‘lsin!

    Hurmatli bayram ishtirokchilari!

    Navro‘zning betakror sehru jozibasi, eng avvalo, to‘qqiz yarim mingga yaqin mahallamizda o‘tkazilayotgan xalq sayillarida, bayram tantanalarida o‘z ifodasini topadi.

    Ko‘p ming yillik anʼanalar va zamonaviy qadriyatlarimizni o‘zida mujassam etgan mahalla tizimining hayotimizdagi o‘rni va taʼsiri tobora ortib bormoqda.

    Ayniqsa, turli muammo va masalalarni mahallaning o‘zida hal etayotganimiz islohotlarimiz xalqchilligi va natijadorligini keskin oshirmoqda.

    Zero, yoshlar tarbiyasi, osoyishtalikni taʼminlash, kambag‘allikni qisqartirish, aholini tadbirkorlikka jalb etish, ijtimoiy himoya va xotin-qizlar faolligini kuchaytirish, ekologiya va obodlik kabi biri-biridan muhim vazifalar mahalla yettiligi tizimi orqali samarali yechim topmoqda.

    Maʼlumki, bu yil yurtimizda mahalla raislari saylovlari bo‘lib o‘tadi.

    Xalqimiz ushbu masʼuliyatli jarayonda  fidoyi va vatanparvar yurtdoshlarimiz uchun ovoz beradi, deb ishonaman.

    Mahallalarni har tomonlama rivojlantirish bundan buyon ham eʼtiborimiz markazida bo‘ladi.

    Fursatdan foydalanib, ertaga – 22 mart kuni mamlakatimizda keng nishonlanadigan Mahalla tizimi xodimlari kuni bilan barcha yurtdoshlarimizni, mahalla faollarini samimiy tabriklab, ularning sharafli faoliyatida ulkan yutuqlar tilayman.

    Qadrli vatandoshlar!

    Navro‘z azaldan xalqimizning milliy va umumbashariy qadriyatlarga, dunyoviy davlat tamoyillariga, bag‘rikenglik, chin do‘stlik va hamkorlik g‘oyalariga sodiqligining yaqqol ramzidir.

    Bu ayyom yurtimizdagi barcha millat va elat vakillari uchun sevimli, tom maʼnoda umumxalq bayramiga aylangan.

    Mana shu quvonchli lahzalarda butun xalqimizga murojaat qilib aytmoqchiman:

    bizning kuchimiz – birlik va ahillikda, 

    qudratimiz – Vatanga mehr va sadoqatda, 

    yutug‘imiz – o‘zimizga bo‘lgan yuksak ishonchimizda!

    Navro‘z Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan xalqaro bayram sifatida eʼtirof etilgani bizga alohida mamnuniyat bag‘ishlaydi.

    Navro‘zi olam hozirgi kunda barcha elu elatlarni, jumladan, Markaziy Osiyo xalqlarini yanada jipslashtirmoqda.

    Bugungi imkoniyatdan foydalanib, bepoyon mintaqamizda yashayotgan jamiki sof niyatli insonlarni el-yurtimiz nomidan qizg‘in tabriklayman.

    Tom maʼnoda do‘stlik, qardoshlik va hamkorlik makoniga aylanayotgan mintaqamiz hamisha tinch bo‘lsin, hamisha gullab-yashnasin!

    Shu o‘rinda mintaqamizning hurmatli ziyolilari, ilm-fan, madaniyat, sanʼat va adabiyot namoyandalariga murojaat qilib aytmoqchiman.

    Aziz do‘stlar, sizlar noyob isteʼdodingiz, aql-tafakkuringiz bilan azaliy qardoshligimizni, mushtarak qadriyat va urf-odatlarimizni, ezgu intilishlarimizni tarannum etadigan asarlar yaratib,

    yoshlarimizni ayni shu ruhda tarbiyalashga hissa qo‘shsangiz, xalqlarimiz sizlardan albatta minnatdor bo‘ladi.

    Bunday barkamol ijod namunalari bugungi tahlikali davrda ellarimiz, ayniqsa, yosh avlodlarimizga mustahkam maʼnaviy qalqon bo‘lib xizmat qilishi shubhasiz.

    Shu oy oxirida qadimiy Xo‘jand shahrida O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston yetakchilarining uch tomonlama uchrashuvi mana shu yo‘lda yana bir amaliy qadam bo‘ladi, deb ishonaman.

    Fursatdan foydalanib, bugungi bayramimizda ishtirok etayotgan xorijiy davlatlarning muhtaram elchilarini, barcha diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar vakillarini Xalqaro Navro‘z kuni bilan samimiy qutlaymiz.

    Mamlakatlaringiz va xalqlaringizga do‘stlik salomini yo‘llaymiz.

    Muhtaram vatandoshlar! 

    Ushbu unutilmas, dilbar lahzalarda siz, azizlarni, barcha-barcha yurtdoshlarimizni Navro‘z bayrami bilan yana bir bor qutlayman.

    Har bir xonadonga, butun yurtimizga tinchlik, baxtu saodat va fayz-u baraka tilayman!

    Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!

    Navro‘zi olam muborak bo‘lsin!

    21 mart, 10:36   Izoh (0)   2517
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Prezident#Navro'z

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Metrodagi transport vaziri, “peshexod”dan o‘tolmayotgan Adham Ikromov: Toshkentda “Avtomobilsiz kun” tadbiri bo‘lib o‘tmoqda

    29.03.2024, 13:19

    O‘zbekistonda avia, temiryo‘l va avtobus chiptalarini yagona onlayn platformadan olish imkoni yaratiladi

    23.07.2024, 12:24

    Sanʼatkorlardan o‘qituvchilargacha: Shavkat Mirziyoyev Mustaqillik bayrami arafasida qator soha vakillarini mukofotladi

    24.08.2024, 15:32

    “Har bir yosh toifasidagi inson bog‘da o‘z joyini topa olsin” – prezident qurilish va obodonlashtirish loyihalari taqdimoti bilan tanishdi

    11.12.2024, 19:44

    Foto: “Daryo”dan 2024-yilning e’tiborga molik suratlari

    30.12.2024, 21:08

    Prezident huzuridagi Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoatchilik kengashi va ekspert guruhlari tarkibi tasdiqlandi

    31.12.2024, 10:07

    Hindistonlik raqibasining qo‘lini siqmagani ortidan tanqidlarga uchragan Nodirbek Yakubboyev, Andijonda 11 yoshli qizini kaltaklab o‘ldirgan erkak, harakatlanish 3...

    27 yanvar, 22:45

    Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jo‘mart To‘qayev telefon orqali muloqot qildi 

    18 mart, 16:02

    Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmon bilan “Markaziy Osiyo plyus” formatidagi sammitlarga tayyorgarlik ko‘rish masalasini muhokama qildi

    18 mart, 17:18

    Shavkat Mirziyoyev Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qildi. Nimalar muhokama qilindi?

    18 mart, 17:46

    Toshkentda yakunlangan isitish mavsumi, “Tashabbusli byudjet”dan chetlatiladigan ayrim loyihalar, yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan Temu marketpleysi: 18-ma...

    18 mart, 23:15

    Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedov bilan muhim forum va anjumanlarni o‘tkazish masalasini muhokama qildi

    19 mart, 17:10

    Maoshi oshiriladigan bog‘cha va maktab direktorlari, narkotik modda bilan qo‘lga tushgan “Hududiy elektr tarmoqlari” Jizzax filiali direktori, ekofaollar uchun ta‘...

    19 mart, 23:35

    O‘zbekistonda Kichik biznes uyushmasi tashkil etiladi 

    20 mart, 09:06

    Prezident Toshkentda qurilgan High Town City majmuasini borib ko‘rdi

    20 mart, 14:43

    “Buyuk ipak yo‘li”dan TTZ dahasigacha 10 ta metro bekati quriladi

    20 mart, 14:59

    Zelenskiy urushni hozirgi to‘qnashuv chizig‘i bo‘ylab tugatishga qarshi chiqdi

    20 mart, 16:00

    Shavkat Mirziyoyev Bektemirdagi maktabda bo‘lib, pedagoglar bilan muloqot qildi (foto)

    20 mart, 17:12

    Jizzax viloyati hokimligi byudjet taqchilligiga qaramay, 1,8 mlrd so‘mga Tahoe va Traverse avtomobillarini sotib olmoqchi

    20 mart, 17:30

    Shavkat Mirziyoyev Bektemir tumanidagi yangi bog‘ga ko‘chat ekdi (foto)

    20 mart, 17:16

     Shavkat Mirziyoyev mahallalarning birida sumalak saylida qatnashdi (foto)

    20 mart, 18:16

    Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev ikki mamlakatning birodar xalqlarini Navro‘z bilan qutladi

    20 mart, 19:19

    Samarqandda noqonuniy qum-shag‘al qazib olinishi oqibatida 2,7 mlrd so‘m zarar yetkazildi

    20 mart, 20:20

    Portugaliya prezidenti parlamentni tarqatib yubordi va yangi saylov muddatini belgiladi 

    20 mart, 20:05

    Xalqaro Olimpiya qo‘mitasiga ilk marotaba ayol kishi prezident etib saylandi

    20 mart, 21:41

    Andijonda bir yilda qancha mansabdor korrupsiya ortidan javobgarlikka tortilgani ochiqlandi

    20 mart, 23:15

    Jizzaxda sodir bo‘lgan ayanchli YTH, asosiy stavkani 0,5 foiz bandga oshirgan Markaziy bank, TTZ dahasigacha quriladigan metro bekatlari: 20-martning eng muhim xab...

    20 mart, 22:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Golden House’dan “O‘z Makon”: Toshkentdagi shahar hayotining yangi mezoni


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Mobiuz xodimlari onkologik va gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarga yordam ko‘rsatdi


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    President Tech Award: 1 000 000 dollarlik sovrin jamg‘armasiga ega innovatsion loyihalar milliy tanlovi boshlandi


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati

     

    Tavsiya etamiz

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36

    G‘azodagi ayol va qizlar: Isroil qamali ostida ularning hayoti qanday kechmoqda? (foto)

    13 iyun, 08:31
    Audio Icon

    “Hokim uyingni ekskavator bilan buzib tashlayman deb po‘pisa qilyapti”, — Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berilmadi

    11 iyun, 20:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Superliga. “Paxtakor” “Bunyodkor” bilan, “OKMK” esa “Sho‘rtan” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 14 iyun, 22:18

    Aktrisa Fotima Rejametova o‘zini osib qo‘ygan qo‘shnisi yuzasidan murojaat bilan chiqdi (video)

    O‘zbekiston | 14 iyun, 22:02

    Ombudsman Toshkentdagi hibsxonada ayol uzoq vaqtdan beri saqlanayotganiga izoh berdi

    O‘zbekiston | 14 iyun, 21:50

    50 daqiqalik suhbat: Putin va Tramp Yaqin Sharqdagi keskinlashgan vaziyatni muhokama qildi

    Dunyo | 14 iyun, 21:20

    ChatGPT’dan diniy savollarga javob olish joizmi? Musulmonlar idorasi javob berdi

    O‘zbekiston | 14 iyun, 21:18

    Tailand va Kamboja chegara mojarosini hal qilish uchun uchrashuv o‘tkazdi

    Dunyo | 14 iyun, 21:10

    Endryu Robertson “Atletiko”ga o‘tishi kutilmoqda

    Sport | 14 iyun, 20:57
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.