• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    “Oskar” sari yo‘l: Kiran Kalkin qanday qilib akasini ortda qoldirib, Gollivudning yangi yulduziga aylandi?

    2025-yilda mashhur oila vakili o‘zining birinchi “Oskar” haykalchasiga sazovor bo‘ldi. Uning raqobatchilari orasida Yura Borisov ham bor edi. Akasining soyasidan chiqib, o‘z yo‘lini topgan bu aktyorning ijodiy faoliyati qanday rivojlangan?

    Hozirda Kiran Kalkinlar oilasining eng mashhur vakili — 30 yil davomida bu unvon Makoleyga tegishli edi. Biroq Kiran ham bu vaqt ichida salmoqli filmografiya va nufuzli mukofotlarga ega bo‘ldi. Bundan tashqari, “Haqiqiy og‘riq” filmi Kalkinning yagona ahamiyatli asari emas.

    Akasining soyasida

    Bo‘lajak aktyor 1982-yil 30-sentyabrda Nyu Yorkda telefonchi ayol va Brodvey aktyori oilasida dunyoga keldi. Oila boshlig‘i Kristofer Kalkinning moliyaviy qiyinchiliklari va ro‘yobga chiqmagan orzulari uni farzandlariga umid bog‘lashga majbur etdi. U yoshligidanoq bolalarini kastinglarga olib borar, biroq faqat Makoleydagina iste’dod borligiga ishonardi.

    Kiran ilk bor ikki yoshida Manhetten teatri sahnasiga chiqadi. 1995-yilda ota-onasi ajrashgach, aka-ukalarning onasi Patrisiya sobiq erini to‘ng‘ich o‘g‘li karyerasining barbod bo‘lishida ayblaydi. Oilaviy munosabatlar murakkabligiga qaramay, Kiran onasi bilan yaqin aloqada qoladi.

    Olamshumul mashhurlik yukini ko‘tara olmagan akasining taqdiri Kiran Kalkinga katta ta’sir ko‘rsatadi. Hatto karyerasi yuqoriga chiqqanda ham, u shovqin-surondan qochib, teatr pardasi ortida yashirinishni ma’qul ko‘radi. Kiran 40 yoshigacha hayotini kino bilan bog‘lashni istashiga ishonchi komil emasdi. Biroq u sanoat tendensiyalari ortidan quvlamasdan, sekin-asta o‘z muvaffaqiyat yo‘lini yaratdi.


    “Uyda yolg‘iz” (1990)

    Bosh rolga Makoley Kalkin tasdiqlanadi. Muvaffaqiyatdan ilhomlangan Kristofer Kalkin boshqa farzandlaridan ham foydalanishga uringan bo‘lsa-da, rejissyor faqat 6 yoshli Kiranni tanlaydi. “Uyda yolg‘iz” filmida yosh aktyor Kevinning amakivachchasi va oilaning eng kichik a’zosi Fuller Makkalister rolini ijro etadi. 

    Albatta, barcha shuhrat akasiga nasib etadi, ammo Kiran uchun bu rol katta kinoga qo‘yilgan ilk qadam bo‘lib, shu paytgacha u reklamalarda suratga tushib yurardi. Kiran Fuller roliga “Uyda yolg‘iz 2” filmida qaytadi, bu film ham katta muvaffaqiyat qozonadi.

    “Kelinning otasi” (1991)

    Makoleydan farqli o‘laroq, Kiran oilasi tomonidan hech qanday bosimni his qilmagan. Otasi o‘g‘lida iste’dodni ko‘rmagan, uning filmlardagi ishtiroki uchun millionlab gonorar talab qilmagan. Aynan shu narsa Kiran Kalkinga akasining taqdiridan qutulishga imkon beradi, chunki akasining Gollivuddagi karyerasi tez orada to‘xtaydi. Kiran ikkinchi darajali, ba’zida esa hatto uchinchi darajali rollar bilan qanoatlanadi.

    Uning bolalar filmografiyasidagi eng e’tiborga loyiq loyihalardan biri “Kelinning otasi” bo‘ldi. Bu Kiranning kinodagi ikkinchi roli edi. Stiv Martin va Dayan Kiton ishtirok etgan komediya katta muvaffaqiyat qozonib, BMI kino mukofotiga sazovor bo‘ladi. Tomoshabinlar Kalkin kelinning ukasi rolini a’lo darajada ijro etganini ta’kidlaydi. Bu ishi uchun u “Yosh ijodkor” mukofotiga nomzod etib ko‘rsatiladi.

    “Vinochilar qoidalari” (1999)

    Ikkinchi jahon urushi avj olgan paytda AQSH shimoli-sharqidagi bolalar uyida fojia yuz beradi. Gomer Uellsning tarbiyalanuvchilaridan biri (Tobi Maguayr) shifokor yordamchisi bo‘lib ishlaydi. Kendi (Sharliz Teron) va uning frontga ketayotgan sevgilisi bilan uchrashgandan so‘ng, u dunyoni ko‘rish vaqti keldi deb qaror qiladi. Kiran Kalkin Gomerga qattiq bog‘langan eng yosh yetimlardan biri — Baster rolini o‘ynaydi.

    Baster obrazi ekranda ko‘p ko‘rinmasa-da, “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘lgan “Vinochilar qoidalari” filmi chiqqandan so‘ng, Kiran mustaqil san’atkor sifatida tilga olinadi. Keyinchalik uni faqat Makoley bilan bog‘lamay qo‘yishadi.

    “Cho‘kayotgan Igbi” (2002)

    O‘smirlik davri haqidagi tragikomediyada bosh rolni ijro etish Kiran Kalkin uchun katta yutuq bo‘ldi. Yosh Igbi Nyu Yorkning yuqori tabaqasi va oilasiga qarshi bosh ko‘taradi. Yigit isyonkor kayfiyatda, biroq kinoya ortida yolg‘izlik va tushunilishga bo‘lgan ishtiyoq yashiringan. “Cho‘kayotgan Igbi” filmi Kiranga dramatik aktyor sifatidagi iste’dodini namoyon etish imkonini berdi. Bu ish unga ko‘plab mukofotlar keltirdi, shuningdek, u ilk bor “Oltin globus”ga nomzod etib ko‘rsatildi.

    Kalkinning xotirlashicha, aynan o‘sha paytda o‘zini birinchi marta haqiqiy aktyor sifatida his qilgan: u personaj xarakterini qanday rivojlantirish va suratga olish maydonida ishlash nimani anglatishini tushuna boshlagan. Bu besh hafta uning uchun aktyorlik kurslari o‘rnini bosadi. Xuddi shu yili Kiran yana bir loyihada — “Xavfli o‘yinlar”da qatnashadi. Ammo muvaffaqiyat cho‘qqisida Kalkin tanaffus olishga qaror qilib, o‘zini teatrga bag‘ishlaydi.

    “Qog‘oz odam” (2009)

    Yozuvchi Richard Dann (Jeff Daniels) bestseller yaratishni orzu qiladi, ammo uning kitoblari ko‘p urinishlarga qaramay, xaridorgir emasdi. Kutilmaganda u Ebbi (Emma Stoun) bilan tanishib qoladi. Ebbi uning do‘stiga aylanadi va ijodiy inqirozni yengishga yordam beradi. Kiran Kalkin Ebbining xayoliy do‘sti rolini ijro etadi, u Ebbiga yashirincha oshiq edi.

    “Qog‘oz odam” filmi aktyor uchun kinoga shov-shuvli qaytish bo‘lmaydi, biroq unga Emma Stoun bilan tanishish imkonini beradi. Sevishganlar ikki yil birga bo‘lishadi, so‘ng ajralishadi. Shunday bo‘lsa-da, aktyorlar do‘stona munosabatlarini saqlab qolishadi va “Muvi 43” komediyasida birga suratga tushishadi. O‘sha paytga kelib Kalkin allaqachon Jazz Chartonga uylangandi.

    “Haqiqiy og‘riq” (2024)

    Muvaffaqiyatli aktyorlikdan istiqbolli rejissorlikka o‘tgan Jessi Ayzenbergning filmi amakivachchalar — Devid va Benji haqida hikoya qiladi. Ular buvilarining urush paytidagi boshidan kechirganlarini bilish maqsadida Polsha bo‘ylab sayohatga chiqishadi. Kutilmaganda omadsiz Benji roli Kalkinga ko‘plab sovrinlar va tanqidchilar e’tirofini keltiradi. “Oskar”dan tashqari, aktyor “Oltin globus”, BAFTA, Aktyorlar gildiyasi mukofoti hamda Critics Choice Awards mukofotlarini qo‘lga kiritadi.

    Dastlab Ayzenbergning o‘zi bebosh aka rolini o‘ynashni rejalashtirgan, biroq loyiha prodyuseri Emma Stoun uni rejissyorlikka e’tibor qaratishga ishontiradi. Kiran Kalkin nomzodini “Vorislar” serialining katta muxlisi bo‘lgan Ayzenbergning singlisi taklif etadi. Jessining o‘zi Kirani faqat “Uyda yolg‘iz” filmidagi roli orqaligina bilardi.

    E’tiborli jihati shundaki, Kalkin suratga olishlardan bir yil oldin shartnoma imzolagan bo‘lsa-da, so‘nggi daqiqalarda xotini bilan uzoq vaqt ko‘risholmasligi sababli ikkilana boshlaydi. Shunda Stoun ayyorona usul qo‘llab, agar Kiran rad etsa, “Haqiqiy og‘riq” loyihasi barbod bo‘lishini aytadi. Bu suhbatdan so‘ng aktyor hech ikkilanmay Polshaga chipta oladi.

    Aytgancha, Kiran “Oskar” marosimida nutq so‘zlar ekan, agar g‘olib bo‘lsa, rafiqasi unga to‘rtinchi farzand sovg‘a qilishga va’da berganini mamnuniyat bilan aytib o‘tdi.

    6 mart, 17:25   Izoh (0)   5380
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Gollivud#aktyorlar

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Leonardo Di Kaprio, Tom Kruz va mashhur filmlarni suratga olish vaqtida jarohat olgan Gollivud aktyorlari

    28 yanvar, 17:42

    Mashhur film yoki serialdagi roliga g‘ayrioddiy sabablarga ko‘ra rozi bo‘lgan Gollivud aktyorlari

    30 yanvar, 18:45

    Mashhurlik cho‘qqisiga yetganda kinoni tark etgan jahon yulduzlari 

    31 yanvar, 18:51

    O‘zbek dublyajining yangi istiqbollari

    6 fevral, 12:00

    Jeki Chan, Van Damm va boshqa jangari filmlar yulduzlarining qizlari qanday ko‘rinishda? (foto)

    13 fevral, 13:15

    Kianu Rivz Gollivuddagi eng mehribon va kamtar aktyor ekanini isbotlovchi holatlar

    15 fevral, 10:15

    “Tom va Jerri” 85 yoshda: bolaligimizni yodga soluvchi multfilm qanday yaratilgan?

    17 fevral, 09:36

    Bolalarning so‘nggi tilagini amalga oshirgan, uysizlarga yordam bergan va boshqa insoniylik fazilatlari bilan tanilgan Gollivud aktyorlari

    18 fevral, 15:02

    Atigi birgina roli bilan karyerasini saqlab qolgan Gollivud aktyorlari

    18 fevral, 12:37

    To‘y yaqin: xonanda Selena Gomes va prodyuser Benni Blanko 35 mln dollarga hashamatli uy xarid qildi

    20 fevral, 16:40

    Muhabbatning ko‘zi ko‘r: Gollivud yulduzlarining iztirobli sevgi hikoyalari

    20 fevral, 09:43

    Hind kinosining bir nechta tilda erkin so‘zlasha oladigan yulduzlari  

    21 fevral, 15:49

    Mashhur shpagat, Gollivudga yo‘l ochgan “Qonli Sport” filmi, uyqu doriga qaramlik — Van Damning hayot yo‘li

    25 fevral, 11:48

    Jennifer Lopes Afflek bilan ajrashganidan keyin 21 mln dollarga hashamatli uy sotib oldi

    25 fevral, 09:40

    Kir yuvish mashinasi, gramafon, qahva mashinasi: Gollivud yulduzlari ilk gonorariga nima xarid qilgan?

    26 fevral, 14:35

    Olamshumul mashhurlikdan so‘ng g‘oyib bo‘lib, ulg‘aygandan keyingina ekranlarga qaytgan aktyor bolalar

    28 fevral, 14:56

    Gollivud aktyorlari va ularning dublyorlari (foto) 

    28 fevral, 19:10

    “O‘rgimchak odam” trilogiyasining aktyorlari 23 yildan so‘ng qanchalik o‘zgargan?

    1 mart, 12:55

    24 ta asosiy nominatsiya: “Oskar” kimga berilishini kim hal qiladi?

    3 mart, 15:35

    Mashhur rollaridan voz kechishga majbur bo‘lgan Gollivud aktyorlari

    3 mart, 14:45

    2024-yilda eng ko‘p gonorar olgan Gollivud aktyorlari reytingi e’lon qilindi

    4 mart, 13:39

    Gollivudda suratga tushgan koreyalik aktyorlar

    4 mart, 17:35

    O‘z ismi bilan emas, taxallusi bilan mashhurlikka erishgan jahon yulduzlari

    5 mart, 20:30

    Instagram: Egizak nevarali bo‘ladigan Valijon Shamshiyev, yangi avtomobil xarid qilgan Feruza Normatova, imidjini o‘zgartirgan Alfiya kampir

    6 mart, 09:46
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Manchester Siti” sobiq futbolchisini ortga qaytaradi — Romano

    Sport | 25 iyul, 22:50

    Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 25 iyul, 22:39

    “Amerikaliklarning 53 foizi Epshteyn ishi Tramp tufayli e’lon qilinmayapti deb hisoblaydi” — so‘rovnoma

    Dunyo | 25 iyul, 22:15

    “Kanada Falastin davlatining BMTda tan olinishiga intilmoqda” — Mark Karni

    Dunyo | 25 iyul, 21:53

    ESPN. Dunyoning eng yaxshi bokschilari reytingi yangilandi

    Sport | 25 iyul, 21:45

    Braziliya AQSHni prezidentga qarshi to‘ntarish tayyorlashda gumon qilmoqda

    Dunyo | 25 iyul, 21:27

    Moskvada 50 yoshli nogironni o‘ldirgan o‘zbekistonlik migrantga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    Dunyo | 25 iyul, 20:50

    “Yuventus” “Chelsi”ning Kenan Yildiz bo‘yicha taklifini rad etdi

    Sport | 25 iyul, 20:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.