Daryo

“Biz iqtisodiy taraqqiyotni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoya, sog‘liqni saqlash sohalarini takomillashtirishga qaratilgan islohotlarni davom ettirishga qatʼiy kirishganmiz” — Saida Mirziyoyeva

Jahon savdo tashkiloti, Jahon banki va Xalqaro valyuta jamg‘armasi ko‘magida yuqori darajadagi konferensiya o‘tkazildi

1 daqiqa o‘qish11 338 ko‘rishlar0 izoh0

Jahon savdo tashkiloti, Jahon banki va Xalqaro valyuta jamg‘armasi ko‘magida bugun, 5-iyun kuni yuqori darajadagi konferensiya o‘tkazildi.

Foto: Saida Mirziyoyeva / Telegram

Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyevaning maʼlum qilishicha, ushbu tadbirda O‘zbekistonning JSTga qo‘shilish yo‘lidagi shahdam qadamlari yana bir bor namoyon bo‘ldi.

Foto: Saida Mirziyoyeva / Telegram

“Biz iqtisodiy taraqqiyotni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoya, sog‘liqni saqlash hamda taʼlim sohalarini takomillashtirish, shunigdek, qonun ustuvorligini taʼminlashga qaratilgan islohotlarni davom ettirishga qatʼiy kirishganmiz. Biz bu yo‘ldan aslo chekinmaymiz, yurtimizning taraqqiyot manzili – aynan shu. 

Foto: Saida Mirziyoyeva / Telegram

Bunday maqsadlarga faqat sifatli investitsiyalar va qo‘shimcha qiymat yaratishning global zanjirlariga bog‘lanib erishish mumkin. 

JST rahbariyatining bizni bu qadar qo‘llab-quvvatlashi va ishonch bildirishi yuksak bahoga loyiq”, — deb yozadi Saida Mirziyoyeva.

Foto: Saida Mirziyoyeva / Telegram
Foto: Saida Mirziyoyeva / Telegram

Avvalroq, Saida Mirziyoyeva “O‘zbekistondagi iqtisodiy islohotlar va Jahon savdo tashkilotiga aʼzo bo‘lish jarayoni” konferensiyasi doirasida JST bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan uchrashuv o‘tkazgani haqida xabar berilgan edi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar