• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston jahon savdo tashkilotiga kirishi kerakmi?

    Hozirga kunda, O‘zbekiston oldida Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishdek muhim vazifa turibdi. Ayni paytda, mamlakat bu boradagi muzokaralarni faollashtirishga kirishish bosqichida.Shu munosabat bilan Biznes-Daily muxbiri mustaqil ekspert, JST masalalari bo‘yicha huquqshunos Umida Haqnazarga bir necha savol bilan murojaat etdi.

    Foto: Biznes-Daily

    Foto: Biznes-Daily

    — Avvalo, Jahon savdo tashkilotining asosiy vazifasi, maqsadi, uning faoliyat tamoyillari haqida to‘xtalsangiz.

    — Jahon savdo tashkiloti mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro savdo muloqotlarini o‘tkazish va bu boradagi nizolarni hal etish imkoniyatini beruvchi global maydon hisoblanadi. Bugungi kunda dunyoning 164 ta davlati unga a’zo. BMT mamlakatlar o‘rtasidagi siyosiy munosabatlarni, Jahon savdo tashkiloti esa ular o‘rtasidagi savdo munosabatlarini tartibga soladi. Shu bilan birga, JSTda BMT va boshqa xalqaro institutlardan farqli o‘laroq, a’zo mamlakatlar tomonidan majburiy ravishda rioya etiladigan xalqaro savdo qoida va tamoyillaridan tashqari, savdo tartiblarini samarali qo‘llash va o‘zaro nizolarni hal etish mexanizmi mavjud. Tashkilotning asosiy xalqaro savdo tamoyillari haq-huquqlar cheklanmagan va halol raqobat qoidalaridan iborat. Agar adolatli raqobat qoi­dasi buzilsa, savdoda ham xatoliklar bo‘ladi. Barcha a’zo davlatlar tomonidan qabul qilingan qoida va tamoyillar esa, savdodagi ehtimolliklarni kafolatlovchi omil bo‘lib xizmat qiladi hamda, qulay investitsiya va sog‘lom raqobat muhitini yaratadi. Tashkilotga a’zo bo‘lgach, ko‘pgina rivojlanayotgan va kam rivojlangan mamlakatlarda taraqqiy topgan davlatlar bilan teng huquqda savdo muzokaralarida ishtirok etish va muammolar yuzasidan murojaat qilish imkoniyati paydo bo‘lgan. Albatta, bu jarayon mazkur mamlakatlarda iqtisodiy o‘sish va aholi farovonligini oshirishga yordam bergan. Umuman, JSTning asosiy vazifalari manfaatdor a’zo davlatlar o‘rtasida ko‘p tomonlama savdo muzokaralarini o‘tkazish, savdodagi nizolarni bartaraf etish, a’zo mamlakatlar milliy savdo siyosatini monitoring qilish, boshqa ixtisoslashgan xalqaro muassasalar bilan hamkorlik olib borishdan iborat.

    — Yaqinda JST bo‘yicha xalqaro ekspert Yovan Yekich mamlakatimizga tashrifi davomida davlat idoralari va biznes vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan seminarda qilgan ma’ruzasida hozirgacha mazkur tashkilot fao­liyatiga doir shakllangan ayrim fikrlar unchalik to‘g‘ri emasligini aytdi. Siz bu haqida nima deya olasiz?

    — Bu fikrlarga qo‘shilaman. JST xususida ko‘pgina yanglish va xato tasavvurlar borligi, haqiqat. Bu, asosan, mazkur tashkilot haqida axborotning yetarli emasligi, qoidalarining qanday ishlashini bilmaslik oqibati bo‘lib, haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan mulohazalardan iborat. Masalan, eng ko‘p tarqalgan fikrlardan birida JSTga a’zo bo‘lgach, barcha import bojlari avtomatik ravishda pasayishi, import mahsulotlari oqimining birdaniga ko‘payishi, natijada mahalliy ishlab chiqaruvchilarga zarar keltirishi ta’kid­lanadi. Aslida, unday emas. Tariflarning belgilangan darajasi bu, avvalo, o‘tkaziladigan muzokaralar natijasiga bog‘liq. A’zo bo‘layotgan davlat tariflar bo‘yicha o‘zining dastlabki takliflarini berganidan keyin o‘zaro muzokaralar tomonlarni qiziqtiruvchi aniq tovar pozitsiyalari bo‘yicha olib boriladi. Ba’zi tovar pozitsiyasi bo‘yicha tariflar muzokaralargacha qo‘llanilganidan ancha yuqori bo‘lishi mumkin. Masalan, Qirg‘iziston JSTga a’zo bo‘lish chog‘ida to‘qimachilik importi uchun bog‘liqlik darajasini bu paytgacha qo‘llanilib kelingan 10 foiz­dan 18 foizga ko‘tarishga erishgan. Bu mamlakat shu kabi bir qator ta’sirga ega tovarlarni hisobga olgan. Bunday misollarni yuqoridagi fikrlarning noto‘g‘ri ekanligini, ular ekspertlarning emas, balki eshitgan gapini haqiqat sifatida qabul qiladigan odamlarning tasavvurlaridan boshqa narsa emasligini isbotlovchi dalillar deyish mumkin.

    Tashkilotga a’zo bo‘lgach, qishloq xo‘jaligi sohasini subsidiyalash taqiqlanishi oqibatida bu tarmoq rivojlanishdan to‘xtashi bilan bog‘liq fikrlar ham kuchli asosga ega emas. To‘g‘ri, subsidiya sanoat tovarlariga man qilingan. Fan va tadqiqotlar, ta’lim yo‘nalishiga esa subsidiya bemalol beriladi va hatto bu ma’qullanadi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga esa bunday taqiq umuman yo‘q, faqat YaIMga nisbatan subsidiya hajmi chegaralangan, xolos. Rivojlangan mamlakatlar uchun YaIMning 5 foizi, rivojlanayotgan davlatlar uchun esa uning 10 foizi miqdorida subsidiya berilishiga yo‘l qo‘yiladi. Markaziy Osiyo mintaqasi, chunonchi O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga YaIMning nafaqat 10 foizi, hatto 5 foizi miqdorida ham subsidiya hech qachon berilmagan. Bunaqasi tushimizga ham kirmagan. Masalan, Tojikiston muzokaralar paytida qishloq xo‘jaligini YaIMning 8 foizi miqdorida subsidiyalashga kelishgan. Vaholanki, ushbu mamlakat tarixida bunday holat hali kuzatilmagan. O‘zbekistonning muzokarachilar guruhi tomonidan YaIMning 10 foizi emas, hatto 5 foizi miqdoridagi subsidiya qo‘lga kiritilsa ham bu katta yutuq bo‘ladi. Chunki, hozir davlat fermerlar mahsulotlariga bozor qiymatidan past narxda to‘laydi. JST qoidalari bo‘yicha esa subsidiya narxlar pasayishidan ko‘rilgan zararni qoplab berish demakdir.

    Yana bir haqiqatdan yiroq fikr haqida. Unga ko‘ra, JST kichik va kambag‘al davlatlar uchun emas, u boy mamlakatlar klubi. Bir tomondan to‘g‘ri, JST moliyaviy tomondan qo‘llab-quvvatlovchi xayriya yoki donorlik tashkiloti yoxud moliyaviy institut emas. Davlatlarning rivojlanganlik yoki rivojlanmaganlik darajasi esa JST tashkilotiga a’zolikka emas, balki iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy omillarga bog‘liq. Ammo, tashkilot a’zosi bo‘lgan har bir davlat teng ovozga ega ekanligi, qarorlar konsensus asosida qabul qilinishi bor gap. Agar tashkilot rahbar organining qarorini kichik davlat o‘z manfaatiga zid deb hisoblasa, uni inkor qilishi, kichik davlatning ham ovozi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin.

    — Xalqaro ekspertning ma’ruzasida “ta’sirchan tovar” iborasi ko‘p tak­rorlandi. U bilan bog‘liq jarayonning mazmuni haqida to‘xtalsangiz.

    — A’zo bo‘lish jarayonida barcha a’zo davlatlar bilan tovarlarga tariflar va xizmatlar bozoriga kirish bo‘yicha majburiyatlar yuzasidan muzokaralar o‘tkaziladi. Har qanday mamlakat iqtisodiyotida o‘zining alohida ahamiyat kasb etuvchi tarmoqlari mavjud. Nomzod davlat ayni shu sohalarga yuqori himoya tarifini mustahkamlashga harakat qiladi. Xuddi shunday tovarlar ta’sirchan tovar hisoblanadi. Masalan, O‘zbekiston uchun bunday tovarlar qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, jumladan, meva-sabzavotlar bo‘lishi mumkin. Hozir ularning import solig‘i 150 foizni tashkil etadi (30 foiz poshlina, 100 foiz aksiz, 20 foiz qo‘shilgan qiymat solig‘i va 0,2 foiz bojxona rasmiylashtiriluvi) va bu juda yuqoridir. Tashkilotga a’zo davlatlar ushbu tarifni pasaytirishni talab qilishi mumkin. Muzokaralar esa, ayni shu bois o‘tkaziladi. Lekin ta’kidlash kerakki, bizda YaIMga va aholi bandligiga jiddiy ta’sir o‘tkazishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi tarmoq deyarli yo‘q. YaIMdagi asosiy ulush xomashyo sektoriga to‘g‘ri keladi. Qayta ishlangan sanoat mahsulotlari yoki xizmatlar eksporti kam va ularning YaIMdagi hissasi unchalik ahamiyatli emas. Shuning uchun, hozircha ta’sirga ega tovarlar yoki ularga yuqori tariflarni taklif etish haqida aniq gap aytish qiyin.

    — O‘zbekiston hozirda mazkur tashkilotning kuzatuvchisi hisoblanadi. Bu nimani anglatadi? Kuzatuvchilik maqomi keyinchalik a’zolikka qabul qilish jarayonining kechishiga biror ta’sir ko‘rsatishi mumkinmi?

    — Har qanday davlat JSTga a’zo bo‘lib kirmoqchi bo‘lsa, bu haqida, eng avvalo, ariza taqdim etadi. Shu kundan boshlab ushbu mamlakatga kuzatuvchilik maqomi beriladi. Muzokaralar jarayoni yakunlangach, a’zolikka olish bo‘yicha qaror qabul qilinadi va mamlakat tashkilotning to‘la huquqli a’zosiga aylanadi. Kuzatuvchi davlat a’zo mamlakatga beriladigan huquqqa ega bo‘lmaydi. Unda tashkilotning turli tadbirlarida ishtirok etish, tashkilot ma’lumotlar bazasiga kirish va, albatta, ovoz berish imkoniyati yo‘q.

    — Ushbu xalqaro tashkilotga a’zolikning O‘zbekiston uchun afzalliklari nimalardan iborat?

    — Iqtisodiyotni taraqqiy toptirish uchun bozor mexanizmlarini rivojlantirish, xususiy sektorga imkoniyat yaratish, qo‘shilgan qiymatli mahsulotlarni eksport qilish va ish o‘rni barpo etish kerak bo‘ladi. Bunday maqsadga erishishda esa mamlakatda tizimli islohotlarni o‘tkazish katta rol o‘ynaydi. Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish ham bu borada muhim ahamiyat kasb etib, ishlab chiqarishni rivojlantirishda, eksportni o‘stirish va kengaytirishda, bozor islohotlarini davom ettirish barqarorligini ta’minlashda yordam berishi mumkin. Texnik tartibga solish, bojxona ma’muriyatchiligi, xizmat sohasidagi qonunchilik bo‘yi­cha institutsional islohotlar ishlab chiqarish, ilmiy-texnik rivoj­lanishning dunyo miqyosidagi jarayoniga integratsiya­lashuv imkoniyatini tezlashtiradi va osonlashtiradi. Bu ishbilarmonlik va raqobat muhitining yanada yaxshilanishiga olib keladi. JSTga a’zo bo‘lish alohida korxonalarga berilgan hammaga bir xil bo‘lmagan imtiyoz va tartiblarni bekor qilishni, korrupsiya darajasini kamaytirishni anglatadi. Xususiy sektor haqqoniy qoidalar bo‘yicha rivojlanadi. Masalan, paxta monopoliyasini bartaraf etish, fermer xo‘jaligiga nimani ekishni va bozor narxida sotishni erkin tanlash imkoniyatini beradi. Natijada yangi tarmoqlar vujudga keladi va, tabiiyki, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratiladi. Tashkilotga a’zolik yangi mahsulot va xizmatlar bo‘yicha yangi standart va qoidalarni shakllantiradigan turli xalqaro tashkilot va bitimlarda ishtirok etishga yo‘l ochadi. Yurtimizda dunyo mamlakatlariga eksport qilinadigan mahsulotlar ishlab chiqarish sharoitini tug‘diradi.

    — Muhim vazifalardan biri muzokaralar jarayonini tashkillashtirishdir. Bu borada, birinchi navbatda, qaysi jihatlarga e’tibor qaratish maqsadga muvofiq?

    — Eng avvalo, O‘zbekistonning muzokaralar guruhi tarkibiga JST muzokaralarining asosiy predmeti bo‘lgan masalalarga mas’ul turli vazirlik va idoralar vakillari kiritilishi darkor. Shuningdek, iqtisodiyot va savdo bo‘yicha vazir yoki vazir o‘rinbosari darajasida bosh muzokarachi tayinlanishi lozim. Muzokaralar barcha tovar nomenklaturasi va xizmatlar sektori bo‘yicha olib boriladi. Shu bois, muzokaralar guruhida iqtisodiyotda O‘zbekiston uchun zarur bo‘lgan tizimli islohotlarning mazmun-mohiyati haqida to‘liq tushuncha bo‘lishi lozim. Tovarlar bo‘yicha muzokaralarda a’zo mamlakatlar tomonidan import uchun hammaga bir xilda bo‘lmagan aksiz solig‘ini bartaraf qilish talabi qo‘yilishi tayin. Bunga e’tibor qaratish kerak. Shuningdek, tariflar bo‘yicha metodologiyani taqdim etish lozim bo‘ladi. Xizmatlar bo‘yicha muzokaralar qiyinroq kechishi mumkin. Axborot texnologiyalari bozoriga kirishdagi cheklovlarga barham berishga to‘g‘ri keladi. Chunki, barcha sektor va tarmoqlarning rivoji uchun aynan axborot texnologiyalari juda zarur. Muzokaralarda talab qilinadigan yana bir jihat bu o‘z texnologiyasi va bilimini jalb qiluvchi investorlar uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish bilan bog‘liq. Moliya va bank sektori hamda sug‘urta sohasidagi tartib-tamoyillarning oshkoraligi muzokaralar paytida ko‘tariladigan masalalar qatoriga kiradi. Ko‘pgina xizmat turlarini litsenziyalash jarayo­nini litsenziya olish mezonlarining shaffofligi nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqish talab etiladi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, muzokaralarning samarali va professional darajada kechishi uchun tegishli guruhlarning rahbarlari, xodimlari, mutaxassislari hamda bosh­qa jalb qilinganlar, shuningdek, xususiy sektor vakillariga mo‘ljallangan treninglar, o‘quv seminarlarini o‘tkazish maqsadga muvofiqdir.Tashkilotga a’zo bo‘lib kirish va undan keyingi jarayonlarda turli xalqaro institutlar tomonidan ko‘rsatiladigan texnik ko‘mak sezilarli ahamiyat kasb etishi shubhasiz. Shu bois, bunday yordamlardan oqilona foydalanish kelgusida JST doirasida mamlakat savdo siyosatini amalga oshiruvchi savdo huquqshunoslari, iqtisodchilari va muzokarachilari kabi kadrlarni yetishtirish va tarbiyalash uchun zamin yaratadi.

    09.02.2018, 15:42   Izoh (0)   14391
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Oqqo‘rg‘onda IShID a’zosi 10 yilga ozodlikdan mahrum etildi

    09.02.2018, 15:01

    Shavkat Mirziyoyev Olmazor tumanida Qichqiriq kanali bo‘yida bunyod etilayotgan bog‘ loyihasi bilan tanishdi

    09.02.2018, 14:36

    “O‘zbekneftgaz” va Xitoyning Shenergy Company Limited kompaniyasi ikki tomonlama hamkorlikni muhokama qildi

    09.02.2018, 14:12

    Farg‘onada Alisher Navoiy tavalludining 577 yilligi munosabati bilan tadbir o‘tkazilmoqda

    09.02.2018, 13:53

    Shavkat Mirziyoyev “Navro‘z” madaniyat va istirohat bog‘i loyihalari bilan tanishdi

    09.02.2018, 13:38

    AQShda o‘tadigan xalqaro musobaqada O‘zbekiston sharafini Toshkentning Vestminster universiteti jamoasi himoya qiladi

    09.02.2018, 13:28
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Kolumbiyada ko‘chki sabab halok bo‘lganlar soni 22 nafarga yetdi (video)

    Dunyo | 28 iyun, 23:10

    Iyul oyining ilk kunlarida havo harorati 42 darajagacha ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 22:45

    Superliga. “Qizilqum” so‘nggi daqiqalarda gol urib, mag‘lubiyatdan qutilib qoldi

    Sport | 28 iyun, 22:41

    Ukraina: Odessada qurbonlar soni 14 nafarga yetdi

    Dunyo | 28 iyun, 22:20

    Italiyaning ko‘plab shaharlarida jazirama sabab “qizil” ogohlantirish e’lon qilindi

    Dunyo | 28 iyun, 21:55

    30 dan ortiq dron urib tushirildi — Rossiya Mudofaa vazirligi

    Dunyo | 28 iyun, 21:25

    “Istanbul Rossiya va Ukraina tinchlik muzokaralarining uchinchi raundini o‘tkazishga tayyor” — Turkiya

    Dunyo | 28 iyun, 21:05

    Superliga. “Navbahor” Namanganda “Mashʼal”ga javobsiz oltita gol urdi

    Sport | 28 iyun, 21:04
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.