Daryo

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashuv o‘tkazdi

Suhbat chog‘ida O‘zbekistonning JSTga qo‘shilishi davlat rahbari uchun o‘ta muhim ustuvor masala ekaniga alohida eʼtibor qaratildi

1 daqiqa o‘qish7 910 ko‘rishlar0 izoh0

Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva “O‘zbekistondagi iqtisodiy islohotlar va Jahon savdo tashkilotiga aʼzo bo‘lish jarayoni” konferensiyasi doirasida JST bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: Saida Mirziyoyeva / Telegram

Suhbat chog‘ida O‘zbekistonning JSTga qo‘shilishi davlat rahbari uchun o‘ta muhim ustuvor masala ekaniga alohida eʼtibor qaratildi. 

Foto: Saida Mirziyoyeva / Telegram

Ngozi Okonjo-Iveala O‘zbekistonda olib borilayotgan ishlarni yuksak baholab, Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilish yo‘lidagi harakatlarni to‘la qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar