“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Kazemiro 2025/26-yilgi mavsum Angliya Premyer Ligasida qaysi jamoa chempionlikni qo‘lga kiritishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.

Braziliyalik futbolchi British GQ nashriga bergan intervyusida “Bu mavsum Angliya Premyer Ligasida qaysi jamoa chempionlikni qo‘lga kiritadi?” degan savolga qisqa, ammo aniq javob berdi:
“Manchester Yunayted.”
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda Ruben Amorim boshchiligidagi “Manchester Yunayted” Angliya Premyer Ligasi doirasidagi 38 o‘yinda atigi 42 ochko to‘plab, turnir jadvalida 15-o‘rinni egallagan edi. Shuningdek, klub Yevropa Ligasi finaliga yo‘llanma olgan edi, biroq hal qiluvchi bahsda “Tottenhem”ga mag‘lub bo‘lib, Yevropa Chempionlar Ligasi yo‘llanmasidan mahrum bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, “Manchester Yunayted” yangi mavsumdagi ilk uchrashuvini 17-avgust, yakshanba kuni “Old Trafford” stadionida Mikel Arteta boshqaruvidagi Londonning “Arsenal” klubiga qarshi o‘tkazadi.
Izoh (0)