• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Layfstayl Kino

    Umrboqiy muhabbat: hissiyotlar falokatdan kuchli ekanini isbotlovchi 5 ta film

    Ba’zan haqiqiy tuyg‘ular eng xavfli vaziyatlarda yagona tayanch bo‘lib qoladi. Aynan hissiy bog‘liqlik bosh qahramonlarga sinovlardan o‘tishga yordam beradi va nima uchun kurashish kerakligini eslatadi. Quyidagi filmlarni ko‘rgandan so‘ng, yaqinlaringizni mahkamroq quchoqlash va odatda “keyinroqqa” qoldiradigan so‘zlaringizni aytish istagi paydo bo‘lishi aniq.

    “Armageddon”

    Лив Тайлер и Бен Аффлек в фильме «Армагеддон»

    Yer tomon uchib kelayotgan asteroid ko‘rinishidagi qiyomat tahdidi ostida ham omon qolishga erishgan sevgi qissasi. Keng miqyosli portlashlar fonida rejissyor Maykl Bey tomoshabinni maxsus effektlardan kam bo‘lmagan darajada hayajonga soladigan ta’sirli sahnalarni mahorat bilan kiritadi: Bryus Uillis ijro etgan otaning qahramonligi va fojiali xayrlashuv sahnasi xotirada mangu muhrlanib qoladi.

    “Armageddon” filmi byudjeti 140 million dollardan oshgan bo‘lsa-da, biroq tez fursatda o‘zini oqladi va 1998-yilning eng ko‘p daromad keltirgan filmiga aylandi. Livning otasi Stiven Tayler boshchiligidagi Aerosmith guruhining “I Don’t Want to Miss a Thing” qo‘shig‘i film saundtreki sifatida to‘rt hafta davomida Billboard Hot 100 ro‘yxatida birinchi o‘rinni egallab turdi.

    “Oramizdagi tog‘lar”

    Кейт Уинслет и Идрис Эльба в фильме «Между нами горы»

    Samolyot halokatidan so‘ng, ikki begona shaxs aloqa vositalari, oziq-ovqat va yordam olish imkoniyatisiz muzli sahroda qolib ketadi. Idris Elba va Keyt Uinslet ijro etgan qahramonlar — shifokor Ben va jurnalist Aleks bir-biriga suyanishga majbur bo‘ladi.

    “Oramizdagi tog‘lar” filmi Charlz Martinning shu nomdagi romani asosida falastinlik-gollandiyalik rejissyor Hani Abu-Assad tomonidan suratga olingan. Film Kanadaning qorli tog‘larida suratga olingan bo‘lib, u yerda harorat minus 38 darajagacha pasaygan. Shunga qaramay, aktyorlar tabiiylikni saqlash uchun dublyorlardan voz kechgan. Ularning xavfsizligini ta’minlash maqsadida tog‘ga faqat bir nechta suratga olish guruhi a’zolarigina birga ko‘tarilgan. Keyt Uinslet o‘z suhbatida sovuq va baland tog‘lar havosi tufayli bu filmda suratga tushish “Titanik”dan ham qiyinroq bo‘lganini ta’kidlagan.

    “Imkonsiz”

    Наоми Уоттс и Юэн МакГрегор в фильме «Невозможное»

    Real voqealarga asoslangan film 2004-yilda Tailandda sodir bo‘lgan sunami paytida omon qolgan oila haqida hikoya qiladi. Bu tabiiy ofat 230 ming kishining umriga zomin bo‘lgan edi. Bosh rollarni Naomi Uotts va Yuen MakGregor ijro etgan bo‘lib, ularning qahramonlari vayronalar va tartibsizliklar orasida sarosimaga tushib, bir-birlarini izlashga urinadi. “Imkonsiz” filmi nafaqat yengib bo‘lmaydigan tabiat kuchlari haqida, balki har qanday sinovga bardosh bera oladigan muhabbat to‘g‘risida ham hikoya qiladi.

    Ispan rejissyori Xuan Antonio Bayon fojia ko‘lamidan ko‘ra oilaviy bog‘liqlik kuchiga ko‘proq e’tibor qaratadi. Film suratga olish ishlari ulkan suv havzasida olib borildi, u yerda aktyorlar oqim va bo‘ron ta’sirlari bilan kurashishga majbur bo‘lishdi. Ommaviy sahnalarda qatnashganlarning aksariyati sunamidan omon qolgan odamlar edi. Mariya rolini ijro etgani uchun Uotts “Oskar” mukofotiga nomzod bo‘ldi, yosh Tom Holland esa yil kashfiyotiga aylandi.

    “Dovul iskanjasida”

    Шейлин Вудли и Сэм Клафлин в фильме «Во власти стихии»

    Sheylin Vudli va Sem Klaflin ijrosidagi yosh juftlik romantik dengiz sayohatiga chiqadi, ammo bu sayohat eng kuchli bo‘ronlardan biri ularni ta’qib qilganda hayot-mamot kurashiga aylanadi. To‘liq izolyatsiya va yolg‘izlik sharoitida Vudlining qahramoni yaxtani boshqarishni o‘z zimmasiga oladi va imkonsiz ishni amalga oshiradi. Film 1984-yilda sayohatchi va yozuvchi Tami Li Oldxem boshidan kechirgan haqiqiy sevgi va halokat voqeasiga asoslangan.

    Rejissyor Baltasar Kormakur filmni deyarli to‘liq suvda, CGI dan kam foydalangan holda suratga oldi. Shu bois aktyorlar okeandagi haqiqiy yaxtada ishlashga majbur bo‘ldilar. Suratga olish ishlari atigi 5 hafta davom etdi, biroq shu qisqa vaqt ichida ham Vudli ba’zi oziq-ovqatlardan voz kechishiga va qat’iy ovqatlanish rejimiga rioya qilishiga to‘g‘ri keldi. Buning sababi uning qahramoni 41 kun davomida kemada oziq-ovqat va suvsiz qolgani edi.

    “Titanik”

    Леонардо Ди Каприо и Кейт Уинслет

    Leonardo Di Kaprio va Keyt Uinslet gavdalantirgan Jek va Rouz obrazlari eng hashamatli kemada uchrashib, bir-biriga ko‘ngil qo‘yishdi... Ularning uchrashuvi haqiqiy falokatning ko‘zgudagi aksi edi: ikkalasi ham o‘rganib qolgan hayot tarzini hisobga olsak, shunchalik farqli dunyolarning to‘qnashuvi ijobiy natijaga olib kelishi amrimahol edi.

    “Titanik” “Oskar” mukofotlarini qo‘lga kiritish bo‘yicha rekord o‘rnatdi: 14 ta nominatsiyadan 11 ta oltin haykalchani qo‘lga kiritdi, prokat daromadi 2 milliard dollardan oshdi va 15 hafta davomida Amerika kinoprokat reytingida peshqadamlik qildi. Filmning yakunida Selin Dion ijrosidagi “My Heart Will Go On” qo‘shig‘i mashhur bo‘lib ketdi, garchi dastlab rejissyor Jeyms Kemeron filmda qo‘shiqlardan foydalanishga qat’iyan qarshi bo‘lgan edi.

    18 iyul, 20:15   Izoh (0)   667
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Gollivud#filmlar#aktyorlar#kino#shou-biznes

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Film va seriallarda rol ijro etmay turib, ulardan mo‘maygina gonorar olgan aktyorlar (foto)

    27.11.2024, 15:57

    “Katta ajdarho”: qanday qilib Bryus Li Amerika kinosanoatini o‘zgartirib yubordi?

    30.11.2024, 18:30

    Gollivudning afsonaviy yulduzlari o‘rnini bosishi kutilayotgan yosh aktyorlar (foto) 

    11 yanvar, 11:25

    Mashhurlik cho‘qqisiga yetganda kinoni tark etgan jahon yulduzlari 

    31 yanvar, 18:51

    24 ta asosiy nominatsiya: “Oskar” kimga berilishini kim hal qiladi?

    3 mart, 15:35

    Gollivudda suratga tushgan koreyalik aktyorlar

    4 mart, 17:35

    Persona non grata: Gollivudning qora ro‘yxatiga tushgan aktyorlar

    27 mart, 18:45

    Yoshligida popkorn sotgan, Gollivud taklifini rad etgan va “yulduzlik kasalligi”ga chalingan Nurgul Yeshilchay 49 yoshda

    27 mart, 16:55

    Warner Bros. va Paramount kompaniyalari YouTube’dagi feyk treylerlardan daromad olmoqda

    1 aprel, 19:45

    O‘rtoq Saaxovning shlyapasi, Jek Nikolsonning boltasi: auksionda rekord narxga sotilgan mashhur filmlar rekvizitlari

    7 aprel, 09:47

    Xitoyning eng boy aktyorlari top-7 taligi: Bryus Lining ustozi Ip Man esa 4-o‘rinda

    12 aprel, 11:59

    Aktyorlikdan tashqari biznesda ham muvaffaqiyat qozongan Gollivud yulduzlari

    8 may, 00:00

    Farzandlarining aktyor bo‘lishini xohlamaydigan Gollivud yulduzlari

    11 may, 12:30

    “Psixo”dan “Parazitlar”gacha: kinematografiyani o‘zgartirib, kino sanoatida inqilob yasagan filmlar

    16 may, 15:55

    Mashhurlikda ota-onasidan o‘zib ketgan Gollivudning yosh yulduzlari

    11 iyun, 19:15

    Aqlbovar qilmas daromad keltiruvchi “Garri Potter”: Joan Rouling milliarderlik maqomini qanday qaytarib oldi?

    12 iyun, 17:25

    Tasavvurga sig‘maydigan miqdorda boylik orttirgan Gollivud yulduzlari

    18 iyun, 12:12

    Filmlarda boshqa kino yulduzlarini gavdalantirgan zamonaviy aktrisalar

    25 iyun, 09:58

    O‘z-o‘ziga rejissyor: shaxsiy kinostudiyasini tashkil qilgan mashhurlar

    26 iyun, 18:45

    Gollivud yulduzlarining kino olamida shuhrat qozonayotgan farzandlari

    1 iyul, 19:10

    The New York Times XXI asrning eng yaxshi 100 ta filmini e’lon qildi. Birinchi o‘rinni koreys filmi egalladi

    1 iyul, 14:40

    Superqahramon obrazidan so‘ng: Marvel olami yulduzlarining karyerasi qanday kechdi?

    2 iyul, 13:50

    Bred Pittning yangi sevgilisi Ines de Ramon kim va nima uchun butun Gollivud u haqda gapirmoqda?

    8 iyul, 13:25

    Ota-onasining million dollarlik merosidan mahrum bo‘lgan 5 yulduz

    8 iyul, 16:20

    Mashhurlar tomonidan asos solingan va keyinchalik sotib yuborilgan 8 ta muvaffaqiyatli brend

    8 iyul, 18:57

    Skarlett Yoxansson kino tarixidagi eng ko‘p daromad keltirgan aktrisaga aylandi

    8 iyul, 14:30

    “Kalmar o‘yini” finalidagi Keyt Blanshett ishtirokidagi sahnada xatolik aniqlandi

    8 iyul, 19:25

    Tom Kruz Keyt Middltonning qo‘lidan ushlab olgan: qirollik protokolini qo‘pol ravishda buzgan yulduzlar

    9 iyul, 10:39

    Kinodagi rollari orqali do‘stlik rishtalarini bog‘lagan Gollivud yulduzlari

    9 iyul, 19:05

    Kortni Koks, Bella Hadid va boshqalar: plastik operatsiya qildirganidan afsuslangan Gollivud yulduzlari

    12 iyul, 20:35

    Gollivud yulduzi Jorj Klunining Fransiyadagi uyida yong‘in chiqdi

    15 iyul, 11:30

    Yetimlikda ulg‘aygan bo‘lsa-da muvaffaqiyatli karyera qura olgan jahon yulduzlari

    15 iyul, 21:55

    Indiana Jons obrazi bilan tanilgan Harrison Ford 83 yoshda: aktyor hozir qanday ko‘rinishda va nimalar bilan band?

    15 iyul, 13:49

    Nega Amerikada o‘quvchilarning partadoshi yo‘q? AQSH va O‘zbekistondagi maktablarning o‘ziga xosligi 

    15 iyul, 15:37
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent ko‘chalaridan biri avtomobil va yo‘lovchilar uchun bir oyga yopiladi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 00:23

    Nepalda onlayn firibgarlik va jinoyatchilik ko‘payishi sababli Telegram bloklandi

    Dunyo | 18 iyul, 23:57

    Qirg‘iziston Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegaralar tutashgan nuqta to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

    Dunyo | 18 iyul, 23:30

    O‘zbekistonda sudlar tomonidan oqlangan shaxslar soni 2,5 baravar kamaydi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 23:11

    Yaponiyada qotillikda ayblanib, 39 yil qamoqda o‘tirgan erkak aybsiz deb topildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:50

    Tramp, Putin va Si Szinpin sentyabrda Xitoyda uchrashishi mumkin — The Times

    Dunyo | 18 iyul, 22:35

    Tramp The Wall Street Journal ustidan sudga murojaat qilish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.