Turkiyaning “Bashakshehir” klubi Avstriyada mavsumoldi yig‘inlarini davom ettirmoqda. 17-iyul, payshanba kuni jamoa Germaniyaning “Fortuna Dyusseldorf” jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvdagi yagona gol 83-daqiqada Omar Beyaz tomonidan kiritildi. E’tiborlisi, mazkur golga o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov assistentlik qildi. U 71-daqiqada Ivan Brnichning o‘rniga maydonga tushib, golli uzatma amalga oshirdi.
O‘rtoqlik uchrashuvi
“Fortuna Dyusseldorf” — “Bashakshehir” 0:1
Gol: 0:1 — Omar Beyaz (83)
Izoh (0)