Har bir muvaffaqiyatli biznes ortida — to‘g‘ri tanlangan moliyaviy qaror turadi. Agar siz o‘z ishingizni kengaytirishni, yangi loyihani boshlashni yoki mavjud jarayonlaringizni optimallashtirishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, unda SQB bankining “Tezkor+” krediti aynan siz uchun.
Nima uchun aynan “Tezkor +” krediti ?
Bu kredit sizga ortiqcha hujjatlarsiz, tezkor va ishonchli moliyaviy yordam olish imkonini beradi. Eng asosiysi — kredit har qanday biznes ehtiyoji uchun moslashtirilgan.
✅ Kreditning asosiy afzalliklari:
🔹 500 000 AQSH dollari ekvivalentigacha;
🔹 biznesga oid istalgan maqsad uchun;
🔹 milliy valyuta (so‘m) yoki AQSH dollarida;
🔹 muddati: 36 oygacha;
🔹 imtiyozli davri: 3 oygacha;
🔹 yillik foiz stavkasi: so‘mda — 25% dan 31% gacha, dollarda — 12% dan 16% gacha;
Kimlar murojaat qilishi mumkin?
Bu imkoniyat faqat yirik kompaniyalar uchun emas. Yuridik shaxslar bilan birga ro‘yxatdan o‘tmagan tadbirkorlar ham bemalol murojaat qilishi mumkin. Ya’ni, siz hali korxonangizni rasmiylashtirmagan bo‘lsangiz ham, moliyaviy yordam olishingiz mumkin.
SQB — biznesingizning ishonchli hamkori
SQB (Sanoat Qurilish Banki) — uzoq yillardan beri o‘zining ishonchliligi, qulay xizmatlari va mijozga yo‘naltirilgan yondashuvi bilan tanilgan bankdir. “Tezkor +” krediti esa aynan zamonaviy tadbirkorlar uchun mo‘ljallangan maxsus yechimdir.
Batafsil ma’lumot va ariza topshirish uchun:
🟦 sqb.uz saytiga kiring yoki 1180 raqami orqali bog‘laning.
🟦 “Tezkor +” krediti platformasi bilan tanishing.
Reklama huquqi asosida
Izoh (0)