O‘zbekistonda tijorat banklari orasida birinchi bo‘lib “Mikrokreditbank” ATB mijozlarga yanada qulay va tezkor xizmatlar taqdim etish maqsadida innovatsion mahsulot — omonat kartalarini amaliyotga tatbiq etdi.
Endilikda an’anaviy omonat daftarchalari o‘rnini raqamli shakldagi zamonaviy omonat kartasi egallaydi.
UZCARD tizimi orqali ishlaydigan ushbu karta orqali mijozlar bankka bormasdan, masofadan turib barcha omonat amaliyotlarini bajarish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. “Mavrid” mobil ilovasi bilan integratsiya qilingan xizmat orqali foizlar avtomatik hisoblanadi va mijoz har qanday vaqtda foizlarni yechib olishi mumkin.
Omonat kartasi nafaqat qulaylik, balki tejamkorlikni ham ta’minlaydi: bank xodimlari endi har oy qog‘ozda foiz yozib bermaydi, mijozlar esa daftarcha yo‘qotib qo‘yish yoki navbatda turish muammosidan xalos bo‘ladi.
Kartaning afzalliklari:
- Amal qilish muddati - 5 yil
- Omonatning muddati - 2 yilgacha
- Eng kam miqdori - 1 000 000 so‘m
- Yillik foiz stavkasi - 21%
Unutmang, omonat karta bir vaqtda faqat bitta omonat bo‘yicha rasmiylashtiriladi va bunda P2P orqali kirim qilishda xizmat ko‘rsatilmaydi.
Ushbu yangilik mijozlarga yo‘naltirilgan xizmat ko‘rsatish tamoyilining amaliy ifodasi bo‘lib, bank xizmatlarining samaradorligini oshiradi.
MKBANKdan Omonat karta oching va uning qulayliklarini yaqinlaringizga ham tavsiya qiling.
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)