• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12699.14
    • RUB162.16
    • EUR14847.83
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Ilm-fan

    Nega Amerikada o‘quvchilarning partadoshi yo‘q? AQSH va O‘zbekistondagi maktablarning o‘ziga xosligi

    Har bir inson bir marta bo‘lsa-da, Gollivud filmlarida maktab hayoti sahnalarini ko‘rgan bo‘lsa kerak. Hatto Amerika kinematografiyasi bilan yuzaki tanish bo‘lgan odam ham ularning ta’lim tizimiga xos bir jihatni darhol payqaydi. Bu xususiyat shundaki, amerikalik maktablarda o‘quvchilar alohida partalarda o‘tiradi. Dars vaqtida har bir bola individual topshiriq oladi va uni mustaqil bajaradi. Faqatgina amaliy yoki laboratoriya mashg‘ulotlari bo‘layotgan paytda o‘quvchilar birgalikda ishlashi va partalarni birlashtirishi mumkin. 

    Foto: ru.freepik.com

    O‘quvchilarning individual (alohida) partalarda o‘tirishi faqat Amerika ta’lim tizimiga xos holat emas. Ta’lim makonini bunday tashkil etish shakli G‘arbiy Yevropa mamlakatlari hamda Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlarida ham keng qo‘llanadi. Hatto bu davlatlarning ta’lim tizimlarida ikki o‘quvchiga mo‘ljallangan partalar odatda o‘qituvchilar tomonidan noodatiy hol sifatida qabul qilinadi, ba’zida esa bu hatto ma’lum bir ajablanish uyg‘otadi. O‘zbekiston ta’lim muassasalarida esa vaziyat butunlay boshqacha. Turli mamlakatlar maktablaridagi o‘quv joylarini tashkil etish yondashuvlari ko‘p yillar, hatto o‘n yilliklar davomida shakllangan.

    Amerika ta’lim tizimi, eng avvalo, individual yondashuvni nazarda tutadi. Mamlakatning madaniy qadriyatlari ta’limga bo‘lgan munosabatni belgilab beradi. Bu yerda o‘quvchilarning mustaqilligi va o‘quv vazifalarini mustaqil bajarishi rag‘batlantiriladi. O‘quvchilar o‘rtasidagi o‘zaro yordam qo‘llab-quvvatlanmaydi, chunki haqiqiy taraqqiyot faqat har bir o‘quvchining ta’lim jarayoniga shaxsiy ishtiroki orqali yuzaga keladi, deb hisoblanadi.

    Ta’lim makonini tashkil etish intizomni saqlashda muhim rol o‘ynaydi. O‘quvchilarni alohida joylashtirishga asoslangan an’anaviy tizim o‘qituvchilarga sinfni samaraliroq nazorat qilish imkonini beradi. Bunday o‘tirish tartibi ko‘chirish, dars paytida suhbatlashish va o‘quv jarayoniga xalal beruvchi boshqa harakatlarning oldini oladi. Bu esa bilim olish uchun yanada samarali muhit yaratadi. O‘quvchilar o‘zlarining individual o‘quv dasturlariga rioya qilishi va materialni o‘zlari uchun qulay tezlikda o‘zlashtirishi mumkin bo‘ladi. Bunday tizim har bir o‘quvchiga tengsiz bosim va tengdoshlari bilan solishtirilishdan xoli holda rivojlanish imkonini beradi.

    Foto: ru.freepik.com

    Sanitariya-epidemiologik talablar ham ta’lim makonini tashkil etishga ta’sir qilgan yana bir muhim omil bo‘ldi. Ayniqsa, pandemiyadan keyingi davrda bu juda dolzarb bo‘lib qoldi — o‘quvchilar uchun alohida o‘rindiqlar ko‘plab ta’lim muassasalarida standartga aylangan. Bunday joylashtirish yuqumli kasalliklarning tarqalish xavfini kamaytirishga va ta’lim jarayoni uchun xavfsizroq muhit yaratishga xizmat qiladi.

    Garchi o‘quvchilarni birma-bir o‘tirg‘izishning ayrim kamchiliklari bo‘lsa-da, bu o‘quvchilar o‘rtasidagi muloqotning cheklanishi, o‘zaro yordam imkoniyatining kamayishi, sinfdoshlariga bo‘lgan yaqinlikning yetishmasligi, jamoa birligi hissining shakllanmasligi kabi holatlar yuz berishi mumkin.

    Foto: ru.freepik.com

    Aksincha, O‘zbekiston ta’lim tizimida esa e’tibor ko‘proq jamoaviy hamkorlikka, jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga va o‘quvchilar o‘rtasida o‘zaro yordam imkoniyatini yaratishga qaratilgan. O‘qituvchilarning o‘quvchilarni o‘tirg‘izish tamoyillari turlicha bo‘lgan: masalan, o‘g‘il bolalarni qizlar bilan, a’lochilar va o‘rtacha o‘zlashtiruvchilarni past baholilar bilan, to‘palonchi o‘quvchilarni esa og‘ir-bosiq o‘quvchilar bilan birga o‘tirg‘izishgan. Yuqori sinflarda esa o‘quvchilar ko‘proq o‘zaro munosabatlarga qarab, agar bu o‘zlashtirishga salbiy ta’sir qilmasa, o‘z xohishlariga ko‘ra o‘tirgan.

    O‘quvchilarning juft bo‘lib o‘tirishi tarixi XIX asr oxirlariga borib taqaladi. Bu peterburglik talaba Pyotr Korotkovning innovatsion g‘oyasi natijasi edi. U ikki o‘quvchi uchun mo‘ljallangan partani yaratishi — ta’lim makonini tashkil etishda haqiqiy inqilob yasadi. Uning afzalliklari yaqqol edi: sinfda joyni tejash, o‘quv materiallaridan birga foydalanish imkoniyati, kattaroq yozuv yuzasi (stol) va qo‘shimcha tortmalarga ehtiyojning yo‘qligi. SSSR tashkil topgan vaqtga kelib, ikki o‘quvchilik partalar mamlakatdagi barcha ta’lim muassasalarining standart jihoziga aylangan va mahalliy ta’lim tarixiga mustahkam kirib kelgan.

    Foto: bdos

    Bugungi kunda maktablarda zamonaviy texnologiyalar, metodlar yoki ta’lim makonining moslashuvchan tarzda tashkil etilayotgani shuni ko‘rsatadiki, har ikkala tizim ham — ya’ni individual va jamoaviy o‘tirish tizimlari — yashash va rivojlanish huquqiga ega. Ularning kombinatsiyasi o‘quv materialini o‘quvchilarga yetkazish jarayonini yaxshilashga, o‘rganilayotgan bilimlarni real hayotda qanday qo‘llash mumkinligini ko‘rsatishga, nazariyani amaliyot bilan uyg‘unlashtirishga imkon beradi. Hozirgi zamonaviy ta’lim muassasalari turli xil innovatsion yondashuvlarni joriy etmoqda — masalan, onlayn ta’lim, o‘yinlar orqali o‘qitish, mantiqiy fikrlashga asoslangan munozaralar (debat) va boshqa ko‘plab metodlar.

    Shunday qilib, ta’lim makonini tashkil etishdagi farqlar ikki mamlakat ta’lim tizimlari orasidagi chuqur milliy, madaniy, pedagogik va iqtisodiy tafovutlarni aks ettiradi. Har bir modelning o‘ziga xos afzalliklari va kamchiliklari mavjud bo‘lib, makon tashkillashtirish shaklini tanlash ko‘pincha tarixiy an’analar, madaniy xususiyatlar va mavjud resurslar bilan belgilanadi.

    Foto: ru.freepik.com

    15 iyul, 15:37   Izoh (0)   1391
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Ta’lim#maktab#AQSH#O‘zbekiston

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Daryo” dayjesti: 30-sentyabrning eng muhim xabarlari

    30.09.2024, 22:45

    “Oq oltin” kulfati. O‘zbekiston nega paxta qulligiga mahkum etilgan edi? Tarix, sabablar va oqibatlar haqida

    13.11.2024, 08:00

    “Isroilning tanlangan xalqi”. Mormonlar AQSH siyosatiga qanchalik taʼsir o‘tkazishga qodir?

    29 yanvar, 18:15

    Bola yelkasidagi yuk: maktab o‘quvchilari sumkasi nega og‘irlashib boryapti?

    31 yanvar, 15:37

    Grand 420 ming dollar: sirdaryolik o‘quvchi Chikago universitetiga 100 foizlik grant asosida qabul qilindi 

    18 fevral, 23:40

    Olmaliq kon-metallurgiya kombinati: Yangi yirik loyihalar va innovatsion o‘zgarishlar

    3 mart, 20:15

    “Daryo” dayjesti: 7-mayning eng muhim xabarlari

    7 may, 23:10

    Green Card-2025 da eng ko‘p o‘rinni o‘zbekistonliklar qo‘lga kiritdi

    12 may, 19:40

    “Maqsadim – global moliya tizimini rivojlantirish”: AQSHdagi vatandosh Ibrohimjon Abdullayev hikoyasi

    15 may, 20:10

    “Daryo” dayjesti: 21-mayning eng muhim xabarlari

    21 may, 23:01

    “ Hozir o‘qish va karyera qilish uchun zo‘r payt — IELTS’dan 9 olgan Gulasal Butayevaning hikoyasi

    28 may, 20:20

    Nukusda yuzdan ortiq o‘qituvchidan pora olgan maktab direktori o‘rinbosari ushlandi

    19 iyun, 08:39

    Attestatsiyadagi qing‘irliklar: 200 dan ortiq nomzodlar sinovlardan chetlashtirilgan 

    19 iyun, 17:30

    O‘zbekistonda ayollar huquqlari: zo‘ravonlikka qarshi choralar o‘zini oqlayaptimi?

    12 iyul, 18:00

    Ozarbayjon rus tilidagi maktablarni yopishni boshlaydi

    2 iyul, 17:05

    Toshkentdagi bog‘chada bolakay e’tiborsizlik sabab 2-qavat zinasidan tushib ketdi

    2 iyul, 16:28

    “Jasorat maktablari”ga o‘quvchilarni qabul qilish tartibi belgilandi

    3 iyul, 21:22

    Navoiyda bir guruh notanish qizlar istirohat bog‘ida janjallashdi 

    3 iyul, 22:10

    Bir guruh o‘qituvchilar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligini sudga berdi

    4 iyul, 11:59

    Hikmatilla Ubaydullayev Markaziy Osiyo sun’iy intellekt assotsiatsiyasi ijrochi direktori v.b. etib tayinlandi

    4 iyul, 18:10

    Vaqtinchalik ro‘yxatda turgan fuqarolarning farzandlarini maktabga qabul qilishda cheklovlar mavjud emas — vazirlik

    7 iyul, 18:18

    O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagogining kasbiy standarti tasdiqlandi

    10 iyul, 10:45

    “Yirik biznesning ko‘zga ko‘rinmas vintchasi bo‘lishni xohlamadim”. Labubu asoschisi qanday qilib Xitoyning eng yosh milliarderiga aylandi? 

    14 iyul, 08:52

    “Maktab qurish hokimiyat uchun boshog‘riq” — siyosatshunos Hamid Sodiq

    12 iyul, 00:34

    Toshkent va Farg‘onada universitetlar kafedra o‘qituvchilari pora bilan ushlandi

    12 iyul, 08:57

    O‘zbekistonda sentyabrdan sertifikatsiz chet tili o‘qituvchilari ishdan bo‘shatilishi mumkin

    12 iyul, 18:13

    O‘zbekistonning olis va chekka hududlarida xorijiy tillar bo‘yicha o‘quv markazi ochadigan yoshlarga foizsiz qarz beriladi

    13 iyul, 09:32

    “Mutlaqo kechirilmas va keskin qoralovga loyiq” — Qo‘ng‘irotboy Sharipov OTMga kirishdagi korrupsiya haqida

    13 iyul, 10:54

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida

    14 iyul, 13:32

    Prezident Administratsiyasi rahbariga 5 nafar o‘rinbosar lavozimi joriy etildi

    14 iyul, 15:55

    O‘zbekistonda vazirlik va idoralarning qaror qabul qilishdagi mustaqilligi oshiriladi

    14 iyul, 16:36

    Prezident administratsiyasi rahbariga 5 nafar o‘rinbosar tayinlandi

    14 iyul, 17:17

    Yer evaziga 600 ming dollar: O‘zbekistonda hokim o‘rinbosari va qator mansabdorlar pora bilan ushlandi

    14 iyul, 22:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Etihad Airways Abu-Dabidan Toshkent hamda yana oltita shaharga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi

    Dunyo | 15 iyul, 19:55

    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi

    Reklama | 15 iyul, 19:30

    Ekran vaqtini daromadga aylantirish: alfa avlod smartfonlar orqali qanday qilib pul topmoqda?

    Shou-biznes | 15 iyul, 19:40

    “Mutlaqo maxfiy, kirish taqiqlangan”. Rossiya atom bombalari va boshqa xavfli qurollarni qayerda saqlaydi?

    Dunyo | 15 iyul, 19:30

    “Bashakshehir” Abbosbek Fayzullayev uchun qancha to‘lamoqchiligi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 15 iyul, 19:19

    Fuqarolarga uy qurib berishni va’da qilgan Strong Cities MCHJ ta’sischisi firibgarlik jinoyatida gumonlanib qo‘lga olindi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 19:15

    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi

    Reklama | 15 iyul, 18:00

    O‘zbekistonda elektromobillar yillik sotuvi keskin o‘sdi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 19:05

    Pitsa va pasta mumkin emas: Britaniya monarxiyasining eng noodatiy ovqatlanish qoidalari

    Layfstayl | 15 iyul, 18:55

    Surxondaryoda bo‘g‘ma va kobra ilonlar tabiatga qo‘yib yuborildi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 18:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.